Moturudiy Abu Mansur as–Samarqandiy (taxm. 944-945 y.da
vafot etgan) islom dunyosida ―Hidoyat yo‗lining imomi‖, ―Mutakallimlar
imomi‖ martabasiga muyassar bo‗lgan, kalom ilmining Samarqand maktabini
yaratgan mashhur diniy alloma. U o‗z ustozlari Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy,
Abu Nasr Ahmad al-Iyodiy, Nasr ibn Yaxo al Balxiy va Muhammad ibn al-
Fadl kabi zukko allomalardan islom ilohiyoti sira.orlarini o‗rgandi, mustaqil
ijod yo‗liga kirib bordi. Abu Tohirxo‗ja (vafoti 1874 y.)ning fikricha, imom
M. Ali ar Rustug‗faniy, Ishoq ibn Muhammad as-Samarqandiy, Abd al-
Karim ibn Muso al Pazdaviy kabi iqtidorli shogirdlarni voyaga etkazdi. M.
asarlarida Alloh, inson va ilm masalalari etakchi o‗ringa ega. M. Ilohiyot
sohasini sharhlashda keng
tabiatli, gina-kuduratlardan yiroq, kek
saqlamaydigan, diniy betaqotlikka o‗rin qoldirmaydigan, shu b-n birga o‗ta
ehtiyojkor mutafakkirdir. M. o‗z mulohazalarida o‗zgalar g‗oyalari, nuqtai
nazarlarini xolisona tekshirib ko‗rishga erinmaydigan va o‗z qarashlariga
maqbul keladigan diniy va dunyoviy qarashlarni qabul qilishni maqsadga
125
muvofiq biladigan inson edi. M.ning ta‘limotiga ko‗ra, me‘yor va e‘tiqodni
Alloh yaratadi. Insonning mas‘uliyati ularni ixtiyor etishda. Kishilar
ezgulikni o‗zlariga ravo ko‗rsalar, tavfiq ne‘matiga musharraf bo‗ladilar. M.
ilmni ibodatdan ustun, deb biladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bilim ikki
xil ko‗rinishda namoyon bo‗ladi. Birinchisi — Allohning bilimi (―al-ilm
billoh‖). Uning ilmi mutlaq haqiqatdir. Ikkinchi ko‗rinishi esa Alloh
to‗g‗risidagi bilimlarimizga taalluqli. U ―ilm olloh‖ deb yuritiladi. Alloh,
olam va insonni bilish bir-biriga tutash nuqtalarga ega. Ular aql, hissiy
mushohada va xabarlar orqali bilinadi. Xabarlar oddiy, birinchi shaxslardan
bevosita etib kelgan xabar (―mutavotir xabar‖) va payg‗ambar tomonidan
etkazilgan xabar ko‗rinishlariga egadir. Bunda ilohiy-vahiy, payg‗ambardan
etib kelgan xabarlarning mavqei yuksakdir. Xabar b-n birgalikda jonli
mushohadaning ahamiyati muhim. Alloh bu dunyoni behuda yaratmagan. U
yaratganni bilish va anglashning muhim vositasi. Olamni yaratishga qodir
Alloh inson zotiga sezgi a‘zolari, aql-farosat, mushohada qilish quvvatini
ham ato etgan. Inson ular orqali Yaratganni taniydi. Lekin hech narsa, M.ga
ko‗ra, aql ne‘matining o‗rnini bosa olmaydi. Ayniqsa, nazariy bilim (―ilmi-n-
nazar‖)ning maqomi qudratlidir. Aqlning sezgilar b-n o‗zaro munosabati
tasodifiy emas. Beshta sezgi a‘zolari va ichki tuyg‗u aql uchun go‗yoki
xizmatkor, oddiy tushuncha (idrok) bo‗la oladigan darajada yaratilganligi M.
nazdida kuchli dalildir. Aql ham o‗z navbatida ular ustidan nazoratchi-
kuzatuvchidir. U jonli mushohada va xabarning muayyan vaziyatda to‗g‗ri
yoki noto‗g‗ri ekanligini aniqlashda eng yuqori martabali hakam vazifasini
bajaradi. U buyuk ne‘mat, unga hech qanday narsa teng kela olmaydi. Uning
hukmiga barcha narsalar bo‗ysunadi, uning oldida o‗tmish, hoz zamon va
kelajak baravardir. Aql tufayli olam va Allohni tanish naqadar muhim
bo‗lmasin, u o‗ziga xos kamchilikka ham ega M.ning ta‘kidlashicha, uning
biz kutmagan tirqishidan imon-e‘tiqod uchun noxush hisoblangan shubha
kirib kelishga urinadi. SHunday vaziyatda inson ixtiyorida yagona yo‗l
qoladi. Bu yo‗l — Allohning ilmi. U inson uchun behad ahamiyatli, chunki,
uni son-sanoqsiz shubhalardan a.ab qoladi, deb ta‘kidlaydi M. M.ga nisbatan
ba‘zan ishlatilayotgan ratsionalizm va sensualizm kabi iboralarni qo‗llash
o‗rinsiz. Alloma bilimnnig paydo bo‗lishi va shakllanishida aql va
sezgilarning bir-biri b-n uzviy aloqada bo‗lishini bilishning muhim tamoyili
sifatida qabul qiladi. Mashhur ilohiyotchi alloma M. bu sohaga yangi usul va
g‗oyalarni olib kirdi. Diniy betoqatlik, mutaassiblik an‘analariga diniy
donishmandlikni qarama-qarshi qo‗ydi, ahli mo‗minlarni bir-biridan
uzoqlashtiradigan fisqu fasodlarga javoban aqliy etuklikni taklif qildi. Diniy
takabburlik, barcha muammolarni hal etishga yagona da‘vogarlik, imon-
e‘tiqodga hakamlik, undan muayyan siyosiy maqsadlarni ko‗zlash M.ning
diniy va dunyoviy qarashlariga tubdan ziddir. Allomaning bunday yo‗sinda
126
fikrlash uslubi uni butun jahonga tanitdi. M.ning asosiy asarlari: ―Kitob at-
tavhid‖, ―Kitob ta‘vilot al-qur‘on‖, ―Kitob bayon va umm al-mu‘tazila‖;
―Kitob al-maqomat‖; ―Kitob al-jadal‖ va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |