Neformal munosabatlar (informal relations) — guruxdar va tashki-
lotlarda mavjud munosabatlar bo‗lib, ular shaxsiy mayllar asosida
shakllanadi; rasman e‘tirof etilgan usullar yoki protseduradan farq qiluvchi
harakat usullari.
130
Negativ – (lot. negativus - manfiy, salbiy) — 1) ob‘ektning asliga
qarama-qarshi bo‗lgan salbiy fikrlar va qarashlar.
Neoimperalizm — noteng iqtisodiy ayriboshlash natijasida ba‘zi
davlatlarning boshqa davlatlardan ustunlik qilishi. Eski imperiyalardan farqli
ravishda, neoimperializmda bir jamiyat ikkinchisi ustidan bevosita siyosiy
hukmronlik qila olmaydi.
Neolokal hayot kechirish — oilaviy juftlik er yoki xotinning ota-
onalaridan alohida joyda turmush kechirishiga asoslangan oila modeli.
Neopozitivizm (lot. positivus – ijobiy, neos–yangi) – G‗arbda keng
tarqalgan falsafiy yo‗nalish. N. fal-iy tafakkurga tajribaning ―pozitiv‖ –
ijobiy natijalarini qarshi qo‗yadi. Uning diqqat markazida turgan muammo –
bu fal. va fanning o‗zaro munosabati masalasi. Uningcha, voqelik
to‗g‗risidagi bilim ayrim fanlar yoki ularning ―sintetik‖ birligining real
natijasi sifatida qo‗lga kiritiladi. Bunda voqelikning muayyan jabhasini
tadqiq etishga da‘vo qiluvchi fal. mustaqil fan bo‗la olmaydi. Uning o‗sha
tadqiqot ob‘ekti yo‗qligi tufayli yashash huquqidan mahrumdir. Lekin shu b-
n bir qatorda N. fal-iy tafakkur ishlab chiqqan barcha vosita va uslublardan
foydalanadi.
N.da so‗nggi vaqtda mantiqiy va lingvistik pozitivizm
ko‗rinishlari yuzaga keldi. Mantiqiy pozitivizm, (M.Shlik, R.Karnap,
G.Rayxenbax va b.) mantiqiy empirizm fal.sida mavjud bo‗lgan psixologizm
va biologizmni uloqtirib tashlaydi, matematika va mantiq asoslarining aprior-
analitik xarakterini e‘tirof etadi. uni ilmiy fikrlarni empirik tarzda anglab
olish yaqindan qiziqtiradi. Mantiqiy pozitivizmga ko‗ra, hatto bilish naz-yasi
fal.ning mavzui bo‗la olmaydi, chunki u dunyoqarash xarakteriga ega. Fal.
fan emas, balki sun‘iy va tabiiy tillarni tahlil etuvchi faoliyat turidir, xolos.
Uning vazifasi fanni mafkuraviy ehtiyojlar, tildan noto‗g‗ri foydalanish
oqibatida kirib kelgan fikr-mulohazalar, muammolar, tushuncha va
iboralardan tozalash va ularni ideal tarzda uqtirib bera oladigan mantiqiy
modellarni yaratishdir. N.ning ligvistik tahlil nomini olgan ko‗rinishi (L.
Vitgenshteyn, J. Uizdom, J. Rayl, J. Ostin va b.) G‗arb mamlakatlarida
e‘tiborli maqomga ega. Lingvistik tahlilga ko‗ra, har qanday fal-iy muammo
tabiiy til mantig‗ini tushunmaslik natijasida vujudga keladi. Bunday
muammolarni hal etish tilni tahlil etish orqali amalga oshadi. Lekin bunday
sa‘y-harakatlar fal-iy muammolarning echimini izlashda asqotmaydi, chunki
u til kontekstlarining xilma-xilligini va ularni bir xil me‘yorga keltirish
mumkin emasligini tushunmaslikdan kelib chiqadi. Fal-iy muammolar
borasidagi har qanday bahs-munozaralar ayrim sz va iboralar tufayli paydo
bo‗ladi (mas., ―bilish‖, ―mavjud‖, ―haqiqiy‖, ―tuyulish‖ va b). Shunga
o‗xshash so‗zlar yozuv va nutqda ifoda etilgan mazmunni soxalashtirishga
olib keladi. N. fal.ning maqomi, fal. va fan, til va olam, bilish va uni
tekshirish (verifikatsiya) masalalarida ba‘zi ziddiyatlarga duch kelgan
131
bo‗lsada, o‗z navbatida qator ijobiy yutuqlarga ham erishdi. maS., til-
simvolik vositalar va ijtimoiy jarayonlarning o‗zaro munosabatlarini tadqiq
etish, axloq-odob, estetika, inson fal.si muammolariga keng va teran kirib
borish kabilar shular jumlasidandir. Ayniqsa, B.Rasselning jahonda tinchlik,
millatlararo hamkorlik, demokratiya tantanasi uchun kurashib kelganligi
bunga dalildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |