Konformist - obro‗ ta‘siriga yengil beriluvchi, tez moslashuvchi va
guruh normalari va qadriyatlarini o‗zlashtirib oluvchi.
Konfutsiy (Kun-szi, mil.av. 551-479) – qadimgi Xitoy mutafakkiri,
siyosiy arbob, konfutsiychilikning asoschisi. Lu knyazligida amaldor bo‗lib
xizmat qilgan. Xitoyda birinchi marta xususiy maktab ochgan. K.ning asosiy
qarashlari ―Suhbatlar va mulohazalar‖ (―Lun yuy‖) kitobida bayon etilgan.
Bu kitobda uning shogirdlari va izdoshlari yozib olgan hikmat va
suhbatlardan iborat. Osmon – kuch, Oliy haqiqat, adolat, erdagi odamlarning
ham sababchisidir. K. taqdir – sabab, deb ta‘lim beradi. U. o‗zining axloqiy
qarashida hamma narsa me‘yorida bo‗lishi kerakligini ta‘kidlaydi. Jamiyat
osmon qonuni b-n yashashi kerak, chunki osmon o‗z tabiati b-n yaxshilikdir,
u hamma vaqt yaxshilikka intiladi. ―Odam hayvonmi yoki farishta?‖ – degan
savolga K. har ikkisi ham – degan javobni beradi, hamda bu nuqtai nazarni
isbotlashga harakat qiladi. Odamlar tabiatan bir, faqat tarbiya tufayli ular bir-
birlaridan farq qiladilar. K.ning oliy inson, ayol, mard kishi to‗g‗risidagi
konsepsiyasiga muvofiq, odamlar ijtimoiy kelib chiqishi yoki jamiyatdagi
mavqei orqali emas, balki odamiylik, adolatgo‗y, haqgo‗ylik, samimiyat,
farzandlik, izzat – hurmat kabi fazilatlar b-n yuksak kamolotga etishuvi
mumkin. Uning bu fikrlari ―oliy‖ va ―past‖ tabaqa to‗g‗risidagi nuqtai
nazarga zid bo‗lib, umuminsoniyligi b-n ajralib turadi. SHu ma‘noda K.ning
bunday qarashlari nafaqat Xitoy fal.si, balki umuman jahon fal-iy fikrlar
xazinasiga qo‗shilgan bebaho boylik, deyish mumkin. K.ning fal-iy-axloqiy
ta‘limoti muayyan jamiyatdagi mavjud tartib-qoidalarni hurmat qilishga
qaratilgan, ya‘ni jamiyatda osmondan yuborilgan jen (insonparvarlik) qonuni
amal qilishi, o‗zining jamiyatdagi darajasiga qarab ish tutishi lozim. Ushbu
g‗oyalar Xitoyda konfutsiychilikni shakllanishiga sabab bo‗ladi. K.ning fal-iy
va axloqiy g‗oyalari markazida inson, uning aqliy va ma‘naviy qiyofasi,
olamdagi hamda jamiyatdagi o‗rni, vazifasi muammolari turadi. K. fikricha,
olamdagi hamma mavjudot singari insonning taqdiri ham samoviy qudratga
bog‗liq. SHuning uchun odamlarning ―olijanobligi‖ yoki ―tubanligi‖, ―oliy‖
yoki ―past‖ tabaqaga mansubligini o‗zgartirib bo‗lmaydi. Bunday g‗oya,
shubhasiz, mavjud tuzumni saqlashga qaratilgan edi. K.ning qarashlari
keyinchalik jahon fal.sida axloqiy tamoyillar rivojida, adolat, birodarlik,
erkinlik g‗oyalari takomilida muhim o‗rin tutgan. K. g‗oyalari Xitoy tarixiga
juda katta ta‘sir ko‗rsatdi va mamlakat hayotining barcha sohalarida iz
qoldirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |