Konformlik (conformity) — jamiyat yoki guruhda o‗rnatilgan
me‘yorlarga rioya qilishga asoslangan xulq. Odamlar ko‗pincha qadriyatlarga
ular negizida yotgan me‘yorlar uchungina amal qilmaydilar. Ba‘zilar ularga
maqsadga muvofiqlik nuqtai nazaridan yoki negativ sanksiya-lardan qo‗rqish
tufayli amal qiladilar.
Konformizm (lot. conformis – o‗xshashlik, mos kelishlik,
moslashuvchanlik) – shaxsning hulq-atvorini va fikr-mulohazasini boshqa
odamlarning talablariga, xulqiga mos tushishi uchun ularga moslashtirishga
qaratilgan moyilligi. Ushbu tushuncha psixologiya fanida 2 xil mazmunda: 1)
shaxs xulq-atvorining guruh yoki jamoa b-n ham ichki, ham tashqi jihatdan
mos kelishi; 2) shaxs xulq-atvorining guruh yoki jamoa b-n tashqi
tomondangina mos bo‗lib, ichki tomondan esa uning tutgan yo‗liga qarama-
qarshi fikrda qolishi qo‗llaniladi. K.ning birinchi ko‗rinishi guruh yoki
90
jamoaning qat‘iy fikriga, shaxs tomonidan xayrxohlikka erishish, hamda
jazodan yoki sanksiyadan qochish maqsadida namoyishkorona tobeligining
aks etishidir. Uning ikkinchi ko‗rinishi individning atrof-muhitdagi baholash
tizimiga nisbatan o‗z ichki munosabatining o‗zgarishi tufayli individual
ustanovkasini qaytadan tahlil qilishda bevosita namoyon bo‗lishidir. Lekin
ichki (shaxsiy) K. hamisha ham guruh qonun-qoidalarga, ijtimoiy
me‘yorlarga ixtiyorsiz ravishda rioya qilishni bildirmaydi, chunki u tashqi
(ommaviy) ko‗rinish b-n uzviy aloqaga ega. Ko‗pincha K.ning har ikkala
shakli funksional jihatdan bir-biriga juda yaqin bo‗lib, guruh (jamoaviy) fikri
(qaror) b-n shaxsiy (individual) fikr o‗rtasidagi nizoli vaziyatni ongli
ravishda hal etishning o‗ziga xos uslubi (usuli) sifatida xizmat qiladi. Bu
o‗rinda yakka shaxsning guruhga yoki jamoa b-n bevosita bog‗liqligi uning
a‘zolari fikriy ustuvorligi haqchil yoki kelishuv yo‗lini qidirishni taqozo
etadi, natijada o‗z xulq-atvorini begona, odatlanmagan mezonlarga
asoslangan holda qayta tashkil etadi. Jahon psixologiyasining (S.Ash,
R.Kratchfild) amaliy tadqiqotlariga ko‗ra, K.ning darajasi (ko‗rsatkichi) bir
qator omillar majmuasi b-n aniqlanadi: 1) guruh ta‘sir o‗tkaziluvchi
shaxsning muayyan tavsiflari (jinsi, yoshi, millati, ijtimoiy kelib chiqishi,
intellekti, ta‘sirlanuvchanligi va b.); 2) ta‘sir o‗tkazishning manbai
hisoblanmish guruhning xususiyatlari (ta‘sir ko‗lami, ko‗pchilikning
yakdilligi, umumiy fikrdan farqlanuvchi guruh a‘zolarining miqdori va b.); 3)
shaxs b-n guruh o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarning xususiyatlari
(individning guruhdagi statusi, rag‗bat, mukofot olishda guruh b-n yakka
shaxsning o‗zaro bog‗liqligi darajasi, liderlik ko‗rinishi, moyillik); 4)
qo‗yilgan muammo (topshiriq)ning mazmuni, unga nisbatan insonning
qiziqishi, uni echishga layoqatliligi, individning bilim saviyasi ko‗lami va b.
Odatdagi turmush sharoitida K. ―moslashuvchanlik‖ ma‘nosida qo‗llaniladi.
Bunda K.ning mezoni atrof-muhit talablariga individning moslashuvchanligi
b-n aynan bir xil ekanligi tushuniladi. Natijada, shaxs guruh tazyiqi ostida
o‗zaro munosabatlarini amalga oshiruvchi, tashqi kuchlarga hamisha tobe
inson sifatida tasavvur qilinadi. SHaxslararo munosabatlarda uning mustaqil
fikrlashi, qaror qabul qilishi, ongli xatti-harakati, dunyoqarashi, maslagi
inobatga olinmaydi. Xuddi shu boisdan hoz. zamon olimlari guruh tazyiqiga
individ tomonidan 3 xil munosabat bildirilishi g‗oyasini ilgari surmoqdalar.
Bular qatoriga, birinchidan, individning ta‘sirlanuvchanligi, ya‘ni hech
qanday mojarasiz (nizolarsiz), ongsiz ravishda guruh fikrini qabul
qilishi.Ikkinchidan, ichdan norozi bo‗lgan holda ongli ravishda tashqi
ko‗rinishdagi yakdillik alomati, ifodasi. Uchinchidan, jamoaviy o‗zini o‗zi
aniqlash (shaxsning jamoa b-n ongli birdamligi, uning qadriyatlari,
me‘yorlari, maslaklari va ideallarini individ tomonidan qabul qilish) hamda
faol himoya qilish va b.
91
Do'stlaringiz bilan baham: |