22
al-Farg‗oniy ar-Rishtoniy (1121.23.9, Rishton — 1197.29.10, Samarqand)–
fiqh olimi. ―Burhoniddin‖, ya‘ni ―Islom va shariatning rad qilib
bo‗lmaydigan mutlaq isboti‖ faxrli unvon sohibi.
B.M. Rishton, Marg‗ilon, Buxoro, Samarqand va b. shaharlarda o‗z
padari buzrukvori, akalari qo‗lida, so‗ngra maktabda va Marg‗ilondagi Fur
Siddiq madrasasida tahsil oldi. quroni karim, Hadisi sharif, tafsir ilmini
chuqur egalladi.
B. M.ning ulug‗ faqih bo‗lib yetishishida shariatning asoschilari va
nazariyotchi mujtahidlari Abu Hanifa Imom ul-A‘zam, Abu Yusuf al-Xorijiy,
Imom Muhammad ash-Shayboniy, ayniqsa, Imom Abul Hasan Al-qodiriy va
uning ―al-Muxtasar‖ nomli shariatda juda mo‗‗tabar manba sanaladigan
kitoblaridagi
huquqiy naz-yalar, g‗oya va qarashlar asosiy o‗rin tutgan.
B. M. 1149 y. haj safarida bo‗ldi. qaytayotib o‗z bilimlarini
teranlashtirish maqsadida Mavr shahrida farg‗onalik olim Tojiddin Ahmad ibn
al-Husayn al-Banandinjiydan hadislar tinglaydi. Balxga kelib, Abu-shujo
Umar ibn Muhammad al-Bistomiydan uning ixtiyorida bo‗lgan barcha
asarlarga ijozat oladi. Tahsil yillari tugab, B.M. yetuk faqih darajasiga
yetgach, Samarqand Shayx ul-islomi mansabiga tayinlanadi. o‗ndan ortiq
asarlar yaratadi. Shulardan 6 tasi bizgacha etib kelgan bo‗lib, saqlanganlarning
barchasi fiqh (islom huquqshunosligi) masalalariga bag‗ishlangan.
B.M.ning ―Al-Hidoya‖ asari mashhur. ―Al-Hidoya‖ hanafiya fiqhining 4
asrlik rivojiga yakun yasadi. ―Al-Hidoya‖ 53 kitobdan (bo‗lim) iborat bo‗lib,
amaliy fiqhning (furu‘ al-fiqh) hamma jabhalarini qamrab oladi. Asarda
islomning asosiy marosim talablari, huquqiy va axloqiy qoidalari, xususan
tahorat, namoz, zakot, ro‗za, haj, qurbonlik, oila va nikoh masalalari b-n
bog‗liq qoidalar batafsil yozilgan. Unda mulkiy va moliyaviy munosabatlar,
jinoyat va jazo, fuqarolik huquqi, sudlar va protsessual masalalar, turmush va
faoliyatdagi taqiqlashlar va ijozatlar haqida ham fikr yuritiladi. Bu asar
islomdagi sunniylik oqimining hanafiylar mazhabi keng tarqalgan
mamlakatlarda amaliy qo‗llanma sifatida keng foydalaniladi.
14-a.da ―Al-Hidoya‖ hanafiy dunyosida mumtoz asar deb tan olindi.
Shu davrdan boshlab u madrasa tizimida oliy fiqhshunoslik ma‘lumotini
olishda yod olinishi lozim bo‗lgan asosiy o‗quv qo‗llanma, deb hisoblana
boshladi. B.M.ning bu shoh asari arab tilidan fors, ingliz, rus, o‗zbek va b.
tillariga tarjima qilindi.
Marg‗inoniylar sulolasi nomi b-n bog‗liq musulmon fiqhshunoslarining
Farg‗ona maktabi nafaqat Turkiston hududida, balki butun o‗rta asr arab-
musulmon dunyosi huquqshunoslik ilmida asrlar bo‗yicha etakchi bo‗lib
qolishida B.M. hal qiluvchi rol o‗ynagan. ―Al-Hidoya‖ o‗rta asrda ham, hoz.
kunlarda ham nafaqat shariat qomusi, qonunlar chiqarish ibtidosi, balki,
umuman, har qanday huquqiy ma‘rifat, ta‘lim va tahsilning birlamchi ibtidosi,
23
shariatdagi hanafiya huquqiy maktabiga ergashuvchi, unga amal qiluvchilar
uchun emas, balki shariatdagi barcha mazhablar uchun ham andoza manbaidir.
B.M. imom, qonunshunos, hadisshunoslik ulamo, qur‘onni yoddan bilgan va
tafsir qilgan, huquqiy bilimlarni to‗plab, ularni yaxlit va bir butun fan holatiga
keltirgan tadqiqotchidir.
B.M. tarixda chuqur iz qoldirdi. Uning uch o‗g‗li – Jaloliddin
Muhammad, Nizomiddin Umar, Imomuddin Abu Bakr otalaridan so‗ng uzoq
muddatda navbatma-navbat Samarqand shayx ul- islomi bo‗lib turdilar.
Nevarasi Abdurahim ibn Bakr al-Marg‗inoniy (vafoti 1253 y.dan so‗ng)
o‗zining fiqhiy asari ―Al-Fusul al-Imodiya‖ b-n islom dunyosida shuhrat
taratdi. Evarasi Abdulavval ibn al-Marg‗inoniy (vafoti 1411 y.dan so‗ng)
Turkiyada mashhur olim va ustoz sifatida tanilgan. Amir Temur va temuriylar
(1405—1500) davrida B.M. avlodlari Movarounnahrda uzoq yillar shayx ul-
islom lavozimini egallab turdilar.
B.M.ning va umuman shariatning huquqiy merosini, undagi demokratik
qadriyatlar, adli-insof, insonparvarlik an‘analarini o‗rganish xalqimiz,
millatimiz, davlatimizda siyosiy ong, madaniyat, huquqiy shuur, malaka,
qonunchilik an‘analarini, tarixiy xotirani tiklash, qonunni to‗g‗ri tushunish,
talqin etish va qo‗llashdagi xalqimiz, millatimizga hozirjavoblik va qat‘iyatlik
xislatlarining qaytadan tiklanishi, rivojlanishiga va demak, huquqiy jamiyat
qurish ishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: