Bokl (Genri Tomas) (1821-1862) – ingliz tarixchisi va sotsiologi,
sotsiologiyaning geografik maktabi namoyandasi. Asosiy asari ―Angliya
sivilizatsiya tarixi‖(1857-1861). Bokl tarixni teologik talqin etishni tanqid
qilib, tarixiy jarayonni qonuniyatlarini ochib berishni va bir qancha
mamlakatlar misolida ularning amaliyotini ko‘rsatishni vazifa qilib qo‘yadi.
Boylik — individ yoki guruhga taalluqli bo‗lgan pul yoki mulk.
Boshqaruv - tashkilotning maxsus organining funksiyasi bo‗lib eng
kam vositalar (vaqt, kuch, zahiralar) sarflab eng yuqori natijaga erishish
bo‗yicha aniq tashkil etilgan faoliyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |