O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/293
Sana24.08.2021
Hajmi1,63 Mb.
#155158
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   293
Bog'liq
sotsiologiya fanidan izohli lugat

 

 
ZARDUSHT (Zardust, Zaratushtra, Zoroastr) – dunyoda yakkaxudolik 
(monoteizm)ni targ‗ib etgan ilk payg‗ambarlardan biri. Uning tug‗ilgan vaqti 
to‗g‗risida  bir-biriga  zid  fikrlar  mavjud.  Abu  Rayhon  Beruniy  Z.ni 
Iskandardan 258 y. oldin dunyoga kelgan, degan fikrni aytadi. Lekin keyingi 
tadqiqotlar,  ayniqsa,  ―Avesto‖ning  Gotlar  qismini,  uning  tili  va  keltirilgan 
tarixiy davrlarini chuqur tahlil qilish orqali Z. mil.av. 8-a. yashab ijod etgan 
va  mil.av.  8-a.ning  oxirlari  7-a.ning  boshlarida  vafot  etgan,  degan  xulosaga 
kelinmoqda.  Z.ning  asl  nomi  Magupta  bo‗lib  er.av.  8-a.ning  birinchi 
choragida quyi Amudaryo xududlarida tashkil topgan Oriy qabilalar ittifoqiga 
qarashli Spitama urug‗idan chiqqan Purishasp ismli kishining o‗g‗li bo‗lgan. 
Onasi  ana  shu  urug‗ga  mansub  bo‗lgan  Faroximning  qizi  Dug‗dova  ismli 
ayol  bo‗lgan.  YOshligida  otasi  uni  o‗z  davrining  oqil  odamlaridan  biri 
bo‗lgan  Barzin  qurush  (cho‗pon)ga  shogirdlikka  berdi.  Barzin  qurush 
tarbiyasida  7  yoshdan  to  15  yoshgacha  bo‗lib  Oriy  (arya)  qabilalari  orasida 
keng  tarqalgan,  turli  soha  tangrilarini  madh  etuvchi  yashtlarni  yod  oladi. 
Arya qabilalari orasidagi ziddiyatlarning asl sababchilaridan biri ko‗pxudolik 


 
196 
ekanligini  anglab  etgan  23  yoshli  Magupta  (Z.)  butun  olamning  qudratli 
hukmdori va dunyoviy aql (ruh shaklida tasavvur etgan) Axura Mazdagagina 
itoat  etish  lozim  degan  qarorga  keladi.  o‗z  g‗oyasini  o‗ttiz  yoshlaridan 
boshlab, o‗z urug‗i va qabiladoshlari orasida targ‗ibot qila boshlaydi. Lekin 
har  bir  Xudoga  alohida  ibodat  qilib  odatlangan  kishilarga  yakka  Tangriga 
sajda  qilish  kerakligini  singdirish  nihoyatda  mushkul  ish  edi.  Z.  o‗z 
qabiladoshlari tomonidan badarg‗a qilinadi. o‗n yil cho‗lu-biyobonlar, tog‗u-
toshlar,  turli  shaharu  qishloqlarni  kezib  yana  o‗z  yurtiga  qaytadi.  Z.  o‗z 
qabiladoshi,  lekin  boshqa  urug‗dan  chiqqan  qizga  uylanib,  uchta  o‗g‗il  va 
uchta qiz ko‗radi. qizlari: Frini, Trini, Purichisto, o‗g‗illari: Istavatr, Uruvatr, 
Xurchitra ekanligi tarixiy manbalardan ma‘lum. U uch marta uylangan degan 
ma‘lumotlar bor. Z. yashagan davrlar Aryoshayona (tarixda ―Katta Xorazm‖ 
davlati  deb ham  yuritiladi)  davlatning inqirozi boshlangan  davr  edi.  Dastlab 
Aryoshayona  davlatidan  SHimoliy  Afg‗onistondagi  Baxtar  (Avestoda 
―Baxdi‖)  o‗lkasi  ajralib  chiqadi  va  o‗zini  mustaqil  davlat  deb  e‘lon  qiladi. 
Mustaqil Baxtar davlatining hukmdori Gushtasp (Vishtasp) saroyiga borib Z. 
karomatlarini ko‗rsatib, ularga o‗z e‘tiqodini qabul qildiradi. Gushtasp irodasi 
b-n  Z.  tomonidan  ijod  etilgan  Gota  madhiyalari  keyinchalik  shogirdlari 
tomonidan to‗planib, bir kitob shakliga keltirildi. Z. etmish etti yoshida o‗zi 
tomonidan  tarxi  chizilgan  markaziy  ibodatxona  (otashkada)ning  ochilish 
marosimida  Turon  hukmdori  Arjasp  buyrug‗i  b-n  Bratar  Vaxsh  tomonidan 
o‗ldirildi. 

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish