O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/293
Sana24.08.2021
Hajmi1,63 Mb.
#155158
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   293
Bog'liq
sotsiologiya fanidan izohli lugat

Zardushtitlik (otashparastlik, parsizm, zoroastrizm)  – mil.av. 8  – 7 a. 
quyi  Amudaryo  hududlari  va  Marg‗iyonada  vujudga  kelgan  yakkaxudolikni 
targ‗ib  etadigan  din.  Z.  Zardusht  tomonidan  isloh  qilinib, takomillashtirildi. 
Z.  ta‘limoti  miloddan  oldingi  7-a.da  Aryashayona  davlati  (tarixda  Katta 
Xorazm davlati deb yuritiladi)ning inqirozga yuz tutgan davr vujudga keldi. 
Bu  davrda  turli  xudolarga  sajda  qiluvchi  qabilalar  o‗rtasidagi  ziddiyatlar 
parchalanib ketayotgan jamiyat (davlat)ning ichki qarama-qarshiligini yanada 
kuchaytirishga  olib  kelgan.  Mamlakat  inqirozining  oldini  olish  uchun 
qabilalar  o‗rtasidagi  ziddiyatlarga  barham  berib,  umumiy  manfaatlar 
mushtarakligini  targ‗ib  qiluvchi  muayyan  maqsadga  qaratilgan  izchil 
g‗oyalar  yaratish  zaruriyati  vujudga  kelgan  Bunday  ta‘limot,  birinchidan, 
jamiyatning  ijtimoiy  barqarorligini  saqlab  qolish  uchun  xizmat  qilishi, 
ikkinchidan, urug‗ va qabilaviy dinlardan ustun turuvchi hamda barcha urug‗ 
va  qabilalar  manfaatlariga  mos  tushadigan  e‘tiqod  shaklini  yaratishi, 
uchinchidan,  har  qanday  qonli  urushlar  va  xunrezliklarga  qarshi  xalqlarni 
osoyishtalikka  chaqirishi,  to‗rtinchidan,  davlat  chegaralaridan  tashqari 
ko‗chmanchi  chorvador  qabilalar  hujumiga  qarshi  mamlakat  ichkarisidagi 
kuchlarni jipslashtiruvchi g‗oyalar tizimini  shakllantirishi zarur  edi. Bunday 
g‗oyalar  tizimi  esa,  o‗z  davrining  siyosiy  tashkiloti  bo‗lgan  Aryashayona 


 
197 
davlatining mafkurasidan boshqa narsa bo‗lishi lozim edi. qabilalar o‗rtasida 
mushtarak manfaatlarni shakllantirish uchun qabilalarning umumiy e‘tiqodini 
vujudga  keltirish  zarur  edi.  Arya  (oriy)  qabilalari  orasidagi  ziddiyatlarning 
tub sababchisi ko‗pxudolik ekanligini tushunib etgan Zardusht odamlar butun 
olamning  qudratli  hukmdori,  jahoniy  aql  (sohibi)  Axura  Mazdagagina  itoat 
etishi lozim, degan qarorga kelgan. Zardusht odamlarni Axura Mazdaga sajda 
qilishga  chaqirib  insoniyat  ma‘naviyati  tarixida  yangi  bosqichni  boshlab 
berdi. Birinchidan, u ko‗pxudolik (politeizm)ga qarama-qarshi yakka xudolik 
(monoteizm)ga,  ya‘ni,  diniy  e‘tiqodning  yuqori  bosqichiga  qadam  qo‗ygan 
edi.  Ikkinchidan,  ilgari  odamlar  xudolar  qahridan,  ularning  dahshatli  vayron 
qiluvchi  qudratlari  oldida  ojiz,  qo‗rquv  dahshati  ostida  sig‗inishgan  bo‗lsa, 
endilikda  esa  Z.  odamlarga  qalbi  kishilarga  mehr-shafqat  b-n  to‗lgan, 
yaxshilik tomon undovchi, ularning o‗limidan keyin mangu farovon hayot b-
n ta‘minlay oladigan tangri Axura Mazdaga ibodat qilishga chaqirdi. Z. diniy 
e‘tiqodda dualizm (ikki xudolik)ni emas, yakkaxudolik (monoteizm)ni targ‗ib 
qilgan.  Z.  dunyo  –  yorug‗lik  va  zulmat,  yaxshilik  va  yomonlik,  hayot  va 
o‗lim,  yolg‗onchilik  va  rostgo‗ylik,  vaxshiylik  va  ezgulik,  johillik  va 
shafqatlilik,  axmoqlik  va  aqllilik,  past  va  balandlik,  olov  va  suv,  issiqlik  va 
sovuqlik  abi  qarshi  kuchlar  o‗rtasida  kechadigan  ayovsiz  kurash  maydoni 
sifatida  tasavvur  qilinadi.  Olamdagi  barcha  yaxshilik,  ezgulik,  yorug‗lik 
kuchlarini  Axura  Mazda  yaratadi  va  boshqaradi.  Yomonlik,  tubanlik, 
yolg‗onchilik  va  x.k.  kuchlarning  ijodkori  va  uning  boshqaruvchisi  qilib, 
Anxra Maynyu deb tushiniladi. Axura Mazda o‗zining oltita yordamchisi b-n 
barcha  yorug‗  olamni  boshqaradi.  Bu  ―Mangu  yashashga  molik  muqaddas 
ruhlar‖  Axura  Mazda  rahnamoligida  mavjudlikning  turli  sohalarini  o‗zida 
mujassam  etadilar.  hayot  deb  ataluvchi  barcha  narsalar:  Insonlar,  chorva, 
olov,  er,  osmon,  suv  va  nabotot  (o‗simliklar)  dunyosiga  homiylik  qiladilar. 
Muqaddas ruhlar (Avesto bitiklarida ―Amesha Spenta deb aytiladi) jami oltita 
bo‗lib  ular  Muqaddas  ruh  Spenta  Manyu  yordamida  vujudga  keltiriladi.  1) 
Voxu  Manu  -  ezgu  fikr;  2)  Asha  Vaxishta  -  eng  oliy  haqiqat;  3)  Spenta  - 
muqaddas  e‘tiqod,  diyonatga  sodiqlik  (iymon);  4)  Xishatra  -  Varya  - 
hukmronlik  hohishi;  5)  Harvatat  -  yaxlitlik;  6)  Ameretat  -  mangulik;  Axura 
Mazda b-n jami ettita;Z. ta‘limotida Anxra Manyu-barcha yomonlik, zulmat 
kuchlarning timsoli sifatida u ham Jin, Shayton, Iblis, Alvasti, Jodugar, dev, 
ajdaho,  Ilon  va  x.k.larni  yaratib  ular  yordamida  odamlar  qalbiga  qo‗rquv, 
daxshat  urug‗larini  sochib  o‗zlariga  tobe  qilishga  urinadilar.  Bushyasta  – 
odamlarda  yalqovlik,  dangasalikni  kuchaytiruvchi,  odamlar  erta  b-n 
turmoqchi bo‗lganida o‗zining uzun qo‗llari b-n boshini yostiqqa bosib yana 
uyquga  eltuvchi  iblis  qiyofasidagi  dev.  Gandarva  –  daryolar,  ko‗llar,  dengiz 
suvlarini  boshqaruvchi,  suv  to‗fonlari,  toshqinlari,  kema  halokatlarini 
Amudaryoda  dagishlarni  keltirib  chiqaruvchi  qudratli  gavdali,  qo‗rqinchli 


 
198 
ko‗rinishdagi  qip-qizil  ko‗zi  b-n  odamlar  qalbiga  dahshat  soluvchi  iblis 
qiyofali  dev.  Mozon  devlari  uzoq  shimol  tomonda,  mangu  qahraton  sovuq 
hukmron bo‗lgan olis Ural tog‗lari orqasida makon tutgan, odamlar hayotiga 
aralashib  turadigan,  ularning  taqdirlariga  ta‘sir  ko‗rsatuvchi  devlar  va  x.k. 
Odamlar  bu  ikki  qudrat  o‗rtasidagi  chegarada  hayot  kechiradilar.  Axura 
Mazda  o‗z  yordamchilari,  ma‘bud  va  ma‘budalari,  hur  farishtalari  b-n  etti 
qavat osmonni o‗zlariga maskan tutadilar. Anxra Maniyu o‗z salaflari b-n etti 
qat  er  tagini  o‗zlariga  maskan  tutadilar.  Bu  ikki  hukmdor  saltanatlarining 
chegaralari  er  yuzasidan,  odamlar  qalbidan  o‗tkaziladi.  Odamlarga  bu  ikki 
qudratdan  birini  tanlash  imkoniyati  yaratiladi.  Agar  kishi,  ko‗proq  shu 
bugungi  kun  tashvishi  b-n  qorin  g‗amidan  narisini  o‗ylay  olmaydigan, 
shaxsiy g‗arazli manfaat yo‗lida yolg‗onchilikdan hazar qilmasa, o‗lganidan 
keyin  narigi  dunyoga  ishonmasa,  bundaylar  albatta  Ahriman  ta‘siriga 
uchragan  odamlar  hisoblangan.  Aksincha,  bu  dunyo  odamlarga  sinov  uchun 
berilgan,  haqiqiy  hayot  o‗lgandan  keyin,  chinvot  (qil  ko‗prik)  dan  keyin 
boshlanishiga  ishonsa,  narigi  dunyoning  abadiy  farog‗at  umr  kechiradigan 
jannatga  intilsa,  bu  dunyoda  Axura  Mazdaning  yo‗lidan  borish,  unga  amal 
qilishi, faqat ezgu fikr, ezgu K. (so‗z) va ezgu amallarga rioya qilib yashashi 
orqaligina erishiladi. Axura Mazda odamlarga to‗g‗ri yo‗lni ko‗rsatish uchun 
odamlar  orasidan  eng  sarasini  Zardushtni  o‗ziga  elchi  qilib  tanlaydi. 
Zardushtga ezgu fikr va ezgu so‗z tayyor xolda dunyoviy qudratli aql-Axura 
Mazdadan  yuboriladi.  Bu  yuborilgan  ezgu  fikr  va  ezgu  so‗zga  sidqidildan 
yondashib,  ularga  amal  qilish  odamlarga  vazifa  qilib  yuklatiladi.  Anxra 
Manyu esa Mazda  yo‗lidan odamlarni  qaytarish uchun insonlarning  ichidan 
birini  tanlab,  eng  buyuk  qobiliyat  ato  etadi.  Bu  tanlagan  odami  Drug‗vand 
(Avestoda  Druj)  bo‗lib  yolg‗onchilikda,  beburdlikda,  mubolag‗a,  vahimali 
gaplarni qiyomiga etkazib odamlar qalbiga dahshat urug‗ini sochishda ustasi 
farang  bo‗lib  Z.  ta‘limotiga  qarshi  tashviqot  ishlarini  olib  boradi.  Z. 
ta‘limotida  (Avestoning  gotlar  qismida)  chorvachilikka  asoslangan  turmush 
tarziga qaraganda o‗troq dehqonchilik turmush tarzini qarama-qarshi qo‗yib, 
ko‗chmanchi  chorvachilikka  asoslangan  hayot  tarzi  barcha  yovuzliklarning 
manbasi  deb  qarab,  o‗z  jamiyatining  fuqarolarini  cho‗l  xalqlari  yashash 
tarzida  ko‗proq  Ahriman  irodasi  qonunlashtirilganligidan  ogoh  bo‗lishga 
chaqiradi. Z.da olovga sig‗inish alohida ahamiyat kasb etadi. Olov ular uchun 
muqaddas hisoblanib, barcha yorug‗lik, tozalik, ezgulikning manbasi sifatida 
qaralgan.  Axura  Mazdaning  qalbi  quyoshi  nuridan  chiqarilgan  (olingan) 
olovnigina  ular  muqaddas  hisoblaganlar.  Olovning  manbalarini  ikkita 
birinchisi quyosh, ikkinchisi esa Er osti (jahannam) deb tushunganlar. quyosh 
nuridan  olingan  olov  yaratuvchilik,  gunohlardan  tozalovchi,  mehr  yolqini 
manbasi  sifatida  qaralib,  er  qa‘ridan  chiqqan  olov  vulqon,  qora  bulutdan 
chiqqan momoqaldiroq, yildirim (yashin) ko‗rinishida odamlar, hayvonlar va 


 
199 
nabotot olamiga qirg‗in keltiruvchi sifatida qaraganlar. SHuning uchun ham 
yilning  o‗zini  ham  Ormuzd  davri  (ya‘ni  Navro‗zdan  to  Mehrjon 
bayramigacha)  va  Axrimon  davriga  mehrjon  bayramidan  (21-sentyabrdan) 
Navro‗z  ayyomi  (21-mart)  gacha  vaqtlarga  bo‗lib  tasavvur  qilganlar.  Z. 
ta‘limotida  kishilik  jamiyati  jami  12  ming  yil  umr  ko‗rishini,  bu  davrlar: 
Axura  Mazda  (oltin)  davri  qayumars  (Govmard,  Goptshox)  dan  boshlanadi. 
Yima  Vivaxvand  hukmronligining  oxirgi  yillarigacha  davom  etgan.  Ormuz 
davrida  ijtimoiy  adolat  to‗la  tiklangan  zamonlar  bo‗lib  odamlar  tug‗iladi, 
lekin o‗lim bo‗lmagan deb hisoblanadi. Bu davr Yima Vivaxvand (Jamshid) 
kibr-havoga berilib, o‗zini Tangri o‗rniga qo‗yib, odamlar unga sajda qilishni 
buyurganidan keyin va Sigir go‗shtini eyishni buyurganidan keyin Axrimon 
ta‘siriga  mubtalo  bo‗lguncha  davom  etadi.  Axura  Mazda  Jamshidni  abadiy 
umr ko‗rish huquqidan mahrum qiladi. Arximon davri to‗la adolatsizliklar avj 
olgan  davr  bo‗lib,  u  ham  Ahura  Mazda  davriga  teng  uch  ming  yil  davom 
etadi.  Z.  zamonidan  boshlab  Axura  Mazda  va  Ahriman  o‗rtasida  hayot-
mamot kurashi davri boshlanib u ham uch ming yil davom etadi. Z. o‗limidan 
so‗ng  uch  ming  yil  o‗tganidan  keyin  farovonlik  (Axura  Mazda)  davri 
boshlanib, yana uch ming yil davom etishi bashorat qilinadi va h.k. Z.da er, 
suv,  havo,  olov  mavjudlikning  to‗rtta  asosi  sifatida  ulug‗lanadi.  Z.iylikdagi 
bu ta‘limot Greklardagi sodd materialistlar (Fales, Anaksimen, Anaksimandr, 
Geraklit)  ning  fal-iy  ta‘limotlariga  chuqur  ta‘sir  qilganligini  ko‗ramiz. 
SHuningdek,  Axura  Mazda  (dunyoviy  aql)  ruh  obrazida  Suqrot  va  Platon 
fal.siga  ta‘sirini,  Aristotel  fal.sidagi  borliqning  to‗rtta  asosi  (er,  suv,  havo, 
olov)  to‗g‗risidagi  ta‘limotining  shakllanishida  ham  Z.iylik  g‗oyalarining 
katta ta‘sirini sezishimiz mumkin. Z.iylikning g‗oyaviy merosxo‗rlari sifatida 
moniylik,  mitraizm,  mazdakiylik  ta‘limotlari  hisoblanadi.  Arshakiylar  va 
Sosoniylar  podsholiklari  davrida  Z.  yana  davlat  dini  darajasiga  ko‗tarildi. 
Arablar  Eron  va  o‗rta  Osiyoni  bosib  olganlaridan  so‗ng  eng  fidoiy 
Zardushtiylar  ikkinchi  marta  (birinchisi  Iskandar  Zulqarnayndan  qochib) 
Hindistonda  panoh  topdilar.  Hindistonning  Bombey  shahri  atrofida  va 
Gujarat shtatida hozir ham 250-300 ming kishidan iborat parslar nomi ostida 
Zardushtiylar  qavmi  istiqomat  qiladilar.  Eronning  janubiy  tog‗lar  orasidagi 
daralarda  ham  ko‗p  ming  kishilik  Zardushtiylar  qavmi  bor.  Z.  ta‘limoti 
o‗zidan keyingi yanada rivojlangan milliy-mintaqaviy, jahon dinlari bo‗lgan 
yahudiylik, buddaviylik, xristianlik va islom e‘tiqodining shakllanishida katta 
ahamiyat kasb etdi. Xususan, halol, harom, gunoh, savob, jannat, do‗zax, hur, 
farishta, iblis, shayton, dev, etti qavat osmon, etti qat er, etti iqlim, dunyoviy 
aql, dunyoviy ruh, qiyomat, oxir zamon, qil ko‗prik, (chinvot), oxirgi hukm 
va boshqa bir qator tushunchalar va obrazlar dastlab Z.ning muqaddas kitobi 
Avestoda ishlab chiqilgan edi. 
Zenon  –  qadimgi  Yunon  faylasufi,  Parmenidning  shogirdi  va  do‗sti. 


 
200 
Z.ning fikricha, jism borliq, hajm va ko‗lamga ega bo‗lishi zarur. Na ko‗lam, 
na  hajmga  ega  bo‗lmagan  narsalarning  o‗zi  bo‗lishi  mumkin  emas.  U  o‗z 
ustozi  singari  borliqdan  tashqarida  biron  bir  bo‗shliqning  mavjudligini  tan 
olmadi.  Borliqdan  tashqarida  alohida  makon  yo‗q,  bo‗linishning  oxiri  bor. 
Ko‗plikning  bo‗linmas  qismi  uning  birlik  o‗lchovini  tashkil  etadi.  Demak, 
ko‗plik  bo‗linish  uchun  ko‗pgina  birliklar  mavjud  bo‗lishi  kerak.  Bu  erda 
ko‗plikning  birliklari  bir-biridan  alohida  bo‗lishi  kerak.  Aks  holda  yaxlit 
massaga  aylanadi,  unda  na  birlik,  na  ko‗plik  bo‗ladi.  Ko‗plik  birliklar 
yig‗indisidan iborat. Z. harakatning mavjud emasligi to‗g‗risida 4 ta aporiya 
yaratgan. Bular: 1) dixotomiya; 2) Axilles; 3) yoy; 4) stadion yoki Stadiy. 
Z.  o‗z  aporiyalariga  jism  borlig‗i  cheksiz  bo‗lsa-yu,  vaqt  cheklangan 
bo‗lsa, u holda harakat boshlanmaydi; vaqt cheksiz davomiylikka ega bo‗lsa, 
unda  jism  cheklangan  masofani  bosib  o‗tolmaydi  va  harakat  hech  qachon 
tugamaydi; makon va vaqt birlikda olinganda ham harakat bo‗lmaydi, degan 
g‗oyalarni  ilgari  surdi.  Z.  ta‘limoti  antik  matematika,  mantiq  va 
dialektikaning rivojiga kuchli ta‘sir ko‗rsatgan. 

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish