O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/293
Sana24.08.2021
Hajmi1,63 Mb.
#155158
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   293
Bog'liq
sotsiologiya fanidan izohli lugat

Sterotip  tafakkur  —  qatiy,  cheklangan  va  qotib  qolgan  kategoriyalar 
yordamida fikr yuritish jarayoni. 
Strukturalizm  —  tilni  o‗rganishda  vujudga  kelgan,  ijtimoiy  va 
madaniy tizimlarning tuzilmasini anikdashga qaratilgan nazariy yondoshuv. 
Sublimatsiya  (lot.  sublimo  -  oshirmoq)  –  energiyani  ijtimoiy  va 
madaniy  jihatdan  nomaqbul  (quyi,  tuban)  maqsad  va  ob‘ektlardan  maqbul 
(yuqori,  oliyjanob)  bo‗lgan  ijtimoiy  va  madaniy  ob‘ektlarga  o‗tkazish 
hodisasidir.  Sublimatsiya  g‗oyasi  XVIII  asr  g‗arb  yozuvchilaridan 
G.Shtelling  va  Novalislarning  asarlarida,  shuningdek  A.Shopengauer  va 
Nitsshelarning  tadqiqotlarida  o‗z  aksini  topgan.  XX  asrning  boshlaridan 
sublimatsiya  tushunchasi  psixoanalizda  keng  foydalana  boshlandi.  Z.Freyd 
nazariyasiga  ko‗ra,  sublimatsiya  –  bu  maylni  hirsiy  qoniqishlardan  uzoq 
bo‗lgan  boshqa  maqsadlarga  yo‗naltirish  va  hirsiy  tuyg‗ular  energiyasini 
(manbasini)  ijtimoiy  maqbul  bo‗lgan  axloqiy  jihatdan  ijobiy  faoliyatlarga 


 
169 
o‗zgartirishdir.  Freyd  diniy  ibodat  va  marosimlarning  paydo  bo‗lishi, 
shuningdek san‘at va ijtimoiy institutlarning shakllanishini ham sublimatsiya 
hodisasi  orqali  qarab  chiqadi.  G‗arbda  ruhiy  genetika  va  falsafiy 
antropologiya  okimlarida  sublimatsiyaning  psixoanalitik  talqinini  bir  necha 
bor zamonaviylashtirish va o‗zgartirishga harakat qilindi.  
Tadqiqotchi Ssondi sublimatsiyaning uch bosqichini ajratib ko‗rsatadi: 
«Ijtimoiylashish»  -  ya‘ni,  istakni  (maylni)  professional  faoliyat  sohasiga 
ko‗chirish;  «shaxsiy  sublimatsiya»  -  insonning  individual  faoliyati  bilan 
bog‗liq;  «gumanizatsiyalashgan»  -  insoniyat  taraqqiyotini  ta‘minlaydigan 
sublimatsiyaning eng yuqori shakli. 
Shelerning fikriga ko‗ra, sublimatsiya qobiliyati tabiiy olamning barcha 
tashkillashgan  shakllariga  xosdir.  U  «sublimatsiyadan  tashqari»  (ortiq) 
tushunchasini  kiritadi,  bunda  u  haddan  tashqari  intellektuallashishni  nazarda 
tutadi.  Shelerning  fikriga  ko‗ra,  sublimatsiya  hodisasi  zamonaviy 
madaniyatga xos bo‗lib, insonlarda destruktiv vayronkorlikka moy.likni ham 
keltirib  chiqarishi  mumkin.  Hozirgi  vaqtda  faylasuflar,  psixologlar  va 
san‘atshunoslar insondagi biologik va ijtimoiy jihatlar munosabatini, individ 
bilan  jamiyatning  o‗zaro  bog‗liqligini,  shaxsning  ijtimoiylashish  bosqichini, 
madaniy-tarixiy  jarayonlar  oqimining  xususiyatlarini,  ijodiyotning  tabiati  va 
xususiyatini izohlashda sublimatsiya g‗oyasiga tez-tez murojaat qilmoqdalar. 
Freyd  talqinida  sublimatsiya  insonda  mavjud  bo‗lgan  instinktiv  (shahvoniy 
yoki  agressiv)  intilish  ob‘ektini  ijtimoiy  jihatdan  maqbul  bo‗lgan  boshqa 
faoliyat  (mas.,  ijodiyot)  ob‘ekti  bilan  almashishi  yoki  o‗rnini  bosishi 
hodisasidir.  Ruhiyatning  ongsiz  («U»)  qatlamida  to‗plangan  ong  osti 
energiya  ijodiy  tomon  yo‗naltiriladi.  Sublimatsiya  kuchli  ong  osti 
energiyasini  intilish  ob‘ektini  almashtirish  yo‗li  bilan  bu  manbani  ijodiy 
faoliyat  tomon  burib  yuborish  mexanizmini  bildiradi.  Sublimativ  jarayon 
instinktiv  intilish  (mayl)  ob‘ektidagi  energiyani  boshqa  faoliyat  turiga 
o‗tishini  ta‘minlaydi.  Bu  jarayon  davomida  mayl  o‗z  yo‗nalishini 
o‗zgartiradi. Oqibatda avval shahvoniy hirsiyot uchun manba bo‗lgan ehtiros, 
energiya boshqa sohalarga ko‗chish imkoniyatiga ega bo‗ladi.  

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish