6-rasm. Yanchishning CA va CA1 sxemasi
7-AMALIY ISH
Mavzu: Gidrosiklonlarni tanlash va parametrlarini hisoblash
Ishdan maqsad: Gidrosiklonlarni tanlash va parametrlarini hisoblash o`rganish.
Spirali klassifikatorlar gidrotsiklonlarga nisbatan kam elektr energiya sarflaydi, nisbatan yirikroq mahsulotni tasniflay oladi va uzoqroq ta`mirlash davriga ega. Asosiy kamchiligi narxining balandligi va gabarit o`lchamlarining kattaligi. Bu esa dastgohlarga va boyitish fabrikasi binolarining qurilishiga kapital xarajatlarni oshiradi. Shu kamchiliklar tufayli spiralli klassifikatorlar gidrotsiklonlar tomonidan siqib chiqarilmoqda.
Dastlabki vaqtlarda gidrosiklonlar mexanik klassifikatorlar o`rniga asosan yanchishning ikkinchi bosqichida o`rnatildi. Bu shu bilan tushuntiriladiki, ikkinchi bosqich tegirmonidan tushiriladigan mayin yanchilgan mahsulotdan asoslar va gidrotsiklonlarning ishdan chiqishi, gidrotsiklon nasadkasining yopilib qolish ehtimoli yanchishning birinchi bosqichidagi tegirmondan chiqayotgan yirik mahsulotga nisbatan kam.
Keyinroq, qo`pol spiralli tasniflagichdan qutulish va shu bilan nasos va gidrotsiklonlar ishini osonlashtirish uchun birinchi bosqich sterjenli tegirmonlar mahsuloti to`g’ridan-to`g’ri ikkinchi bosqich sharli tegirmoniga tushuvchi yanchish sxemasi qo`llanila boshlandi. Bu sxemaning kamchiligi shundaki, ikkinchi bosqichda yanchish tegirmoniga katta miqdorda yiriklik bo`yicha tayyor mahsulot tushadi. Bu rudaning ortiqcha shlamlanishiga va tegirmonning yangidan hosil bo`layotgan tayyor sinf bo`yicha ishlab chiqarish unumdorligini pasayishiga olib keladi.
Ba`zi boyitish fabrikalarida sterjenli tegirmonlarning quyulmasi gidrotsiklonlarga tushadi, bunda tegirmonning bo`g’ziga yirik mahsulotni ajratib olish uchun elak o`rnatiladi. Gidrosiklonlarni sterjenli tegirmonlar quyulmalarini tasniflash uchun ishlatilishi mumkinligi spiralli tasniflagichlarni ishlatish sohalarini yanada chegaralaydi.
Mexanik klassifikatorlarning o`lchamini kichraytirish uchun tasniflagichning maksimal ishlab chiqarish unumdorligiga to`g’ri keluvchi zichlikda imkon boricha dag’al (-0,6-0,8mm) sliv olish kerak. Qolgan barcha hollarda gidrosiklonlarni qo`llash afzal.
Gidrosiklonga kiradigan mahsulotning qattiqlik miqdori 30-60% oralig’ida bo`ladi va u birinchi bosqichda yanchishda yuqori.
Shuni e`tiborga olish kerakki, slivning talab qilingan o`lchami qancha mayin va uning zichligi qancha katta bo`lsa, gidrotsiklonning diametri shuncha kichik bo`lishi kerak. O`ta mayin slivni Q:Sni va gidrosiklonga kirishdagi bosimning qiymati katta bo`lganda olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |