4. O`rta va katta maktab yoshidagi o`quvchilarni tadqiqot ishlariga jalb
yo`naltirish.
5. O`quvchilarni xarbiy-texnika mutaxassisliklariga yo`naltirish, qurolli
kuchlarda xizmat qilishga tayyorlash.
55
Sinfdan tashqari ishlarda o`quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirish
uchun mehnat ta`limi va tarbiyasining umumiy vazifalari yanada konkretlashuvi
ularda 3 ta guruxga birlashtirish imkonini beradi: umumta`limiy vazifalari:
tarbiyaviy vazifalar: amaliy vazifalar.
Umumiy ta`lim maktablari va maktabdan tashqari bolalar muassasalarining
sinfdan tashqari ishlarda o`quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirish
faoliyati o`zining shakli va mazmuniga ko`ra xilma-xildir. Shunday bo`lsa ham
keyingi o`n yillar ichida ana shu faoliyatning quyidagi asosiy yo`nalishlari
aniqlanadi.
1. Kichik maktab yoshdagi o`quvchilarda texnik ijodkorlik bilan bog`liq
mehnatga qiziqish va kollektiv mehnatga ishtiyoq uyg`otishi, ana shu yosh
gruppasidagi o`quvchilarni yasama texnik o`yinchoqlar, modellar va turli
inventarlarni konstruktsiyalash bilan bog`liq aktiv texnik o`yinlar, musobaqalar va
konkurslarga qatnashishlari eng oddiy formalariga jalb etish, bolalarda texnik
soxadagi texnik xavaskorlik, ijodkorlikka intilishni tarbiyalash.
2. O`rta va katta maktab yoshdagi o`quvchilarda texnikaga va ishlab
chiqarishga chuqur qiziqishni tarkib topishi va rivojlantirishi, ularni bilish
aktivligini, yosh fiziklar, ximiklar, matematiklarning olimpiadalarida qatnashuvini
rag`batlantirish, ularni maktabdagi predmet to`garaklariga tajribachilik ishlariga,
maktab asbob-anjomlarini, ko`rsatmali qo`llanmalarni, ta`limning texnik
vositalarini takomillashtirish bilan bog`liq konstruktorlik faoliyatiga jalb etish.
3. O`quvchilarni maktablarda va maktabdan tashqari muassasalaridagi texnik
ijodkorlik jarayonida ommaviy ishchi kasblarga yo`naltirish.
4. O`rta va katta maktab yoshidagi o`quvchilarni maktablardagi, maktabdan
tashqari muassasalaridagi, mahalliy oliy o`quv yurtlari va ilmiy tadqiqot
institutlaridagi o`quvchilar ilmiy jamiyatlari bazasida ishlash va eksperimental –
tadqiqot ishlariga jalb etish, ularni injener, texnik agronom, zootexnik va boshqa
kasblarga yo`naltirish.
5. O`quvchilarni xarbiy-texnika mutaxassisliklariga yo`naltirish, ularning
sportning xarbiy-amaliy va texnik turlari bo`yicha razryadlar olish uchun
normativlarni bajarishga, qurolli kuchlarda xizmat qilishga tayyorlash.
Ma`lumki, dars o`quvchilarga tarbiya va ta`lim berishning asosiy formasidir.
Dars qanchalik jozibali, uning shakli va mazmuni qanchalik yorqin bo`lsa,
o`quvchilar predmetga shunchalik qiziqadilar, ularda ko`proq savollar tug`iladi,
ayniqsa, predmet bo`yicha darsdan, sinfdan tashqari turli ishlarni amalga oshirish
zarur bo`ladi.
Ilg`or maktablarning ish tajribalari tadbirkor mehnat ta`limi o`qituvchilari
doimo o`z predmeti bo`yicha to`garak ishlarini tashkil qilishni ko`rsatadi.
Tajribali mehnat ta`limi o`qituvchilarining fikricha qiziqishlari yo`nalishida,
uning o`qishdan tashqari faoliyati mazmunida bolalar va o`smirlar ijtimoiy
tajribasining natijalari g`oyat yaqqol ko`rinadi. Shuning uchun bu faoliyatni tashkil
etish imkoniyati qanchalik keng bo`lsa, o`quvchilardagi qiziqish va qobiliyatni
shunchalik barvaqt aniqlash, ularning rivojlanishiga ta`sir ko`rsatishi, o`quvchiga
o`z ishini, o`zining kelajakdagi kasbini topishda yordam berishi mumkin.
56
To`garakni tashkil etish, uning kollektivini uyushtirish, o`quvchining,
to`garak raxbarining katta va mas`uliyatli ishidir.
To`garak mashg`ulotlarini tayyorlash hamda o`tkazish ham juda ko`p va
puxta o`ylangan tayyorgarlikni talab qiladi.
20
Do'stlaringiz bilan baham: