59
qatnashadilar. eng qobiliyatli va ishtiyoqmand o`quvchilarga sportning turlari
bo`yicha qabul qilingan klassifikatsiyaga muvofiq model yasash tavsiya etiladi. Bu
klassifikatsiyada modellarning har qaysi tipi uchun qat`iy texnik talablar ko`zda
tutilgan. Bu esa o`quvchilarni tanlagan modelni tayyorlashda texnik va texnologik
talablarni jiddiy o`rgatadi.
O`quvchilarning sport modeli bilan shug`ullanishi g`oyat foydalidir. Ana shu
mashg`ulotlar anchagina tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda yordam beradi.
Ishlab chiqarish texnik to`garaklaridagi mashg`ulotlarning maqsadi
o`quvchilarda o`zlari tanlagan ishlab chiqarish tarmoqlariga qiziqishni oshirish va
uni mazkur tarmoqda ishlash yoki shu tarmoqqa bog`liq ixtisos bo`yicha o`qishni
davom ettirish uchun ongli istakka aylantirishdan, professional ishchilar va
texnikalarning ish o`rnidagi ijodiy imkoniyatlarini ko`rsatishdan iborat.
O`quvchilarning ishlab chiqarish texnika to`garaklaridagi konstruktorlik
ishlari g`oyat xilma-xil. Masalan, traktorlarning model-nusxalarini yaratish,
masofadan boshqariladigan mashinalar, yuritmalar va mexanizmlar
konsturktsiyalarining yangi variantlarini ishlab chiqish mumkin.
20
Do'stlaringiz bilan baham: