Qurilmalardagi, metall ishlash uskunalardagi, pribor va
apparatlardagi kam – ko`stlarni izlab topish va tuzatish - bu metod ijodiy
masalalar yoki topshiriqlar, xayoliy eksperiment va boshqalar bilan o`zaro
bog`langan holda qo`llanadi. Bu xil ishlar xarakterini aniqlashda o`quvchilarning
ijodiy tasavvuri rivojlanadi, sinash metodi bo`yicha sodir bo`ladigan unumsiz
harakatlar va holatlardan qochish imkonini beruvchi faoliyat usuli shakllanadi.
O`quvchilar faoliyatining bu usulini o`zlashtirib olishlari uchun maxsus priborlar,
trinajerlar, izlash programmalari va shu kabilarni ishlab chiqish hamda tayyorlash
bilan bog`lik mashqlar sistemasi kerak.
Xal qilishning yagona varianti mavjud sharoitlarda masalalarni fikran xal
qilish eng qulay - mashqdir. Maqsadga nomuvofiq va nooptimal variantlarni atayin
chiqarib tashlash izlash va buning sabablarini aniq tushunib olish mashqlari ham
muhimdir.
3-RASM
O`quvchilar ijodiy tafakkurini o`stirish, ma`ruzalar, suhbatlar, ilmiy
maqolalarni o`qish, mustaqil bajarilgan tadqiqotlar hodisa xisobot yozish,
o`quvchilarni ilmiy muammolarni jamoa bo`lib muhokama qilishga jalb etish,
izlanish faoliyati munosabati bilan axborotlar almashish katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |