O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

Amaldagi iqtisodiy siyosat 
Merkantilizm namoyondalari dunyoqarashlari bilan asoslangan amaliy 
iqtisodiy siyosat qimmatbaho metallarni ishlatish va ayirboshlash ustidan davlat 
nazoratini o’rnatilishiga olib keldi. Hukumat xususiy shaxslar tomonidan oltin va 
kumushni chetga olib chiqishni ta’qiqlab qo’yishga harakat qila boshladi. Qo’lga 
tushib qolganlar turli jazolarga, xattoki o’lim jazosigacha mahkum qilindi. 
Hukumat tashki savdoni amalga oshrishni aloxida yunalishlar bo’yicha va 
aloxida kompaniyalargagina ruxsat berardi. Bu kompaniyalarning asosiy vazifasi 
savdo balansini ijobiy koldikka erishishini ta’minlash edi. Usha paytda vujudga 
kelgan savdo monopoliyalari —«Hudson Bay Company» va «Dutch East India 
Trading Company» — bir nacha o’n yillab, XVIII asrning o’rtalarigacha faoliyat 
olib bordi. Bundan tashkari, hukumat eksportga subsidiyalar ajratgan, is’temol 
tovarlar importiga bojxona bojlari joriy etgan, ayni paytda eksport tovarga 
aylantirish mumkin bulgan xom ashyo importiga boj joriy etilmagan. 
Merkantilistlarning xalqaro savdo nazariyasi uchun sezilarli hissasi shundaki, 
ular mamlakatning iqtisodiy tarakkiyotida xalqaro savdoning ahamiyatini kayd 
etdilar va uni rivojlantirish modellaridan birini ishlab chiqdilar. Ular zamonaviy 
iqtisodiyotda ishlatiladigan to’lov balansi tushunchasini birinchilardan bo’lib 
izohlab berishgan. 
Merkantilistlar dunyokarashlarining chegaralanib kolganligi shundaki, ular bir 
mamlakatning boyishi fakatgina u savdo olib borayotgan boshka mamlakatning 
kambagallashuvi hisobiga yuz berishi mumkin deb hisobladilar, xalqaro iqtisodiyot 
rivojlanib borishini, binobarin mamlakatning rivojlanishi mavjud boylik chegarasida 
emas, balki bu boylikni kupaytirish hisobiga ham yuz berishi mumkinligini tushuna 
olmadilar. Birok bir muncha keyinrok vujudga kelgan fiziokratlar ta’limotlaridan 
farkli ularok, merkantilistlarning karashlari ilmiy tafakkurni xalqaro iqtisodiyotda 
klassik maktab g’oyalari tomon undadi. 
Merkantilistlar maktabi iqtisodiyotda bir yuz ellik yil hukmronlik kildi. Buning 
natijasida XVIII asrning boshlariga kelib, xalqaro savdo barcha mumkin bulgan, 
ba’zan umuman sun’iy cheklashlar turi bilan o’rab tashlandi. Turli davlatlar 
tomonidan ishlab chiqilgan savdo koidalari nafakat o’zaro savdo yo’liga ulkan to’siq 
bo’lardi, balki tugilib kelayotgan kapitalistik ishlab chiqarish extiyojlariga ham moe 
kelmas edi. 
Ingliz iqtisodchisi David X’yum “narx-oltin-oqimlar” o’zaro ta’siri 
mexanizmini ishlab chqish orqali birinchilardan bo’lib merkantilistlarga zarba berdi. 
U merkantilistlarning, mamlakat o’zida mavjud oltin miqdorini cheksiz ko’paytirib 
borishi mumkin, bu uning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligiga ta’sir 
ko’rsatmaydi, degan fikrlarining noto’g’riligini ko’satib berdi. 
David X’yum savdo balansini ijobiy qoldiqda ushlab turish natijasida oltinning 
oqib kirishi mamlakat ichida pul taklifining ortishiga, ish haqi va narxlarning 
ko’tarilishiga olib kelishi mumkinligiga o’z e’tiborini qaratdi. Narxlarning oshishi 
natijasida mamlakatning raqobatbardoshligi pasayadi. Aksincha, oltinning chiqib 


ketishi mamlakat ichida pul taklifining kamayishiga, ish haqi va narxlarning 
pasyishiga olib keladi va mamlakat raqobatbardoshligi ortadi. Binobarin, mamlakat 
savdo balansi qoldig’ini hamisha ijobiy holatda ushlab tura olmaydi – bunga ichki 
iqtisodiy omillar yo’l qo’ymaydi. Oltinning harakati milliy iqtisodiyotlarni sozlab 
turadigan nozik mexanizm hisoblanadi, buning natijasida eksport miqdori import 
miqdori bilan tenglashadi va savdo qoldig’i nolga aylanadi. 
Bu tamoyil quyidagilarga asoslanib ishlab chiqilgan: Muomaladagi pul 
miqdori bilan narx darajasi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlik mavjud; Har ikki 
mamlakatda to’liq bandlik hukmron; Sotiladigan tovarlarga talab narx bo’yicha 
egiluvchan; Tovarlar bozorida ham, ishlab chiqarish omillari bozorida ham sof 
raqobat hukmron; Milliy valyuta oltinga, oltin milliy valyutaga erkin 
ayirboshlanadi. 
Mana shu shartlar bajarilganda savdo balansining muvozanatlashuvi avtomat 
ravishda yuz beradi. 
SHunday qilib, merkantilistlar birinchi bo’lib xalqaro savdoning o’ziga xos 
modelini taklif etdilar. Ular mamlakatning boyligi mamlakatda mavjud bo’lgan oltin 
va kumush miqdori bilan bog’liq deb hisobladilar. Merkantilistlar tovarlarni 
mamlakatga olib kirishga nisbatan ularni chetga qo’proq olib chiqish, eksportni 
ko’paytirish va importni qisqartirish uchun tashqi savdoni tartibga solish, chetga 
xomashyo olib chiqishni keskin chegaralash yoki ta’qiqlash, xomashyolarni chetdan 
bojlarsiz import qilishga ruxsat berish, koloniyalarning metropoliyadan tashqari 
barcha boshqa mamlakatlar bilan har qanday savdosini ta’qiqlash kerak deb 
ta’kidlaydilar. 
Bu maktab namoyondalari ilk bor tashki savdo va mamlakatning ichki iqtisodiy 
rivojlanishi urtasidagi o’zaro bog’liqdikni kursatib berdilar. 
Keyinchalik klassik nomini olgan maktab vakillari tashki savdoga 
merkantilistcha karashlarga keskin zarba berishdi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish