O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Xalqaro mehnat taqsimoti va unga ta’sir etuvchi omillar



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

 
 1.4. Xalqaro mehnat taqsimoti va unga ta’sir etuvchi omillar 
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyati, ma’nosini 
ko’rsatuvchi asosiy ko’rsatkichlardan biri xalqaro mehnat taqsimotidir. Dunyoning 
barcha mamlakatlari u yoki bu jihatdan xalqaro mehnat taqsimotiga (XMT) 
qo’shilgan. Uning chuqurlashuvi ilmiy-texnika inqilobining (ITI)ning ta’siri ostida 
bo’lgan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishidan kelib chiqadi. 
Xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish davlatlarga qo’shimcha iqtisodiy 
samara berib, o’z extiyojlarini eng kam harajatlar bilan to’liqroq qondirish imkonini 
beradi. 
Mehnat taqsimoti – bu tarixan belgilangan ijtimoiy mehnat tizimidir. U jamiyat 
rivojlanishi jarayonida faoliyatning sifat jihatdan differentsiatsiyasi natijasida kelib 
chiqadi. 
Mehnat taqsimoti turli shakllarda namoyon bo’ladi. Xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar kursida xalqaro mehnat taqsimoti o’rganiladi. 
Xalqaro mehnat taqsimoti mohiyati ishlab chiqarish jarayonining mehnat 
faoliyatini turli shakllarining ixtisoslashuvi va ularning kooperatsiyalashuvida
o’zaro hamkorligida namoyon bo’ladi. Mehnat taqsimotini faqat ajratish jarayoni 
sifatida emas, balki, jahon miqyosida mehnatni birlashtirish yo’li sifatida ham 
ko’rish mumkin. 
Xalqaro mehnat taqsimoti davlatlar o’rtasida mehnatning ijtimoiy-xududiy 
taqsimotining darajasi hisoblanadi. U alohida bir davlatlar ishlab chiqarishlarining 
ixtisoslashuviga asoslanadi. 
Jahon xo’jaligini rivojlantirish uchun birinchi navbatda ishlab chiqarishda 
mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishda samaradorlikni ko’tarish, 
shuningdek ishlab chiqarishda harajatlarni kamaytirishga intilish zarur. Xalqaro 
mehnat taqsimotini rivojlanishi jarayonida asosiy narsa, bu shu jarayonning har bir 
ishtirokchisi o’zining XMTdagi ishtirokidan iqtisodiy foyda qidirishi va topishidir. 
Har qanday davlatning xalqaro almashuv jarayonida xalqaro mehnat 
taqsimotining ustunliklarini amalga oshirishi – birinchidan, eksport qilinayotgan 


tovar va xizmatlarning tashqi va ichki bozor narxlaridagi farqni olish; ikkinchidan, 
arzonroq bo’lgan importdan foydalanib, milliy ishlab chiqarishdan voz kechgan 
holda ichki harajatlarni kamaytirish imkonini beradi. 
Jahon xo’jaligini tizim sifatida ko’rib chiqqanda XMTni bu tizimni tashkil 
qilgan birlashtiruvchi asos deb ko’rish mumkin. 
Jahon iqtisodiyotida sanoati rivojlangan davlatlarning ishlab chiqarishi ko’p 
holatlarda tashqi iste’molchilarga, ichki talab esa importga yo’nalgan bo’ladi deb 
taxmin qilinsa, rivojlanayotgan davlatlarda esa ichki bozorning nisbatan tez, lekin 
ekstensiv kengayishi taxmin qilinmoqda. 
Xullas, XX-XXI asrlar bo’sag’asida jahonda misli ko’rilmagan iqtisodiy, 
siyosiy, ijtimoiy jarayonlar ro’y bergan bo’lib, ular albatta xalqaro mehnat 
taqsimotini rivojlanishiga o’zining sezilarli ta’sirini ko’rsatgan edi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish