O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Namangan Davlat Universiteti Fizika fakulteti Fizika yo’nalishi



Download 82,89 Kb.
bet2/8
Sana22.07.2022
Hajmi82,89 Kb.
#838307
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Muhammadjonova Zumrad

Kurs ishining maqsadi: Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi fanining elementar zarralar fizikasi bo’limini chuqur o’rganish va olingan bilimlarni mustahkamlash.
Kurs ishining obyekti: Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi. Koinotning katta portlash natijasida yaratilishi. Inflyatsiya jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Koinotning katta portlash natijasida yaratilishi. Inflyatsiya jarayoni.
Kurs ishining vazifalari: Mavzuga doir manba topish, axborotlarni tartiblash, rejani shakllantirish; O’quvchini mavzu doirasida yetarli bilim va ko’nikmalar bilan tanishtirish;
Kurs ishining dolzarbligi: Zamonaviy fizika kursining asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lgan atom fizikasidan bugungi kungacha fizik-bakalavrlar o ‘quv dasturi va Davlat ta’lim standard asosida. Davlat tilida yozilgan va dastur bo‘limlarini to ‘laligicha qamragan o‘quv adabiyotlari mavjud emas deyish mumkin. Atom fizikasidan Davlat tilida yozilgan adabiyotlar juda kam bo‘lib, kursning u yoki bu bo‘limlariga tegishli yoxud xorijiy tillarda yozilgan. Bakalavrlar uchun davlat tilida yozilgan, dastur bo‘limlarini to ‘liq qamragan darsliklar, o ‘quv qo‘Uamnalar tayyorlash ularning ushbu fanni puxta o‘zlashtirishlariga imkon yaratishi mumkin. Biologiyada evolutsiya (lotincha: evolution —„avjolish“)atamasi ostida organizmlar guruhi ichidagi irsiy belgilardagi farqlar kelib chiqishi tushuniladi. Bu belgilar nasl qoldirish oqibatida ajdodlardan avlodlarga koʻchirulivchi genlar ifodalanishidir. Shu genlardagi mutatsiyalar oʻzgargan yoki yangi belgilar keltirib chiqarib, organizmlar orasidagi farqlarni paydo qila oladi. Yangi belgilar, shuningdek, organizmlar guruhlari yoki turlar orasida (gorizontal gen koʻchishi oqibatida) ham kelib chiqishi mumkin.
1.Katta portlash.
Katta portlash (inglizcha: Big Bang) nazariyasi amaldagi kosmologik model boʻlib, olam rivojlanishining erta bosqichlarini tasvirlaydi. Bu nazariyaga binoan Katta portlash taxminan 13,798 ± 0.021 milliard yil oldin sodir boʻlgan; bu koʻrsatkich olam yoshi deb hisoblanadi. Bundan keyin olam oʻta issiq va zich holatda boʻlib, keskin kengayishni boshlagan. Boshlangʻich kengayishdan soʻng olam energiyaning turli subatom zarrachalar, jumladan proton, neytron va elektronlarga aylanishi uchun yetarli darajada sovugan. Sodda atom yadrolari tezda shakllangan boʻlishi mumkin, biroq birinchi elektrik neytral atomlar yuzaga kelishi uchun minglab yillar kerak boʻlgan. Kimyoviy unsurlardan birinchi boʻlib vodorod, keyin geliy va litiy mahsul boʻlgan. Ushbu ibtidoiy unsurlarning ulkan bulutlari keyinchalik gravitatsiya orqali yulduz va galaktikalarni shakllantirish uchun yigʻilgan; ogʻirroq unsurlar esa yulduzlarda yoki oʻta yangi yulduzlar portlashlarida sintezlangan.
Katta portlash sinchiklab tekshirilgan ilmiy nazariyadir va ilmiy hamjamiyat tomonidan keng qabul qilingan. Katta portlashning negiz gʻoyalari — kengayish, erta issiq holat, geliy va galaktikalar shakllanishi - bu va boshqa kuzatishlardan kelib chiqib, har qanday kosmologik modeldan mustaqildir. Galaktika toʻplamlari orasidagi masofalar hozirda kattalashib borishidan oʻtmishda hamma narsa bir-biriga yaqinroq boʻlgani haqidagi xulosaga olib kelgan. Bu gʻoya ekstremal zichlik va haroratlargacha olib borilib, bunday holatlarda tajribalar olib borish uchun katta zarracha tezlatgichlari qurilgan, natijada bu ilmiy model toʻliqroq ishlab chiqilgan. Boshqa tomondan, bu tezlatgichlarning juda baland energiyalar fizikasini tadqiq qilish uchun qobiliyatlari cheklangan. Kengayishning mutlaq ilk lahzasiga oid dalillar juda kam. Shunday qilib, Katta portlash nazariyasi bu ilk holatni izohlay olmaydi; biroq u olamning shu lahzadan keyingi umumiy evolutsiyasini tasvirlaydi va tushuntiradi.
Katta portlash nazariyasi ildizlari Georges Lemaître tomonidan oʻrtaga tashlangan „ibtidoiy atom gipotezasiga“ borib taqaladi. Vaqt oʻtishi bilan olimlar uning gʻoyalari asosida zamonaviy sintez nazariyasini qurishdi. Katta portlash modeli Albert Einstein'ning umumiy nisbiylik nazariyasi va fazoning bir xilligi va izotropiyasi kabi tushunchalarga tayanadi. Asosiy tenglamalar Aleksandr Fridman tomonidan taʼriflangan. 1929-yili Edwin Hubble uzoq galaktikalargacha masofalar ularning qizil surilishiga mutanosib ekanini aniqladi - bu gʻoya Lemaître tomonidan 1927-yili olgʻa surilgan edi. Hubble'ning kuzatuvi barcha uzoq galaktika va klasterlar kuzatuv nuqtamizdan qochayotgan koʻrinma tezlikka ega ekanini koʻrsatdi: galaktika qancha uzoq boʻlsa, koʻrinma tezligi shunchalik yuqori.
Ilmiy hamjamiyat bir vaqtlar Katta portlash va Sobit olam nazariyalari tarafdorlariga ajralgan boʻlsa,  1964-yil qoldiq nurlanish kashfiyoti va ayniqsa uning spektri (yaʼni, har toʻlqin uzunligida oʻlchangan nurlanish miqdori) mutlaq qora jism termal nurlanishiga mos kelishi aniqlanganidan keyin koʻpchilik olimlar kuzatuvlarga Katta portlash ssenariylaridan biri eng mos kelishiga iqror boʻlishdi. Shundan buyon Lambda-CDM modeli zamonaviy nazariy kosmologiya tadqiqotlari tuzilmasi boʻlib xizmat qilgani uchun astrofiziklar Katta portlash modeli va uning parametrizatsiyasiga keng koʻlamli kuzatuv va nazariy qoʻshimchalar qilishdi.
Koinot qanday paydo bo'ldi? Yulduzlar, sayyoralar va galaktikalar paydo bo'lishiga nima sabab bo'ldi? Bu tarix davomida millionlab odamlar bergan ba'zi savollar. Xususan, olimlar mavjud bo'lgan barcha hodisalar uchun tushuntirish izlashni xohlashadi. Bu erda tug'ilgan katta portlash nazariyasi. Hali bilmaganlar uchun bu bizning koinotimizning kelib chiqishini tushuntirib beradigan nazariya. Shuningdek, u sayyoralar va galaktikalar mavjudligini tushuntirishni to'playdi.
Agar siz qiziqsangiz va bizning koinotimiz qanday shakllanganligini bilmoqchi bo'lsangiz, ushbu postda biz sizga hamma narsani aytib beramiz. Katta portlash nazariyasini chuqur bilmoqchimisiz?


Download 82,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish