O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti


Yosh belbog‘li kurashchilarini tayyorlashda jismoniy tayyorgarlikning



Download 116,2 Kb.
bet6/15
Sana20.07.2022
Hajmi116,2 Kb.
#826774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Jismoniy madaniyat fakulteti 5112000-jismoniy madaniyat yo‘nalis-fayllar.org

1.3. Yosh belbog‘li kurashchilarini tayyorlashda jismoniy tayyorgarlikning 

ahamiyati. 
Yosh belbog‘li kurashchilarini tayyorlashda maqsadga muvofiq 
rejalashtirilgan jismoniy tayyorgarlik texnik-taktik mahoratini shakllantirishda va
musobaqa davomida yuksak natijaga erishishda nixoyatda muhim omillardan 
biridir. Lekin, sport amaliyotida har doim ham rejalashtirilgan kutilgan natijani
bermaslik xolatlari tez-tez uchrab turadi. Buning asosiy sabablaridan biri 
mashg‘ulotlarda qo‘llanilgan u yoki bu jismoniy mashqlarning hajmi va muddati


20
hamda ushbu ko‘rsatkichlarni shug‘ullanuvchilar organizmiga ta'sir etish darajasi 


ob'ektiv ravishda baxolanmasligidadir. Shuning uchun ham o‘quv mashg‘ulot


jarayonida qilinayotgan jismoniy yuklama (jismoniy mashqlar) ning 
shug‘ullanuvchilar organizmining funksional imkoniyatlariga muvofiqligi e'tiborga
olinishi shu yuklamani maqsadga muvofiq rejalashtirish imkoniyatini yaratadi. 
Malakali sportchilarni tayyorlashda xarakat funksiyasining ikki bir-biriga uzviy
bog‘liq tomoniga, ya'ni 1 sportchini texnik-taktik malakalariga o‘rgatish va ularni 
takomillashtirish, 2.sportchi jismoniy sifatlarini tanlangan sport turi xususiyatiga
muvofiq ravishda tarbiyalash. 
J.M. Nurshin fikricha umumiy jismoniy tayyorgarlik tushunchasi bu
sportchining xarakat sifatlarini xar tomonlama rivojlanganlik darajasini anglatadi, 
masalaga shu tarzda yondashish oddiy inson sog‘ligini xisobga olgan holda
shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Albatta, katta sportda bu xam zarur lekin, 
bunday amaliyot va shunga asoslangan mashg‘ulot uslubiyati yosh sportchilarni
tayyorlash xamda yuksak musobaqa natijasiga erishish samarasini susaytirish 
extimoldan xoli emas. Chunki, har bir sport turining uziga xos va o'ziga mos
xususiyatlari mavjudligi tufayli bir sport turida ko'proq tezkor-kuch sifati ustun 
tursa, ikkinchi bir sport turida chidamkorlik sifati yetakchi rolni o‘ynaydi yoki
uchinchi bir sport turida egiluvchanlik sifati asosiy axamiyatga ega bo`ladi. Ammo 
qayd etilgan fikrdan muayyan sport turida ma'lum jismoniy sifat juda zarur,
boshqasi esa muhim emas degan xulosa chiqib kelmaydi. Aksincha, xar bir 
sifatning muayyan sport vaziyatida ozmi ko`pmi, lekin muxim “ulushi” mavjud
bo`ladi. 
Yuqorida qayd etilgan fikr va muloxazalar sportning Belbog‘li kurashi
turida yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Sport sohasiga oid ilmiy uslubiy adabiyotlarda ushbu muammoga alohida
e'tibor qaratilgan 
So‘ngi yillarga kelib olimlar o‘rtasida malakali sportchilarni tayyorlashda
jismoniy tayyorgarlikni o‘rni, jumladan jismoniy sifatlarning bir biriga uzviy 
bog‘liqligini xamda ularni sport mahoratiga bo`lgan ta'siri xaqidagi muammolar


21
tobora katta qiziqish uyg‘otib bormoqda. So‘z jismoniy tayyorgarlik va xususan 


sportchilarni tayyorlashda xarakat sifatlarini (tezkorlik, kuch, chidamkorlik,


chaqqonlik, egiluvchanlik) bir biriga bog‘lab shakillantirish muximligi xaqida 
borar ekan, bu borada tezkor-kuch sifatiga aloxida urg‘u berish maqsadga
muvofiqdir. Xar bir sport turida ijro etiladigan xarakat malakasi negizida tezkor-
kuch sifati xal qiluvchi muxim manba bo`lib xisoblanadi. Masalan voleybolda to‘r
ustidan xujum zarbasini ijro etish uchun tezkor-kuch sifati ushbu malaka 
muvofaqiyatini taminlovchi omildir: yunon-rum kurashida esa mazkur sifat xujum
yoki karshi xujum usullarini qisqa vaqtda katta kuch bilan qo`llashda az qotadi. 
Darxaqiqat, kuzatuv natijalariga ko`ra yunon-rum kurashi buyicha Jaxon,
Olimpiya, Yevropa, Osiyo va boshqa xalqaro musobaqalarda g‘alabaga erishgan 
aksariyat kurashchilar yuksak darajada rivojlangan tezkor-kuch qobiliyatiga ega
bo'lganlar. Kurash turlarida tezkorlik sifati xam g‘alabaga yetaklovchi asosiy 
manbalardandir. Ayniqsa yunon-rum kurashiga oid maxsus chidamkorlikning o‘rni
beqiyos. Chunonchi, sportning yakkakurash turlarida texnik mahoratning nisbatan 
farq qiluvchi xususiyatlaridan biri bu o‘zgaruvchan musobaqa vaziyatida tezkor-
kuch asosida ijro etiluvchi murakkab xarakat malakalaridir. Aynan shu sifat xal 
qiluvchi vaziyatlarda o‘z yetakchiligini namoyish etadi. Shu bilan bir qatorda uzoq
muddat davom etadigan musobaqa jarayonida texnik malakalarni yuqori samarada 
ijro etish birinchi navbatda maxsus chidamkorlik sifatiga bevosita kuzatuvlarga
qaraganda yunon-rum kurashi bo`yicha jaxon chempionati ishtirokchilarining 
musobaqa davomida ijro etgan texnik malakalari olishuvchining 3-davrida o‘z
samarasini keskin susaytirgan. Ushbu vaziyat ana shu kurashchilarning maxsus 
tezligi yuqori darajada shakllanmaganligiga e'tibor qaratadi. Demak, bundan
ko‘rinib turibdiki, texnik mahorat samarasini musobaqalar davomida uzoq vaqt 
saqlab turishda maxsus chidamkorlik sifati o‘rin egallaydi. Ma'lumki, maxsus
chidamkorlik umumiy chidamkorlik yaxshi rivojlangan xolda samarali shakllanishi 
isbot qilingan.
J.M.Nurshining fikricha maxsus tezkorlikni rivojlantirish uchun kurashchi 
maxsus texnik mashqlarni uzoq vaqt davomida xatto charchash asoratlari mavjud


22
bo‘lganda ham, ijro etishi kerak bo‘ladi. Umumiy chidamkorlik o‘rtacha shiddatda 


ko‘p hajmli mashqlarni (uzoq masofaga chopish, eshkak eshish, suzish, velosiped


xaydash va xakozo) surunkasiga bajarish asosida shakillantiriladi. 
J.M.Nurshin - yunon-rum kurashchisining maxsus tezligi samarali
rivojlantirishda asosiy vositalardan biri gilam ustida ijro etiladigan olishuv usullari 
texnik malakalaridir deb e'tirof etadi.
Yosh belbog‘li kurashchilarni tayyorlashda va texnik mahoratni 
shakllantirish egiluvchanlik sifati ham zarur omillardan biridir, yuqori darajada
rivojlangan egiluvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan kurashchi “Ko‘prik” xolatidan 
keskin xafli vaziyatdan xolos bo‘lish, egilib ko‘tarib tashlash kabi texnik
malakalarni mohirona ijro etishga muyassar bo‘ladi. 
Egiluvchanlik asta-sekin, uzoq muddatli mashg‘ulotlar evaziga
shakllanadi,. Agar egiluvchanlikni rivojlantirishga oid mashg‘ulotlar biroz 
to‘xtatib qo‘yilsa, bu sifat keskin yo‘qolib ketishi yoki susayishi mumkin.
Belbog‘li kurashda qo‘llanadigan usullar (texnik) malakalarni o‘zi 
egiluvchanlik shakllantirib boradi. Lekin, buning o‘zi ushbu sifatni to‘liq
rivojlantirish imkoniyatini bermaydi. Bu sifat samarali takomillashtirish uchun 
mushak, pay, bo‘g‘imlarni cho‘zish, egish, yoyish, siqish, burash kabi maxsus
mashqlarni sekin-asta muntazam qo‘llash kerak bo‘ladi. 
Egiluvchanlikni yoshlikdan boshlab shallantirish maqsadga muvofiqdir.
Shu bilan bir qatorda bu sifatni rivojlantirish extiyotkorlikni talab qiladi. Shiddat 
va keskin tarzda qo‘llaniladigan mashqlarni - mushak, pay, bo‘g‘imlarni cho‘zish,
egish, yoyish, siqish, burash. Maxsus mashqlarni sekin-asta muntazam qo‘llash 
kerak bo‘ladi.
Egiluvchanlikni yoshlikdan boshlab shakllantirish maqsadga muvofiqdir. 
Shu bilan bir qatorda bu sifatni rivojlantirish extiyotkorlikni talab qiladi. Zo‘rma-
zo‘raki va keskin tarzda qo‘llangan mashqlar mushak, pay, bo‘g‘imlarni 
shikastlanishiga, xatto og‘ir jarohatga olib kelish mumkin.
Yosh belbog‘li kurashchilarni tayyorlashda va kuch sifatlarini rivojlantirish 
alohida ahamiyatga ega. Ta'kidlab o‘tish joizki, o‘quv-mashg‘ulot jarayonida


23
barcha jismoniy sifatlarni garmonik ravishda rivojlantirish mahoratli 


kurashchilarni tayyorlash garovidir.




Download 116,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish