O’zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti yunusova Gulshoda Nazihanovna «TA’limda ta’limda axborot texnologiyalari»



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/56
Sana18.07.2022
Hajmi13,75 Mb.
#819928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
ўқув қўлланма Г.Юнусова

Kompyuterning ishlash prinsipi va tashkil etuvchilari 
Ixtiyoriy kompyuterning ishlash prinsipini birinchi bo’lib ingliz olimi 
Charlg’z Bebidj va uning g’oyasini mukammallashgan ko’rinishini Djon Fon 
Neyman taklif qilgan. Uning prinsipi dastur asosida boshqariladigan avtomatik 
ravishda ketma-ket ishlash g’oyasidan iborat. Hozirda ko’p rusumli kompyuterlar 
shu g’oya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko’p protsessorli kompyuterlar, 
ya’ni bir vaqtda dasturning bo’laklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan 
kompyuterlar ham yaratilganligini eslatib o’tish joizdir. Shunday qilib, kompyuter 
avvaldan tuzilgan dastur asosida ishlaydi. O’z navbatida dastur qo’yilgan masalani 
kompyuterda yechish uchun qandaydir dasturlash tilida yozilgan buyruqlar 
(operatorlar) ketma-ketligidir. Dasturlash tilida tuzilgan dasturlar maxsus tarjimon 
dasturlar yordamida kompyuter tiliga o’tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan 
tashkil topgan, ma’lum qoidalar asosida yoziladigan ketma-ketliklardan iborat. Djon 
Fon Neyman prinsipi bo’yicha avtomatik ravishda bajariladigan dastur avval 
kompyuterning xotirasiga kiritiladi (yuklanadi). Xotirada turgan dastur asosida 
dasturni tashkil etuvchi har bir operator ketma-ket bajariladi. 
Boshqaruv qurilmasi deb ataluvchi maxsus qurilma hozir qanday operator 
bajarilishi va undan keyin qaysi operator bajarilishi ustidan nazorat o’rnatadi va uni 
bajarilishini ta’minlaydi. Amal (arifmetik-mantiqiy) esa protsessor deb ataluvchi 
qurilmada bajariladi. Dastur ishlash natijasi to’g’ridan-to’g’ri ekranda yoki tashqi 
qurilma (chop qiluvchi mexanizm, grafik chizuvchi qurilma, video qurilma va 
boshqalar) deb ataluvchi qurilmada ko’rilishi mumkin. Odatda kompyuter ikki 
qismdan: hardware (kompyuterni tashkil etuvchilari - 
kompyuterning qattiq 
qismlari
) va Software (kompyuterning dasturiy tahminoti - 
kompyuterning yumshoq 
qismlaridan
) tashkil topgan deyiladi. 
1
M.Aripоv, A. Xaydarоv, N. Muxitdinоva. Algоritm asоslari va algоritmik tillar 
(ma`ruzalar matni). Tоshkent,2000. 


12 
SHAXSIY KOMPYUTERLARNING TUZILISHI 
shaxsiy kompyuterlar qo’yidagi asosiy qurilmalardan tashkil topgan: 
-
tizim bloki; 
-
monitor; 
-
klaviatura; 
-
sichqoncha. 
IBM firmasiga taalluqli shaxsiy kompyuterlar, inglizcha IBM PC 
kompyuterlari atamasida yuritiladi va ular hozirgi kunda eng keng tarqalgandir. 
TIZIMLI BLOKI 
Tizimli bloki odatda desktop (yassi) yoki town (minora) 
ko’rinishida ishlab chiqariladi. 
Kompyuterning asosiy qismlari tizimli blokida joylashgan 
bo’lib, ular qo’yidagilardir (4-Rasm): 
Tezkor xotira (RAM-Random Access Memory-ixtiyoriy kirish 
mumkin bo’lgan) mikroprotsessor, qurilmalar nazoratchilari, (yahni kontrollerlar, 
adapterlar, elektr manbai bilan tahminlash bloki), yumshoq disk yurituvchi qurilmasi 
(FDD-Floppy Disk Driver), qattiq disk yurituvchi qurilmasi (hDD-hard Disk 
Driver), faqat o’qish uchun mo’ljallangan (CD ROM-Compact Disk Read Only 
Memory) yoki uning o’rniga hozirda ham o’qish ham yozish uchun hizmat qiladigan 
lazer disk yurituvchi qurilmasi (CD RW yoki DVD RW) bo’lishi ham mumkin
shinalar, modem va boshqa qurilmalar. Tizim blokiga uning parallel (LPT) va 
ketma-ket (COM) portlari orqali ko’plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin. 
Mikroprotsessor. Mikroprotsessor kompyuterning amal bajaradigan qismi 
bo’lib, u ma’lumotlarni berilgan dastur asosida qayta ishlaydi. 
Mikroprotsessor 140 ta atrofida turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. 
IBM rusumli kompyuterlarda Intel tipidagi (shu nomli firma ishlab chiqqan) 
mikroprotsessorlar ishlatiladi. Bu firma o’z faoliyati mobaynida Intel-8080, 80286, 
80386, 80486, pentium, pentium pro (professional) mikroprotsessorlarni ishlab 
chiqargan bo’lib, hozirda faqat zamon talablariga javob beradigan pentium-IV 
protsessorlarini bozorga chiqarmoqda. Shuni aytish joyizki, bu protsessorlar faqat 


13 
Intel firmasida ishlab chiqarilishi shart emas. Uning litsenziyasi asosida bunday 
mikroprotsessorlar, ishchi kuchi arzon bo’lgan, Janubiy- sharqiy Osiyo 
mamlakatlarida ko’plab ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, 

Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish