Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonasining texnik nazorat bo’limi Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonasining texnik nazorat bo’limining boshlig’i, korxona direktorining sifat bo’yicha muovini hisoblanib, u o’zining muovini va laboritoriya boshliqlari bilan birgalikda korxonani sifatli mahsulot ishlab chiqarishiga ma’sul hisoblanadi.
Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonasining texnik nazorat bo’limining (keyingi o’rinda TNB deb yuritilad) vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Paxta tayyorlash maskanlarida va korxona qabul punkitida chigitli paxtani texnik shartlariga asosan to’g’ri va o’z vaqtida beto’xtov qabul qilib olish.
2. Paxta tayyorlov maskaniga shirkat xo’jaliklardan olib kelingan chigitli paxtaning sifat ko’rsatkichlarini nazorat qilish.
3. Paxta tayyorlov maskanidan Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonasiga olib kelingan chigitli paxtaning sifat ko’rsatkichlarini nazorat qilish.
4. Tayyorlangan chigitli pxtaning sifat ko’rsatkichlarini texnik shartlarga asoslangan holda nazorat qilish.
5. Quritish tsexida qayta ishlanayotgan chigitli paxtaning sifatini nazorat qilish.
6. Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonasida tayyorlangan mahsulotning sifatini nazorat qilish.
7. Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonasida qayta ishlangan paxta tolasi, momiq va tola chiqindilarining sifatini nazorat qilish.
8. Tayyorlov maskanlari va korxonadagi chigitli paxta va tayyor mahsulotlarning sifatini yaxshilash bo’yicha rejalar ishlab chiqish va uni tadbiq etilishini nazorat qilish.
9. Tayyorlov maskanlaridagi laboratoriyalariga rahbarlik va ish faoliyatini nazorat qilish.
10.Texnologik uskunalarning holatini tekshirish, chigitli paxtani qayta ishlashdagi texnologik rejimda ish yuritilishini nazorat qilish.
11.Texnik shartlar, uslubiy qo’llanma va yangi standartlarni tadbiq etish bilan bog’liq reja va ishlarni o’z vaqtida tayyorlash va o’tkazilishini nazorat qilish.
12.Standart talablariga javob bermaydigan mahsulotning ishlab chiqarish sabablarini tahlil qilish va ularni bartaraf etilishini nazoratga olish.
CHigitli paxtani to’g’ri qabul qilish, to’g’ri saqlash va undan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni amalga oshirishda TNBmi quyidagi majburiyatlarni amal qiladi va bajaradi:
a). Korxonadagi TNB chigitli paxtaning barcha to’dasidagi tolalar navini baholaydi;
b). Sifat ko’rsatkichlari bo’yicha olingan natijalarni TNB tayyorlash bo’limiga qaydnomalarni tuzish uchun olib boradi;
v). TNB tayyorlov punkitidan korxonaga olib kelingan chigitli paxtani qabul qilishni nazorat qiladi, uning namligi va ifloslanish darajasini aniqlaydi;
g). TNB korxonada saqlanayotgan har bir to’daning sifat ko’rsatkichlarini va miqdorini belgilangan shakl asosida yozib boradi;
TNB korxonadagi ta’mirlashdan chiqqan har bir asbob-uskunaning ishlash jarayonini nazorat qilishda ishtirok etadi:
a). TNB o’z vaqtida ishlab chiqarish topshiriqlarini yozib oladi va bajaradi;
b). TNB texnologik jarayonlarning to’g’ri ishlashini nazorat qilib boradi;
v). TNB to’dadagi paxtaning namligi standart ko’rsatkichlaridan yuqori bo’lsa, unda qo’shimcha ravishda quritish ishlarini olib borishda ishtirok etadi;
g). TNB chigitli paxtani quritish, tozalash va jinlash vaqtida laboratoriyaning ishlab chiqarish topshiriqlariga asosan ishlashini doimo nazorat qilib boradi. SHulardan:
- quritish uskunalarining uzluksiz ishlashini nazorat qilish;
- tozalash uskunalarining uzluksiz ishlashini nazorat qilish;
- tozalash jarayonida yuqori navlarni ikki marotaba, pastki navlarni esa uch marotaba tozalanishini kuzatib, nazorat qilib boradi;
- jinlash uskunasining ishlashini tekshirib boradi;
- bir smenadagi paxta tolasining tarkibidagi nuqson va iflosliklar miqdorini nazorat qilib boradi;
- chiqindilar miqdorini va sifatini uzluksiz nazorat qiladi;
- momiqning miqdori va sifatini uzluksiz nazorat qiladi;
- paxtani jinlash va linterlash vaqtida chigit nuqsonlarini nazorat qiladi.
d). TNB toy og’irligi va o’lchamlarini nazorat qiladi;
e). Tahlil natijalari va tehnologik jarayondagi kamchiliklar to’g’ristda ma’lumotlarni TNB bosh muhandisiga yetkazib turadi.
Tayyor mahsulotlar sifatini baholashda TNB namunalar bo’yicha sifat ko’rsatkichini sistematik ravishda baholab boradi. Ishlab chiqarilgan paxta tolasining quyidagi sifat ko’rsatkichlari aniqlanadi:
- tola mustaxkamligi va chiziqli zichligi xamda pishib yetilganligi;
- tolaning uzunlik ko’rsatkichlari;
- tolaning namligi, nuqson va chiqindilar miqdori;
Momiqning to’dasi bo’yicha quyidagi sifat ko’rsatkichlari aniqlanadi:
- momiqning navi, namligi, uzunligi va nuqsonlari.
CHigit to’dasi bo’yicha quyidagi sifat ko’rsatkichlari aniqlanadi:
- navi, namligi, tukdorligi.
Tolali nuqsonlar to’dasi bo’yicha quyidagi ko’rsatkichlari aniqlanadi:
- o’lik tolalar bo’yicha namligi, tolali miqdori va nuqsonlari;
- momiq bo’yicha guruhi va namligi.
Korxonadan jo’natilayotgan tola, paxta momig’i, chigit va nuqsonlarning belgilangan sifat ko’rsatkichlvri bo’yicha TNB sertifikatiga to’ldiradi.