O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti


Korxonaning yer maydonini tanlash va asoslash



Download 130,87 Kb.
bet2/9
Sana06.07.2022
Hajmi130,87 Kb.
#749533
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish. Gulbog\'

Korxonaning yer maydonini tanlash va asoslash
Namangan viloyatida joylashgan, Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonasi joylashgan paxta punkitining sinov laboratoriyasini loyixalashda, ularni joylashtirish va jixozlashda yer maydonini tanlash, loyixani muvofaqiyatli amalga oshirishda birinchi zamin hisoblanadi. Bunda, yil davomida shamol yo’nalishi eng ko’p bo’ladigan tomonda axoli yashamasligi, chang va momiq qoldiqlari dala tomonga uchib ketishini ta’minlash zarur. Shu munosabat bilan, shamol guldastasi bo’yicha bino va inshootlarni joylashtiriladi va korxonaning bosh plani ishlab chiqiladi. Bunda, yong’in xavfsizligiga va mehnat xavfsizligiga ham katta ahamiyab berish lozim, chunki chigitli paxta va uning mahsulotlari yong’inga xavfli hisoblanadi. Ayniqsa paxtani g’aramlarga joylash va ularning oralig’lari, quritish- tozalash tsexlarini ketma-ketligidagi oraliq masofalar me’yor darajasida bo’lishi lozim. Ushbu maskanni loyixalashda, hom-ashyo bilan ta’minlanishi, material-texnik zaxiralarining yetarli bo’lishi, ishchi kuchi bilan ta’minlanishi imkoniyatlari mavjudligini, eektr energiyasi va gaz yoki yoqilg’i bilan ta’minlanishi qoniqarli darajada ekanligi inobatga olindi. Ayniqsa sinov laboratoriyasining oynalik tarafini kunduzgi yorug’likdan to’liq foydalanish mumkin bo’lgan holatda joylashtiriladi. SHu bilan bir qatorda, ushbu korxonada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va ishlab-chiqarishga qo’llash imkoniyatlariga ega ekanligini ham takidlab o’tish darkor. Sinov laboratoriyasini loyixalashda texnologik laboratoriya maxsulot ishlab chiqarish tsexiga yaqin bo’lishi, priborlarni oraliq masofalari standart talablariga javob berishi va laborantlarni ish bajarishlarida barcha sharoitlar yetarli bo’lishi zarur.
Sinov laboratoriyasining vazifasi.
Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonasining, texnik nazorat bo’limiga qarashli sinov laboratoriyasi asosan quyidagilardan tashkil topgan:

  • paxta qabul qilish maskanlaridagi sinov laboratoriyasi;

  • hom-ashyo va paxta tolasini sinash laboratoriyasi;

  • momiq, chigit va boshqa maxsulotlarni sinash laboratoriyasi;

  • ishlab-chiqarishni nazorat qilish laboratoriyasi;

  • mahsulotni sifat bilan boshqarish, standartlashtirish va metrologiya laboratoriyasi.

Gulbog’ paxtani dastlabki ishlash korxonasi jami 50 000 tonna chigitli paxtani qabul qiladi, jumladan, 9 995 tonna tola, 13 582 tonna chigit, 446 tonna momiq, 186 tonna ulyuk, 4 596 gard ishlab chiqariladi. Qabul qilingan chigitli paxtaning xajmiga qarab sinov laboratoriyasining masuliyati oshib boradi va vazifasi ko’payati. Korxona tashqarisida joylashgan paxta maskanidagi sinov laboratorisini vazifasi quydagilar kiradi: paxtani respublika standartlari talablariga rioya qilgan holda sifatini nazorat qilish va o’z vaqtida beto’xtov qabul qilib olish, qabul qilingan paxtani selektsion va sanoat navlari, sinflari bo’yicha bir xil to’dalarga jamlash va g’aramlangan paxta sifatini nazorat qilish, urug’li chigit uchun keltirilgan paxtani reproduktsiyalar va dala guruhlari bo’yicha nazorat o’tkazish hamda alohida to’dalarga ajratib g’aramlash, g’aramlarda chigitli paxtani saqlanishini nazorat qilish, quritish va tozalash tsexining unumli va sifatli mahsulot ishlab chiqarilishida nazoratni o’rnatish, sinov natijalarini tahlil qilish, me’yorlar bo’yicha xisob-kitob ishlarini bajaradi va x.k. kiradi.
Hom-ashyo va paxta tolasini sinash laboratoriyasi, chigitli paxta va paxta tolasini chiqishi, uning sifat ko’rsatkichlarini aniqlash, texnologik jarayonni unumli va sifatli mahsulot ishlab chiqarishdagi texnologik reglament asosida ishlashini nazorat qilish va tayyor maxsulotlarni standarlarga asosan sifatini nazorat qilishni tashkil etiadi.
Momiq, chigit va boshqa mahsulotlarni sinash laboratoriyasi, jinlashdan keyingi texnologik jarayonni belgilangan rejimda ishlashini ta’minlash va momiq. chigitlarning sifatini nazorat qilish ishlarini amalga oshiradi.
Ishlab-chiqarishni nazorat qilish laboratoriyasi, texnologik jarayonni belgilangan rejim, ko’rsatkichlarga rioya qilishi va ularni bir maromda ishlashini, alohida o’timlar bo’yicha xomaki mahsulotning xosslarini sinash ishlarini bajaradi.
Mahsulotni sifat bilan boshqarish, standartlashtirish va metrologiya laboratoriyasi, olingan mahsulotni sifati bo’yicha tahlil qilib, uning sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash, yangi texnologik jarayonlarda uning ishlash rejimlarini tanlash, sozlash ishlarini bajaradi. Standartlashtirish bo’limi qattiy reglametlar asosida ishlashni va me’yoriy xujjatlarga rioya etilishini nazorat qiladi. Metrologiya bo’limi priborlarni sozlash, unumli, buzilmasdan ishlashini ta’minlash va xatoliklarga yo’l qo’ymasdan ish bajarishini nazorat qiladi.



Download 130,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish