O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi



Download 3,57 Mb.
bet70/76
Sana01.07.2022
Hajmi3,57 Mb.
#722177
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   76
Bog'liq
Eng yangi Nargiza Asqarova

Yangi oʻquv materialini mustahkamlash
2.8Yangi oʻquv materialini oʻzlashtirish darajasini tekshirish boʻyicha tezkor soʻrov oʻtkazadi
2.9. Darsda oʻzlashtirgan bilimlarini tekshirish maqsadida boshlangʻish nazorat olinadi

Tinglaydi, yozib oladi
Yozib oladi
Diqqat qiladi
Savollarga javob beradi

Kuzatadi, ma’lumotlarni daftarga qayd qiladi


Savollarga javob beradi,


test topshirigʻini bajaradi

3-bosqich: Yakuniy qism.
10 daqiqa

Mashgʻulotni yakunlash

    1. Mavzu yakunlanadi, bajarilgan ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida muhim ahamiyatga ega

ekanligiga oʻquvchilar e’tiborini qaratadi
Uyga vazifa berilishi

    1. Nazorat savollariga javob qaytarish

Diqqat qiladi

Topshiriqni yozadi


        1. ilova


Baholash mezoni va ko’rsatkichlari


t/r

Nazariy bilimlarni baholash

ball

1

Savollarga to'liq javob berish, misol dalil keltiradi, Mavzu haqida to’liq ma’lumotlarni keltiradi, yangi ma’lumotlarni amaliyotda qo’llay oladi

5



2

Savollarga noto'liq javob beradi, mavzu haqida tushunchalarini to’liq bayon eta olmaydi



4



3

Savollarga qisman javob beradi, yangi va o’tilgan mavzular bo’yicha qisman bilimga ega



3



4

Savollarga umuman javob bera olmaydi, yangi mavzu va o’tilgan mavzular yuzasidan bilimga ega emas.



2
        1. ilova


Kichik guruhlarda ishlash qoidasi



1

Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmog’i kerak

2

Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim

3

Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi

4

Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur.

5

Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, ishlab chiqarish ta’limi ustasi ularga yo’riqnoma berishi lozim.

6

Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, bajargan ishini erkin namoyon etish



Fan bo'yicha o'quvchilarni o'zlashtirish, baholash mezonlari


3-ilova



Baholash mezonlari

Baholar

“5” – a’lo

“4” - yaxshi

“3” - qoniqarli

“2” - qoniqarsiz

1.

Nazariy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi













2.

Amaliy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi













3.

Joriy nazorat
natijalari













4.

O’rtacha bahosi
















9-mavzu: Retsepturada kimyoviy elemenlar.Kislotalar. Oksidlar. Tuzlar.


Reja:

  1. Kimyoviy moddalar ni lotincha nomlanishini;

  2. Kislota ni lotincha nomlanishini;

  3. Tuzlar ni lotincha nomlanishini;

  4. Oksidlarni lotincha nomlanishini;

Kimyoviy moddalarning lotincha nomlanishi lotin tilida kimyoviy moddalarni lotincha nomini bilish ham muhirrl ahamiyatga ega, chunki aksariyat ko'pchilik dori vositalarini kimyoviy moddalar va birikmalar tashkil etadi.


Shuning uchun ham kimyoviy moddalar nomi o'rganiladi. Aksariyatko'pchilik kimyoviy moddalar II turlanish neutrum rodiga tegishli bo'iib ularNom. Sing - da - um, Gen. Sing - i qo'shimchasiga egadir.
Masalan: Aluminium, i, n - alyuminiy
Magnium i, n - magniy
Bromium i, n - brom va hokazolar.
Kimyoviy moddalardan, fosfor-phosphorus II turlanish Masculinum. Oltingugurt - sulfur esa III turlanish neutrum rodiga kiradi.
Tibbiyotda kimyoviy moddalardan ko'p dorilar: kislotalar, tuzlar, oksidlar, ko'rinishida ishlatiladi. Shuning uchun ham ularni nomini to'g’ri yoza bilishi kerak.


Kislotalar. Kislotalar nomi acidum (kislota) ot va moslashgan sifatlardan hosil qilinadi. Masalan: acidum lacticum - sut kislota acidum; Boricum - borat kislota.

Ayrim hollarda moddalar ikkita kislota hosil qilishi mumkin, bu vaqtda tarkibida kislorod miqdori ko'p bo'lgan kislotalarni - ic qo'shimchali sifat yordamida hosil qilinadi.


Masalan: Acidum nitricum - azot kislotasi

Tarkibida kislorod miqdori kam bo'lgan kislotalar nomi - os qo'shimchali sifat yordamida hosil qilinadi.


Masalan: Acidum sulfurosum - oltingugurtli kislota

Tarkibida kislorod tutmaydigan kislotalar esa - hydro - old qo'shimcha va - icum suffikslari bilan hosil qilinadi. Masalan: Acidum hydrochloricum - vodorod xlorid kislota.


Kislorodsiz kislotalarni organik asoslar bilan hosil qilgan birikmalari hydro - old qo'shimcha va - "id" suffiksi bilan hosil qilinadi. 


Masalan: Papaverini hydrochloridum Nom. Sing Papaverini hydrochloridi - Gen. Sing.


Oksid va tuzlar nomlanishi.Oksid va tuzlar ikkita otdan tashkil topadi. Birinchisi modda nomi Gen. Slngda. Ikkinchisi chala oksid nomi, oxydulatus, a, urn sifati ham Nom. Sing - da bo'ladi.Masalan: Nitrogenium oxydulatus - azotning chala oksidi.

Tibbiyotda juda ko'p tuzlar davo sifatida qo'llaniladi.


Masalan: Natriy xlorid tuzi, kaltsiy xlorid, kaliy xlorid va hokazolar.

Tuzlar kation va aniondan tarkib topib ularni nomini to'g'ri ifodalay bilish kerak. Tuzlarni nomlanishida kation birinchi o'ringa qo'yilib Gen. Sing - da, anion esa kationdan keyin Nom. Sing. - da yoziladi. Tuzlarni nomini tarjima qilishda o'zbekcha va lotincha so'z yasovchi qo'shimchalarni (suffikslarini).





Lotincha. suffikslar

O'zbekcha suffikslar

Nom. - idum. Gen - i
Nom. - is. Gen - itis
Nom. - as. Gen - atis

-id- Natriy sulfid
-it- Natriy sulfit
-at- Natriy sulfat



Masalan: Natrii sulfidum - Nom. Sing. (Na2S)
Natrii sulfidi - Gen. Sing. (Na2S)
Natrii sulfis - Nom. Sing. (Na2S02)
Natrii sulfitis - Gen. Sing.
Natrii sulfas - Nom. Sing. (Na2S04)
Natrii sulfatis - Gen. Sing.


Anionlar - is, as, III turlanish masculinum idum esa II turlanish neutrum rodiga kiradi.
Asosli tuzlar nomi. Asosli tuzlar nomi esa old qo'shimcha yordamida hosil qilinadi. "sub" - old qo'shimcha tuzni asosli ekanligini bildiradi.
Masalan: Vismut nitratni asosli tuzi
Bismuthi subnitras - Nom. Sing
Bismuthi subnitratis - Gen. Sing va boshqalar .


Quyidagi tuzlarni o'zbek tiliga tarjima qiling!
Calcii chloras –
Kaltsiy xlorat Kalii acetas –
Natrii arsenis –
Zinci sulfas –
Natrii nitris –
Natrii fluoridum –
Hydrargyiri cianidum –
Magnii sulfas -

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish