Yosh tarbiyachilarga metodik yordam.
Yosh tarbiyachining dastlabki ish kunlari eng og‘ir ish kunlar hisoblanadi.
Bolalarda ularning yangi tarbiyachilari qanday ilk taassurot uyg‘otishi ham katta
ahamiyatga egadir. Agarda u ikkilansa, qat’iyatsizlik ko‘rsatsa, kichkintoylar
oldida muvaffaqiyatsizlikka duch kelishdan cho‘chisa, bolalar buni tezda anglab
oladilar va ularni boshqarish oson bo‘lmaydi, «guruhni eplolmaydi» deyishadi,
bunday tarbiyachi haqida. Yosh mutaxassis o‘z muvaffaqiyatsizliklaridan chuqur
tashvishga tushadi, hatto o‘zining kasbiga yaroqliligiga gumonsiraydi. Yosh
152
tarbiyachilarga yordamni qanday uyushtirish kerak? Eng avvalo, uni tajribali,
bilimdon, bolalarii va o‘z ishini sevadigan pedagog ishlaydigan guruhga yo‘llash
kerak. Eng yaxshi yordam pedagogga bolalar bilan qanday ishlash kerakligini
ko‘rsatishdir. Hech qanday maslahat, gapirib berish, tushuntirishlar ko‘rsatishdek
yordam bermaydi.
Mana, yosh tarbiyachi bolalarning mustaqil faoliyatlarini uyushtira
bilmayapti. Bolalar nima bilan shug‘ullanishni bilmaydilar, pedagog esa guruhda
intizomni, tartibni o‘rnata olmaydi. Katta tarbiyachi yoki MTTning mudiri
bolalarning bunday xatti-harakatlari sababini aniqlaydi: agarda bolalar
bekorchilikdan to‘polon qilayotgan bo‘lsalar, unda darhol ularga ma’qul keladigan
mashg‘ulotlarni topish haqida o‘ylash kerak bo‘ladi.
Bunday vaziyatlarda katta tarbiyachi tarbiyachiga bolalarning xilma-xil
faoliyatiga mos keluvchi sharoitlarni qanday tashkil qilishni, bolalarni turli xil
o‘yinlar, ta`limiy faoliyatlarga jalb qilishni ko‘rsatadi. Ustalik bilan, bolalarning
fikrlarini buzmay, bolalarga individual yondashuvni amalga oshirishga yordam
beradi, qiynalayotgan va ishini yarim yo‘lda tashlab ketmoqchi bo‘lganlarga
maslahatlar beradi, tushuntiradi, ko‘maklashadi, bolalarga o‘z faoliyatlarini hamma
narsani oldindan tayyorlab, qo‘shib uyushtirishni o‘rgatadi; o‘yin uchun sherik
topishda yordamlashadi. Bunday ko‘rgazmali misol tarbiyachiga bolalarning
faoliyatlarini to‘g‘ri uyushtirishda yordam beradi.
Har bir yosh mutaxassis ishni endi boshlayotgan paytda yosh tarbiyachi
konsultatsiyalar olib turishi uchun unga murabbiy sifatida tajribaliroq va obro‘liroq
tarbiyachini biriktirish lozim.
Yosh mutaxassisning kasb mahoratini egallab olishi osonlik bilan bo‘lmaydi.
Mana shuning uchun ham yosh pedagogni ishning ilg‘or metodlari va usullarini
egallashga, o‘z bilimlarini doimo to‘ldirib borishga, erishilgailar bilan chetlanmay,
tarbiya sirlarini
egallash ishtiyoqini singdirishga yo‘llash katta tarbiyachining
vazifasi hisoblanadi.
Dastlabki kundan boshlab katta tarbiyachi yosh pedagogga bolalarni diqqat
bilan kuzatishni, ularning fikrlariga quloq solishni, xatti - harakatlarini o‘rganishni
153
o‘rgatadi. Har bir bolaning kimligini, qandayligini, uni nimalar qiziqtirishini,
nimalar bilan yashashi, nimalar quvontirishi, tengqurlarinig unga qanday
munosabatda bo‘lishini bilgan taqdirdagina har bir bolannng qalbiga yo‘l topish
mumkinligi hammaga ma’lum. Pedagogning, unda kasb mahoratinig shakllanishi
tarbiyachi bolani, uning xususiyatlarini, xatti-harakatlarining sabablarini tushuna
bilganda, har bir bolaga e`tiborli va sezgir bo‘lganda, xayrixohlik bildirib,
ko‘nglini ko‘tarib, erkalata olganda, guruhdagi bolalar o‘zlarini uylaridagidek his
qiladigan vaziyatni yarata olishidan boshlanadi.
Yosh mutaxassisni iliqlik bilan kutib olish va o‘z jamoasiga qabul qilish,
uning kasbga «kirishida» va unga mehr qo‘yishida yordamlashish muhimdir.
Ayrim yosh tarbiyachilarning ishdan hafsalasi pir bo‘lishi va qoniqmasliklari
haqidagi mavjud faktlarga ba’zan to‘liq darajada ma’muriyat va birinchi navbatda,
katta tarbiyachi sababchi bo‘ladi. Tarbiyachi, ayniqsa yosh tarbiyachi mehnatining
o‘z vaqtida, adolatli baholanshiga ehtiyoj sezadi. Biz ko‘pincha tarbiyachining
ishini faqat tashqi belgilariga ko‘ra baholaymiz. Guruhda osoyishtalikmi —
demak, hammasi joyida. Buning ortida nima bor? Asosiy maqsad tashqi intizom
emas, balki pedagog bolalarni xushmuomala qilib tarbiyalay olgan-olmaganligi,
atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni o‘rgatgan-o‘rgatmaganligi,
bolalarning yordamga muhtoj o‘rtoqlariga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishni bilish-
bilmasliklarida emasmi?
Maqtov kayfiyatni ko‘taradi, faoliyatni rag‘batlantiradi, ishga qiziqishini
oshiradi.
Tarbiyachi shaxsidagi ijobiylikka tayanish asosida unga qo‘yiladigan yuksak
talabchanlik bilan birgalikda amalga oshiriladigan jamoalarda yaxshi an’analar,
yuksak ma’suliyat ruhi, do‘stona o‘zaro yordam, ijodiy tashabbuskorlik yashaydi.
Bunday sharoitlarda ishni endi boshlayotgan tarbiyachi pedagoglar jamoasiga tez
va osonlik bilan singib ketadi.
Kasbga oid sifatlar ko‘p jihatdan tarbiyachining o‘ziga xosligi, xarakteri va
temperamentining xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Pedagoglik faoliyatiga ma’lum
154
irsiy moyilliklari bo‘lgan talantli kishigina chinakam va omilkor tarbiyachi bo‘lishi
mumkin degan fikrlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |