O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/238
Sana28.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#712739
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   238
Bog'liq
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Pomidorsimon sabzavotlar 
Pomidorsimon sabzavotlarga pomidor, qalampir, boyimjon kiradi. Bular issiqqa, 
namlikka va tuproqdagi oziq moddalarga talabchan janubiy ekin hisoblanadi. 
Pomidor
. Eng muhim va qimmatli sabzavot ekinlaridan biri hisoblanadi. Pomidorning 
vatani Janubiy Amerika hisoblanadi. Respublikamizda sabzavot ekinlari orasida maydoni va 
yalpi hosili bo’yicha birinchi o’rinda turadi. 
Pishgan pomidor nihoyatda lazzatliligi, parhezligi bilan ajralib turadi. Tarkibida turli 
vitaminlar, mineral tuzlar, organik kislotalar va uglevodlar bor. O’rta hisobda pomidorning 
kimyoviy tarkibi quyidagicha (%): qand – 4,5-5,0, oqsil – 0,95-1,0, yog’lar – 0,2-0,3, stellyuloza 
– 0,8-0,9, kul – 0,6, organik kislotalar – 0,5-0,6. Bundan tashqari pomidor tarkibida mineral 
moddalardan kaliy, natriy, magniy, fosfor, temir tuzlari va vitaminlar (S, V
1
, V
2
, RR, karotin) 
bor. Qizil pomidorning rangi likopin pigmenti, sarig’ining rangi esa karotin va ksantofill 
pigmentlari borligidan dalolat beradi. Lekin, pomidor mevasining tarkibi o’zgaruvchan bo’lib, u 
ekin naviga, mevalarning pishish darajasiga, hosilni yig’ish muddatiga, o’stirish agrotexnikasi va 
boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. 
Pomidor ho’l sabzavot sifatida iste’mol qilinadi, shuningdek, pomidor sharbatini qaynatib 
tomat pyure, tomat-pasta, tomat sharbati mahsulotlari olinadi. 
Pomidor navlari shakliga qarab olchasimon, noksimon, uzunchon, olho’risimon, yapasqi 
holatlarda bo’lib, yuzasi esa silliq, qirrali bo’lishi mumkin. Urug’donlari qanchaligiga qarab 
pomidorlar urug’doni kam va urug’doni ko’p bo’ladi. 
O’zbekistonda ekiladigan asosiy pomidor navlariga Talalixin-186, Temno-krasnыy-2077, 
Maykopskiy, Vostok-36, Volgogradskiy-595, Progressivnыy, Yusupov navlari kiradi. 
Pomidorlar qaysi maqsadda foydalanishiga qarab yangiligida ovqatga to’g’ridan-to’g’ri 
ishlatiladigan, butun holatda konservalashga va tuzlashga mo’ljallangan turlariga bo’linadi. Bu 
uchchala turiga ham qo’yiladigan talablar GOST 1725-85 standartida keltirilgan. Bu standart 
talabi bo’yicha pomidor yangi, butun, toza, sog’lom, kasalliklarga chalinmagan, pishib o’tib 
ketmagan, oftob urmagan, mexanik shikastlanmagan, boldoqsiz, shakli esa aynan shu botanik 
navga mos bo’lishi kerak. 


24 
Hidi va ta’mi o’ziga xos, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo’lishi talab etiladi. 
Pomidorlarning sifatini baholashda qayd etiladigan ko’rsatkichlardan biri ularning pishganlik 
darajasi hisoblanadi. Standart talabi bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri iste’molga mo’ljallangan 
pomidorlar yaxshi pishib etilgan, qizil yoki pushti rangda bo’lishi kerak. 
Pomidorlar uchun ham muhim ko’rsatkichlardan yana biri pomidor katta ko’ndalang 
kesimining diametri hisoblanadi. Bu ko’rsatkich tabiiy sharoitda etishtiriladigan pomidorlarning 
hamma navlari uchun 4 sm dan, uzunchoqsimon, mayda pomidor navlari uchun esa 3,0 sm dan 
kam bo’lmasligi kerak. Pomidorlar massasida o’lchamlar bo’yicha standart talabiga javob 
bermaydigan pomidorlar miqdori 5% dan ko’p bo’lmasligi standartda ko’rsatib qo’yilgan. 
Shuningdek, pomidorlarni iste’molchilarga sotish jarayonida yoriqlari bitmagan, ko’m-ko’k, 
ezilgan, chirigan, kasalliklarga chalingan, qishloq xo’jalik zararkunandalari bilan zararlangan
so’lib qolgan, muzlagan, ezilib pishib ketgan pomidorlar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. 
Shuningdek, standart talabi bo’yicha pomidor mevasiga yopishib qolgan qum, tuproqlar 
bo’lishiga ham yo’l qo’yilmaydi. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish