74
Nam-issiqlik bilan ishlov berish k iyim detallariga
va tayyor buyumlarga
muayyan shakl berish va u ni xaridorgir (tovar) ko‘rinishli qilish uchun kerak. Nam-
issiqlik bilan ishlov berish operatsiyalari juda xilma-xil. Turli choklarni yorib
dazmollash va bukib dazmollash, Yarim tayyor maxsulotlar cheti ni (cho‘ntaklar,
xlyastiklar va hokazo chetini) bukish, kiyim detallari
ezilgan joylarini dazmollash,
kirishtirib dazmollashning turli xillari (pidjaklar, paltolar old bo‘la gini, bort qotirmasini
kirishtirib dazmollash) va hokazo nam-issiqlik bilan ishlov berish operat siyalariga
kiradi.
Nam-issiqlik bilan ishlo v berish vaqtida materialni namlash,
qizit ish,
kerakligicha deformatsiyalash kerak, keyin esa quritiladi va materialni sovitishga
qo‘yiladi. Demak,
materialning qanchalik namligi, uning qizitilish temperaturasi, bosim,
ishlashning va nam so‘rilishining davomiyligi nam-issiqlik bilan ishlov berish natijalarini
ko‘rsatadigan asosiy omillar hisoblanadi.
Ana shu ko‘rsatkichlarning eng muvofiq qiymatlarini
tanlab olish nam-issiqlik
bilan ishlov berishning ratsional rejimini belgilaydi. Turli tolalardan to‘qilgan
materiallar uchun nam-issiqlik bilan ishlov berish rejimlari ham turlicha bo‘ladi.
Nam-issiqlik b ilan ishlov berish operatsiyalar i
Tikuvchilik ishlab chiqarishida nam-issiqlik bilan ishlov berishning uch turi
ishlatiladi: dazmollash, presslash va bug‘lash.
Dazmolning ish qismini namlangan Yarim tayyor maxsulot ustida 14700Pa
gacha bosim bilan birii-ketin surib nam-issiqlik bilan shilov berish dazmollash deb
ataladi. Dazmollash uchun qo‘l dazmo llari va mexanizatsiyalashgai
dazmo llar,
dazmol stollari ishlat iladi. Ishlov berishning ratsional rejimiga rioya qilish qiyinligini
va mexnat unumdorligi kamligi dazmollashning kamchiliklari hisoblanadi.
Presslashda Yarim tayyor maxsulot bug‘lanadi, prsss yostiqchalarida muayyan
bosim
hosil qilinadi, namlik so‘riladi. Berilgan parametrlarni ta‘minlash uchun kerakli
presslash vaqti 60 sekundgacha bo‘ladi. Yarim tayyor maxsulotlar va buyumlar xilma-xil
konstruktsiyali presslarda presslanadi.
Bug‘lashda material tolalarida oldingi ishlovlar natijasida hosil bo‘lgan kuchlanish
yo‘qotiladi shuningdek ba‘zi bir yaltirab qolgan joylar (yaltiroq dog‘lar) yo‘qotiladi. Bug‘lash
buyumga ishlov beriladigan joylarga bug‘ oqimini yuborish yo‘li bilan bajariladi. Bug‘lash uchun
bug‘lagichlar, bug‘li havo manekenlari, maxsus bug‘ qurilmalari ishlatiladi.
Nazorat savollari:
1.
Nam-issiqlik bilan ishlov berishning vazifalari.
2.
Nam-iss iq lik b ilan ishlo v ber ish
operats iya lar i
3.
Dazmollash uskunalarining vazifasi.
4.
Dazmollovchining ish o‘rni
Do'stlaringiz bilan baham: