182
oldi) tuzilgan-transfarmatsiyalashgan gaplarni, ya‘ni muayyan sintaktik model (masalan, ot+fe‘l)
asosida
yaratilgan
qator
gaplarni
o`rganish,
tranfaratsiyalanish
mexanizmini,
tranfarmatsiyalarning hosil bo`lish qoidalarini oishdir.
Aytish mumkinki, transfarmatsion tahlil metodining asosiy maqsadi nutqimizda voqe
bo`ladigan turlicha gaplarning asosida yadro vazifasini bajaruvchi
asos gaplar mavjudligini,
ushbu gaplar esa mana shu yadro gaplardan kelib chiqqanligini, tashkil topganligini, ularning
o`zaro semantik-grammatik munosabatlarini aniqlash vazifasini bajradi. Demak, transfarmatsion
tahlilda faqat transformatsiyalashgan (o`zgarishga uchragan) gaplar emas, balki ushbu gaplarga
asos bo`lgan
yadro gaplar aniqlanadi, u o`z asosida kelib chiqqan «yangi» gaplar bilan
qiyoslanadi, umumiy va xususiy jihatlari belgilanadi.
Xullas, transfarmatsion tahlil metodi til sistemasi sintaktik sathning, uning qator ichki
mikrosistemalarini tadqiq qiladi. Ushbu mikrosistemalardan biri asosiy, yadro gaplar bo`lib,
boshqalari esa mazkur gaplardan hosil bo`lgan transfarmalar hisoblanadi.
Mana shu
transformalarning yadro gaplardan hosil bo`lishini o`rganish jarayoni transfarmatsion tahlil
jarayoni transfarmatsion tahlil deyiladi. Transfarmatsion tahlil metodining asosiy vazifasi
muayyan tilda (rus, o`zbek, nemis, ingliz va b.) mavjud bo`lgan yadro gaplarni aniqlash, uning
sintaktik sistemadagi mohiyati, tabiati, muayyan maqsadga ko`ra
turlicha shakllarda namoyon
bo`lish imkoniyatlarini ochishdir .
Ma‘lum bo`ldiki, transformatsion tahlil metodida markaziy, yadroviy birlik, sintaktik
qurilma aniqlanib (yoki tanlanib), ushbu qurilmadan boshqa ma‘no (mazmun) va vazifaga ega
qurilmalarning hosil bo`lish chizmalari (sxemalari) masalan, ko`chirma
gapli qurilmalardan
o`zlashtirma gapli qurilma hosil qilish chizmasi aniq belgilanadi, kodlashtirib modellashtiriladi.
Bu tahlil metodi mashina tarjimasida, matnlarni avtomatik tahlil jarayonlarida keng qo`llaniladi.
Ko`p holda injener (kompyuter) lingvistikasi va matematik lingvistika bilan qorishib ketadi.
SHunday qilib, distributiv tahlil metodi muayyan lisoniy birliklar: fonema, morfema,
so`zlarni, ularning qo`llanishini, joylashishini, o`rnini o`rgansa, bevosita tashkil etuvchilarga
ajrab tahlil qilish metodi esa, asosan, muayyan nutq birligining
- gap konstruksiyasining ichki,
juft holdagi birliklarining sintaktik munosabatlarini aniqlaydi. O`z navbatida transfarmatsion
tahlil metodi esa distributiv va bevosita tashkil etuvchilarga ajratib tahlil qilish metodlaridan
farqli holda na faqat fonema, morfema, so`z, gap kabi lisoniy birliklarni, ularning joylashishini,
balki sintaktik konstruksiyalarning (strukturalarning, qurilmalarning) boshqa sintaktik birliklar
(strukturalar, qurilmalar) bilan formal - semantik aloqasini,
munosabatini, o`xshashlik va farqli
jihatlarini tadqiq qiladi
2
. SHunga ko`ra transfarmatsion tahlil metodining qo`llanishi doirasi,
qo`llanish imkoniyatlari keng, chuqur bo`lib, u deskriptiv va bevosita tashkil etuvchilarga ajratib
tahlil qilish strukturasi tilshunoslik - struktural metodlarning mantiqiy va zaruriy davomi sifatida
jahon tilshunosligi amaliyotida keng qo`llaniladi, mustahkam o`rin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: