O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti umumiy tilshunoslik



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/218
Sana24.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#700919
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   218
Bog'liq
umumiy tilshunoslik

Komponent tahlil metodi
Umum tilshunoslikda (masalan, turkiy-o`zbek tilshunosligida) lisoniy birliklarni tadqiq 
qilishda faol qo`llanayotgan metodlardan biri komponent tahlil metodidir. Komponent tahlil 
metodi til birliklarini paradigmatik birlik sifatida, paradigmatik munosabatda, aloqada oladi
paradigmatik qatorda o`rganadi. 
Ushbu metodning o`ziga xos xususiyati shundaki, u, asosan, so`zga-so`z ma‘nosiga nisbatan 
qo`llaniladi, so`z ma‘nosini mukammal tahlil qilishda, uni tarkibiy qismlarga-komponentlarga 
ajratishda keng foydalaniladi. Demak, komponent tahlil metodi so`zning mazmun jihati bo`lgan 
ma‘noni (sememani) muayyan semantik sistema sifatida tekshirishda, ayni sisemani tashkil 
qiluvchi tarkibiy qismlarini, ma‘noviy bo`laklarni, ya‘ni semalarni anikdashda, ularning 
semantik sistemadagi - sememadagi mohiyatiga, o`rniga, ahamiyatiga, imkoniyatiga, o`ziga 
xosliklariga alohida e‘tibor beradi, ularni aniqlaydi, qo`llanish doirasini belgilaydi. 
Demak, so`z ma‘nosini komponent tahlil metodi orqali o`rganishda so`z ma‘nosi-semema 
mantiqan va zaruran muayyan bo`laklarga, komponentlarga ajralib ketadi. Anig‘i, so`z ma‘nosini 
shu ma‘noni - sememani tashkil qilgan ma‘noviy bo`laklarga ajratish jarayoni, ajratilgan 
bo`laklarning har birini alohida o`rganish, ularning so`z ma‘nosi tarkibidagi «quvvatini», nutqda 


183 
qanday vazifani bajarishi kabilarni o`rganish jarayoni komponent tahlil metodi asosida amalga 
oshadi. 
Eslatamiz, nazariy tilshunoslikda so`z ma‘nosini tashkil qiluvchilarga nisbatan sema termini 
faol qo`llaniladi. Demak, komponent tahlil metodining faollik ko`rsatadigan asosiy «quroli» 
sifatida sema termini xizmat qiladi. Sema sememaning tarkibiy qismi, butunning bo`lagidir. 
Sema va semema (yoki semalar va sememalar) o`zaro dialektik bog‘liq bo`lib, butun va bo`lak 
kategoriyasi nuqtai nazaridan baholanadi. 
Masalan, "qiz" leksemasining ikki sememasidan biri quyidagi tarkibiy qismlarga - semalarga 
ajratilishi mumkin: 
"SHaxs/inson" + "ayollik" + "yosh" + "er ko`rmagan". 
Ushbu leksemasining ikkinchi sememasi esa semalarga avvalgisidan farqli - boshqacha 
ajraladi. Qiyoslang: 
"inson" + ayol + qon-qarindosh - +bevosita + " 1 avlod+kichik" 
Leksik paradigmada semaning ikki asosi - differensial va integral turlari ajratiladi. Integral 
semalar asosida so`zlar ma‘lum bir paradigmaga birlashtiriladi. CHunonchi, o`g‘il-qiz so`zlari 
"inson+yosh" semalari asosida bir qatorga birlashadi va bu semalar bu holda integral sema 
mavqeida bo`ladi. Ayni paradigma uchun "ayollik" - "erkaklik" semalari differensialdir. Lekin 
xotin-qiz qatorida (sirasida) esa integral semalardan biri sifatida "ayollik", differensial sema 
sifatida esa "erli-ersizlik" semalari namoyon bo`ladi, yuzaga chiqadi. 
Sememani tahlil qilish, semalarni o`rganish, demak, semalar mohiyatini o`rganish, sememani 
o`rganishdir, sememaning semalar tarkibini belgilash, aniklashdir. 
SHunday qilib, so`z leksik ma‘nosi semema uni tashkil qiluvchi komponentlardan - 
semalardan tarkib topadi. Ma‘lum bo`ldiki, so`zning semantik tuzilishi (strukturasi) bevosita 
ma‘no (semema) bilan bog‘lanadi. CHunki semantik komponentga ega bo`lmagan ma‘no-
semema yo`q va bo`lishi ham mumkin emas. 
So`zning ma‘nosi, ma‘no tarkibi muayyan ma‘noviy bo`laklardan, tarkibiy qismlardan 
(semalardan) tashkil topadi. Bu tarkibiy qismlar so`z ma‘nosini shakllantirib, har bir ma‘noning 
alohida til «birligi» sifatida mavjudlikni ta‘minlaydi. So`z ma‘nosining tarkibiy qismlari nutkda 
muayyan xabar (darak) tashiydi. Demak, so`z ma‘nosining kichik tarkibiy qismlari o`zaro 
barqaror butunlik (sistema) munosabatida bo`lib, ma‘noning nutqiy «ifodasi» sifatida xizmat 
qiladi. 
Xullas, so`z ma‘nosini tarkibiy qismlarga ajratib o`rganish usuli-komponent tahlil metodi 
so`z ma‘nosini-uning tarkibini, tuzilishini aniqlashda eng asosiy va eng qulay, ob‘ektiv usul 
hisoblanadi. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish