104
ishlatiladi va konserva, konditer,
non tayyorlashda, shuningdek margarin, olif,
stearin, linoleum, lak, bo’yoq sanoatida, moylash materiali sifatida, meditsinada
foydalaniladi. Moyli ekinlarning urug’larini qayta ishlab moy olishda hosil bo’lgan
kunjara va shrot oqsilga boy (35-40 %) sifatli ozuqa. Ularning ko’pchiligi qimmatli
asal beruvchi o’simlik.
O’simlik moyi uch atomli spirt glitserin va yog’ kislotalarining murakkab efiri
hisoblanadi. Oqsil va uglevodlarga nisbatan yog’lar (o’simlik moyi) ko’p kaloriya
saqlaydi. 1 g o’simlik moyida 39,8 kJ, 1 g oqsilda 18,4-23, 1 g uglevodlarda 16,7-
17,6 kJ energiya saqlanadi.
Turli moyli ekinlarning urug’lari va mevalarida, yog’ miqdori turga, navga,
tuproq
iqlim sharoiti, qo’llanilgan agrotexnikaga bog’liq holda 25 dan 63 %
o’zgaradi.
Ko’pgina o’simlik moylari havodagi kislorodni biriktirib quriydi va qattiq
elastik massaga aylanadi. Yog’ning qurish xususiyati uning muhim sifat
ko’rsatkichlaridan biridir. Moy tarkibidagi to’yinmagan yog’ kislotalarini miqdori
yod soni bilan belgilanadi va 100 g moyga birikkai yodni gramm miqdori bilan
ifodalanadi. Yod soni qancha ko’p bo’lsa moyni qurish xususiyati shunchalik yuqori
bo’ladi. Hamma o’simlik moylari qurish darajasiga qarab uch guruhga bo’linadi:
-
Quriydigan (yod soni 130 ortiq) - asosan texnikaviy maqsadlar uchun
ishlatiladi. Zig’ir, perilla, lyallemantsiya moylari shu guruhga kiradi.
-
Yarim quriydigan (yod soni 95 dan 130 gacha) moylarga - soya, kunjut
maxsar,
kungaboqar, raps, xantal moylari kiradi. Ular asosan oziq-ovqat
maqsadlarida ishlatiladi.
-
Qurimaydigan (yod soni 95 dan kam) - moylarga yer yong’oq hamda,
kanakunjutlarniki kiradi.
Oziq-ovqat va texnikaviy moylarda erkin yog’ kislotalarining kam bo’lishi
uning sifatli ekanligini belgilaydi. Erkin kislotalar miqdori moydagi kislota soni
bilan belgilanadi va. 1 g moydagi erkin kislotani neytrallash uchun sarflangan
o’yuvchi kaliyni mg hisobidagi miqdori bilan aniqlanadi. Moyni kislotaligi
urug’ning pishganligi, hosilni yig’ishtirish sharoiti, saqlashga bog’liq.
Oziq-ovqatga ishlatiladigan moy o’tkir hidli bo’lmasligi va og’riq paydo
qilmasligi lozim. O’simlik moyini sovunlanishi 1 g moydagi erkin hamda glitserin
bilan bog’langan yog’ kislotalarini neytrallash uchun
sarflangan mg hisobidagi
o’yuvchi kaliy miqdori bilan aniqlanadi. Juda ko’p o’simlik moylari uchun
sovunlanish soni 170-200.
O’simlikda yog’lar asosan urug’da va mevalarda to’planadi. Urug’larni
pishishida erkin yog’ kislotalari ko’p hosil bo’ladi va ular keyinchalik glitserin bilan
birikadi. pishmagan urug’lar moyining kislotaligi yuqori. Issiq iqlim sharoitida
to’yingan yog’ kislotalar miqdori ko’p bo’lib moyda yod soni kam, salqin iqlimda
to’yinmagan yog’ kislotalari ko’p bo’ladi va yod soni ortadi. O’simlik moylari
orasida oziq-ovqat uchun foydalanishi va yalpi ishlab chiqarishi bo’yicha birinchi
o’rinda soya, ikkinchi kungaboqar, keyingi o’rinlarda yeryong’oq, paxta, raps,
zaytun, kunjut, makkajo’xori, maxsar moylari turadi.
105
Oziq-ovqatga dog’lanmagan (qizdirilmagan), tozalangan, salat o’simlik
moylarini ishlatish organizmda, xolesterin moddasini to’planishini oldini oladi, qon
tomirlarini elastik, terini mayin va nozik bo’lishini
tahminlaydi, ajinlar paydo
bo’lishini oldini oladi.
Norvegiya Miya instituti olimlari miya uzoq vaqt davomida faol va yosh
bo’lib qolishi uchun har kuni ikki osh qoshiq o’simlik yog’ini iste’mol qilish
kerakligini isbotladi. SHuningdek, o’simlik yog’lari A (teri, ko’rish qobiliyati va
immunitet uchun zarur bo’lgan) va E (antioksidant, infektsiyalardan himoya qiladi)
vitaminlariga boy. Quyida ehtiboringizga 7 ta eng foydali o’simlik yog’ini taqdim
etamiz:
Zaytun yog’i.
Ushbu yog’ning etiketkada ko’rsatiladigan
kislotalilik
darajasiga ehtibor qarating. U qanchalik past bo’lsa (0,8%gacha), yog’
shunchalik yuqori sifatli hisoblanadi. Zaytun yog’ini Qadimgi Yunonistonda “suyuq
oltin” deb atashgan. Unda olein kislotasi juda katta miqdorda mavjud. Zaytun
yog’i qizdirilganida kanserogenlarni deyarli hosil qilmaydi.
Kungaboqar yog’i.
Letsitin moddasining eng yaxshi manbai. Ushbu
moddabolaning asab tizimi shakllanishiga yordam beradi, katta yoshda esa aql
faolligi varavshanligini saqlaydi. SHuningdek, letsitin
anemiya va stresslarda
kuchlarnitiklashga yordam beradi.
Makkajo’xori yog’i.
U organizmdagi xolesterin almashinuvini juda
yaxshitartibga soladi. “Yomon” qattiq yog’larning parchalanishiga yordam
beradi. Makkajo’xori yog’ida fosfor hosilalari, yahni fosfatidlar bo’lib, ular miya
uchun juda foydali hisoblanadi. SHuningdek, ushbu yog’
tarkibidagi nikotin
kislotasi (PP vitamini) yurak-qon tomirlarining o’tkazish xususiyatini yaxshilaydi.
Xantal yog’i.
O’zining bakteritsid xususiyatlari sababli nimagaqo’shilgan
bo’lsa, o’sha mahsulotning uzoqroq saqlanishiga, yaralar va kuygan joylarning
tezroq bitib ketishiga yordam beradi. Xantal yog’i isituvchi va
yumshatuvchi xususiyatlarga ham ega bo’lib, bronxit va anginalar paytida u bilan
ingalyatsiyalar qilish foydali. Biroq bu yog’ni ovqatga ko’p ishlatib bo’lmaydi.
O’zining foydali xususiyatlariga qaramasdan, xantal yog’i tarkibida organizmdagi
ovqat hazm qilish fermentlari tomonidan parchalanmaydigan kislotalar mavjud.
Zig’ir yog’i.
O’simlik yog’lari orasida eng past kaloriyali bo’lib,ozish uchun
mo’ljallangan parhezlarda foydalaniladi. Jigardagi toksinlarni chiqarishga yordam
beradi. Tarkibidagi Omega-3 kislotasi miqdori bo’yicha baliq moyini ortda
qoldiradi. Zig’ir urug’ida nitratlarni (masalan, sotib olingan meva va
sabzavotlardagi) yo’q qiluvchi antioksidant mavjud.
Kunjut yog’i.
Tarkibidagi kalsiy moddasi bo’yicha yog’lar orasida chem’ion
hisoblanadi. Uni ayollar yog’i ham deyishadi. Ushbu yog’, ayniqsa, homiladorlik
davrida va gormonal o’zgarishlar paytida juda foydali. Qalqonsimon bez va podagra
(bo’g’imlardagi zararli tuzlarni chiqaradi) kasalliklarida
ahvolni yaxshilashga
yordam beradi. Ammo kunjut qonning quyilish xususiyatini kuchaytiradi. SHu bois
106
yurak kasalliklari va varikozga chalingan odamlar uni ehtiyotkorlik bilan iste’mol
qilishlari zarur.
Qovoq yog’i.
Rux moddasining ajoyib manbai. Ushbu modda esaerkaklarda
testosteron gormonining ishlab chiqilishiga yordam beradi. Qovoq yog’ini zaytun
yog’i bilan aralashtirib, salatlarga qo’shish mumkin. Biroq bu yog’da
qovurish tavsiya etilmaydi – ovqatingiz kuyib ketishi va undan yoqimsiz hid kelib
turishi mumkin. Bundan tashqari, qovoq yog’ida selen moddasi ko’p. Yilning sovuq
davrida u immunitetni oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: