O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/132
Sana13.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#665105
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   132
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Tog’olcha
rahnoguldoshlar oilasiga kiruvchi, daraxt yoki butalardan iborat 
bo’lib, bo’yi 2—6 

keladigan, tikanli, yosh novdalari tuksiz, jigar rang-qizil 
rangdadir. O’suvchi novdalardagi barglari kichik yoki yirik, kattaligi 4,5—5 
sm, 
eni 
1,8—2,1 
sm, 
ensiz ellipssimon, asosi ponasimon, tuksiz, o’tkir tishli, bahzan tishlari 
barg qirg’og’iga qarab qayrilgan bo’ladi. Gullarining diametri 2 
sm., 
mevalarining 
kattaligi 1—2 
sm, 
turli shakl va rangdadir. Danagi 0,9—1,0 
sm 
uzunlikda, 
tuxumsimon, silliq hamda burishgan bo’ladi. U mart-aprel oylarida gullaydi, mevasi 
iyun-iyul oylarida pishadi. Olcha Toshkent va Surxondaryo viloyatlari tog’li 
rayonlarining daryo sohillarida nam yetarli joylarda, soylarda, shimoliy yon 
bag’irlarida, bahzan toshli yerlarda ham uchraydi. Umuman bu o’simlik dengiz 
sathidan 800—2000 

balandlikdagi turli tuproq va iqlim sharoitida tarqalgandir. 
Olcha mevasidan turli maqsadlarda foydalaniladi. Undan murabbo, kompot va 
konservalar tayyorlanadi. Mevasi ho’lligicha va quritilgan holda iste’mol qilinadi 
hamda turli ovqatlarga ishlatiladi. Olcha mevasining tarkibida 5—10% qand, pektin, 
tanid moddalari, limon va olma kislotalari, mineral tuzlar, A, C vitaminlari hamda 
karotin bo’ladi. 


45 
Sabzavot-poliz ekinlari va ularning guruhlanishi.
Sersuv mevasi va etli 
qismi oziq-ovqatga ishlatiladigan bir yillik, ikki yillik va ko’p yillik o’tchil 
o’simliklar sabzavotlar deb ataladi. Ilgarilari sabzavot ekinlari asosan tomorqalarda-
sabzazorlarda o’stirilgan. Qovun, tarvuz, qovoqlar esa maxsus uchastkalarda-
polizlarda yetishtirilgan. Sabzavot yoki poliz ekinlari degan nom ana shundan kelib 
chiqqan bo’lib, sabzavotchilik yoki polizchilik deyiladi. 
Sabzavotchilik dunyo dehqonchiligida eng qadimiy asosiy va yetakchi 
tarmoqlardan hisoblanadi. Sabzi, sholg’om, sarimsoq, lavlagi 2 ming, karam, 
bodring, piyoz kabilar 4 ming yildan beri ekiladi. Markaziy Osiyoda, yahni bizda 
qovun eramizdan ilgari ham yetishtirilgan. 
Sabzavotchilik - o’simlikshunoslikning ajralmas tarkibiy qismidir. SHuning 
uchun sabzavot ekinlarini hamma vaqt ham boshqa ekinlardan ajratib bo’lmaydi. 
CHunki, karam, kartoshka, sabzi, qovoq, lavlagi, tarvuz, makkajo’xori kabilarni 
sabzavot ekini sifatida oziq-ovqatga, chorva mollari uchun yem-xashak va texnik 
maqsadlarda ishlatish uchun xom ashyo sifatida yetishtirish mumkin. 
Lekin, sabzavotchilik o’simlikshunoslikning boshqa tarmoqlaridan quyidagi 
xususiyatlari bilan farqlanadi: 
Birinchidan:
Sabzavotchilik ikkita: 1.Ochiq maydonda (dalada); 2.Yopiq 
maydonda ishlab chiqarish usuliga ega. 
Ikkinchidan:
Sabzavotchilik xilma-xil ekin tur, xil va navlar to’plamini o’z 
ichiga oladi.
Sabzavot ekinlari 14 ta botanik oilaga mansub 80 ga yaqin turni o’ziga olib, 
shundan 40 ga yaqini O’zbekistonda ekiladi. 
Uchinchidan:
Sabzavotchilikda o’ziga xos ishlab chiqarish usullari (ko’chat 
ekin usuli, konservalash, qayta o’stirish kabilar) qo’llaniladi. 
To’rtinchidan:
Sabzavotchilik o’z navbatida bir necha tarmoqlarga bo’linadi. 
Jumladan, poliz ekinlari biologiyasi va agrotexnikasini ishlab chiqish bilan 
polizchilik, sog’lom, sifatli urug’ini yetishtirish bilan sabzavot ekinlar urug’chiligi 
tarmog’i shug’ullanadi. 
Sabzavotchilikka xarakterli xususiyatlar sifatida yana nisbatan kichik 
maydonlarda yetishtirish, o’suv davri qisqaligi (ko’pchilik ekinlarda), iqtisodiy 
samaradorligining yuqoriligini ham qayd etish o’rinlidir. 
Sabzavotchilik xo’jaliklarida yana asosiy sohalar sifatida gpallachilik va 
chorvachilikni rivojlantirish mumkin. Bu esa respublika hukumatining bugungi 
agrar siyosatining muhim yo’nalishi hisoblanadi. CHunki, kuzgi gpalla ekinlari 
sug’oriladigan yerlarda yig’ib olingan dalalarga takroriy ekin sifatida sabzavot-poliz 
ekinlari va kartoshka o’stirib mo’l hamda sifatli hosil olish imkoniyatlari cheksizdir. 
Sabzavotchilik 
bilan 
sut-tovar 
yo’nalishidagi 
qoramolchilik 
va 
chopchqachilikni bog’lab rivojlantirish maqsadga muvofiq. CHunki, yirik zavod, 
fabrika, shahar va aholi zich joylashgan madaniy markazlarda tez buziladigan va 
kam tashiluvchan sabzavot mahsulotlarini sotish mumkin bo’lsa, sotilmay 


46 
qolganlarini, yig’ishtirilgach qolgan qoldiqlarini, nostandart va shahar oziq-ovqat 
chiqitlarini chorva mollari uchun zarur oziqa sifatida foydalanish mumkin. Go’ng 
esa sabzavotchilik uchun zarur mahalliy o’g’it, yopiq (himoyalangan) maydon 
uchun issiqlik manbai hisoblanadi.
Sabzavot ekinlari 14 ta botanik oilaga mansub 80 ga yaqin turni o’z ichiga 
oladi. SHundan 40 ga yaqin turi O’zbekistonda ekiladi. Ular morfologik, biologik 
va xo’jalik belgilari bo’yicha keskin farqlanadi. O’rganishni osonlashtirish uchun 
sabzavot-poliz ekinlari muayyan belgilarning o’xshashligiga qarab ma’lum 
guruhlarga birlashtirilgan. 
Botanik belgilariga ko’ra asosiy sabzavot-poliz ekinlari quyidagi oilalarga 
mansubdir. 
1.
Karamdoshlar yoki krestguldoshlar (Brassicaceae) - oddiy karam, savoy, 
bryussel, kolrabi karami, gulkaram, xitoy, Pekin (salatbop) karami, kress-salat, 
xantal (salat gorchitsa), bryukva, turp, sholg’om, rediska, xren, qatron.
2.
Soyabonguldoshlar yoki seldereysimonlar (Apiaceae) - sabzi, petrushka, 
selderey, shivit, kashnich, pasternak. 
3.
Qovoqdoshlar (Cucurbitaceae) - tarvuz, qovun, qovoq, kabachka, patisson, 
bodring. 
4.
Tomatdoshlar (Solanaceae) - pomidor, boyimjon, qalampir, fizalis, 
kartoshka. 
5.
SHo’radoshlar (Chenopodiaceae) - xo’raki lavlagi va barg lavlagi 
(mongold), ismaloq. 
6.
Dukkakdoshlar, yahni kapalakdoshlar (Fabaceae) - dukkaklar, no’xat, 
loviya, sparja loviyasi. 
7.
Murakkabguldoshlar yoki astrasimonlar (Acteraceae) - barg salat, bosh 
salat, romen salati, artishok, estragon, salatbop sikoriy. 
8.
Toronguldoshlar (‘olugonaceae) - shovul, rovoch (chukri). 
9.
Labgullilar yoki yasnotkasimonlar (Labiatae) - rayhxon, yalpiz, mayoran, 
chaber. 
10.
Gulxayridoshlar (Malvaceae) - bamiY. 
11.
pechakguldoshlar (Convonvulaceae) - batat. 
12.
piyozguldoshlar (Liliaceae) - bosh piyoz, batun, anzur piyoz, porey 
piyoz, ko’p yarusli, shnitt, oltoy, shalot piyozlari, sarimsoq. 
13.
Sparjadoshlar (Asparaguaceae) - sarsabil. 
14.
Boshoqdoshlar yoki qo’ng’irboshlar (‘oaceae) - shirin makkajo’xori. 
Piyozguldoshlar, sparjadoshlar va boshoqdoshlar bir pallalilar, qolgan 
oilalar ikki pallalilar sinfiga kiradi. 
Botanik guruhlanish har bir o’simlikning o’simliklar dunyosidagi o’rnini 
belgilaydi. Muayyan bir botanik oiladagi o’simliklar ko’p hollarda o’sish sharoitiga 
bir xil talabchan bo’ladi, bir xil zararkunanda va kasalliklar bilan zararlanadi hamda 
morfologik, anatomik tuzilishida umumiy o’xshashliklari ko’p bo’ladi. Hayotining 
davomiyligiga ko’ra, asosiy sabzavot-poliz ekinlari bir yillik, ikki yillik va ko’p 
yillik o’simliklarga bo’linadi. 


47 
- Bir yillik o’simliklarga: rayhon, bamiya, batat, kashnich, gulkaram, Pekin, 
xitoy karami, kress-salat, salatbop xantal, shivit, ismaloq, salat, dukkaklilar, gorox, 
loviya, tarvuz, qovun, bodring, qovoq, pomidor, fizalis, shirin makkajo’xori, 
rediska, kartoshka, sarimsoq kiradi. 
- Ikki yillik o’simliklarga: oddiy karam, savoy, bryussel, kolrabi karami, 
bryukva, sholg’om, sabzi, pasternak, petrushka, selderey, lavlagi, bosh piyoz, shalot, 
porey piyozlar kiradi.
- Ko’p yillik o’simliklarga artishok, qatron, xren, batun piyoz, shnitt-piyoz, 
ko’p yarusli piyoz, sarsabil, rovoch (chukri), shovul kiradi. 
Sabzavot-poliz ekinlarining bir, ikki yillik va ko’p yilliklarga bo’linishi 
ma’lum darajada shartli hisoblanadi. Kartoshka, pomidor va qalampir bizning 
sharoitda tipik bir yillik o’simliklardir, o’z vatanida ko’p yillik hisoblanadi. 
SHolg’omning ko’p navlari ikki yillik, lekin uning ayrim navlarida hayotining 
birinchi yilida meva va urug’lar hosil bo’ladi, rediskaning Yevropa formalari bir 
yillik, xitoy va yapon formalari esa ikki yillikdir. 
Sabzavot-poliz ekinlari oziq-ovqatga ishlatiladigan organlari bo’yicha 2 katta 
guruhga bo’linadi:
1) generativ organlari oziq-ovqatga ishlatiladigan sabzavotlar.
2) vegetativ organlari oziq-ovqatga ishlatiladigan sabzavotlar.

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish