O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/132
Sana13.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#665105
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   132
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Sebarga 
– sebarganing 5 turi uchraydi. 3 tasi ko’p yillik, 2 tasi bir yillik o’t. 
Sebarga dukkakdoshlar oilasiga mansubdir. U ko’pincha adir, tog’larda, daryo 
bo’ylarida, tog’ o’tloqlari, bog’ va ekinlar orasida o’sadi. Sebarganing barcha turlari 
asal beruvchilardir. Eng keng tarqalgani va asalarichilik uchun muhimi oq gulli 
sebarga (Trifolium re’ens L.) hisoblanadi. U ko’p yillik o’t. Uning gullash davri juda 
uzoq bo’lib. Mayning o’rtalaridan to sentyabrgacha davom etadi. Oq guli 
sebarganing shirasi 0,07 mg, shakar moddasi esa 60%, qizil gullisi (Trifolium 
‘retense L.) da 0,37 mg, shakar moddasi 38%. 
Sebarganing gul shirasi gektariga hisoblanganda qizil gullisida 123 kg, oq 
gullisida 26 kg ni tashkil qiladi. 
Limon o’ti
– ko’p yillik o’tchil o’simlik, labguldoshlar oilasiga mansub. 
Respublikamizning Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o’sadi. 
Nam va zax joylar, bog’larda va tog’ mintaqasining o’rta qismlarida o’rmonzor va 
butazorlarda keng tarqalgan. O’zining biologik xususiyatiga ko’ra asalarilarga 
yoqimli bo’lgan limon hidini tarqatadi. Ilg’or asalarichilar esa bu xususiyatidan 
foydalanadilar. Ba’zi asalarichilar limon o’tini ari yashiklariga surtadilar va undan 
keyingina bu uyaga arilarni joylashtiradilar. Yoqimli hidga maxliyo bo’lgan arilar 
o’zlarini juda tinch tutadilar va yangi uyalariga tez moslashadilar. Bunday usulni 
asalarilar bola chiqarganda ularni joylashtirishda ham qo’llash mumkin. Gullashi 
iyuning oxiri va avgustning boshlarigacha davom etadi. Urug’i oktyabrning 
o’rtalarida pishib yetiladi. 
Limon o’tining shira mikdori bir gul hisobiga 0,10 mg shakar moddasi esa 
shiraning 41% ini tashkil qiladi. Limon o’tining shirasini olish asalarilar uchun biroz 
noqulay, sababi gultojibarglari uzun va shira chuqurlikda joylashgan. Limon 
o’tining shira miqdori gektariga 50 kg gacha bo’ladi. 
Arslonquyruq
– balandligi 1- 1,25 m bo’lgan, labguldoshlar oilasiga mansub, 
kuchli qurg’oqchilikka moslashgan, ko’p yillik o’simlik. Respublikamizda 
arslonquyruqning 2 turi tarqalgan. U qumoq tog’ yon bag’irlarida, o’rmonzor va 
butazorlarda keng tarqalgan. O’simlikning poyasi 4 qirrali, nafis barg plastinkasi 5 
ga bo’lingan, gullari och binafsha yoki to’q pushti rangda. 
Gullashi iyunning boshlaridan iyulning oxirlarigacha davom etadi, urug’i 
avgustning oxirlarida pishadi. Bitta gulning hayoti 2 kun davom etadi. 
Gultojibarglari uncha katta bo’lmaganligi tufayli asalarilar shirasini qulaygina 
oladilar. Asalarilar undan nektar va gul changi oladilar. Asalarilar uning gullariga 
noqulay sharoitda, hatto havo harorati juda baland bo’lganda ham qatnaydilar. 
Arslonquyruq gullaridagi shira va shakar moddalari boshqa o’simliklardagi 
kabi juda o’zgaruvchan bo’ladi. Bir guldagi shira miqdori 0,07 mg dan 0,91 mg 
gacha boradi. Bu son o’rta hisobda 0,67 mg ni tashkil qiladi. SHiradagi shakarning 
miqdori o’rtacha 65 % hisoblanadi. Bir gektardagi shira miqdori 162 kg ga yetadi.


30 
Arslonquyruq respublikamizdagi asal-shirali o’simliklar orasida birinchilar 
qatorida turadi. Asalarichilarimizga uni ko’paytirishni taklif qilamiz. 
Sifatli asal beradigan arslonquyruq yana shunisi bilan ahamiyatliki, u juda 
qimmatli dorivor o’simlik hisoblanadi. Bundan tashqari urug’i tarkibining 30 % ini 
yog’ tashkil qiladi 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish