O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi Namangan Davlat Universiteti


Liberalizm siyosiy va huquqiy ta`limoti g`oyalarining shakllanishi



Download 0,61 Mb.
bet29/49
Sana12.06.2022
Hajmi0,61 Mb.
#659582
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49
Bog'liq
SIYOSIY VA XUQUQIY TA`LIMOTLAR TARIXI

Liberalizm siyosiy va huquqiy ta`limoti g`oyalarining shakllanishi
XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmida g`arbiy Evropada kapitalizm qaror topdi va rivojlandi. Sanoatda yuz bergan keskin o`zgarishlar manufaktura ishlab chiqarishning yirik mashina indistriyasi bilan almashuv jarayonining tezlashtirdi. Bu jarayon eng oldin Angliyada, keyin Frantsiya va boshqa Evropa mamlkatlarida yuz berdi. Yirik sanoat, savdo, aloqa vositalarini rivojlanishi, umumjaxon bozorining vujudga kelishi va boshqalar kapitalizmning jaxon ijtimoiy-iqtisodiy tizimiga aylanishini ta`minladi.
Mana shu o`zgarishlarga mos xolda siyosiy-huquqiy tizim vujudga kela boshladi. XIX- asrning birinchi yarmida inson huquqi va erkinliklarining mustaxkamlanishiga mos konstitutsiyalar qabul qilindi. Xususiy va davlat huquqi tizimi tashkil topdi. Siyosiy partiyalarning harakati faollashdi. Konstitutsionalizm va siyosiy vakolatchilik institutlari vujudga kela boshladi. Konstitutsion monarxiya va respublika shaklidagi zamonaviy vakolatli davlatlar paydo bo`la boshladi. Siyosiy hayotda erkinlik va taraqkiyotga, qonunchilikka intilish kuchaydi. g`arbiy Evropada o`rnatilgan kapitalistik tuzum o`zining mafkurasini liberalizmda ifoda qildi.
Liberalizmning asosiy g`oyalari: har bir shaxs qadr-qimmat va erk egasi va o`z xarkatlari uchun mas`uldir; shaxs erkinligining zaruriy sharti xususiy mulkdir; erkin bozor, erkin raqobat va erkin tadbirkorlik, teng imkoniyatlar; siyosiy soxada-hokimiyatlar bo`linishi, qonun ustivorligi, huquqiy davlat g`oyasi; shaxsning asosiy huquk va erkinliklarini kafolatlash; umumiy saylov ququqi va boshqalar.
Liberalizm turli ijtimoiy-tarixiy va milliy-madaniy sharoitlarda shakllandi va rivojlandi. Unda turli xil bir-biridan farq qiladigan qirralar, bosqichlar va qarama-qarshiliklar borligini ko`rish mumkin. Turli davrlarda u har xil shakllarda namoyon bo`ldi.
Bu xolni xisobga olsak turli xil liberalizm borligi haqida tasavvur paydo bo`lishi mumkin.
Lekin liberalizmning xillari ko`p bo`lishidan qat`iy nazar uning ildizlari, asosiy g`oya, tamoyil va ideallari umumiydir. Mana shu umumiylik liberalizmning ijtimoiy-siyosiy fikrning maxsus turi sifatida namoyon qiladi. Liberalizmning ildizlari uyg`onish davrlari bilan bogliq. Uning boshlanishida J.Lokk, Sh.L.Montesk`e, I Kant, T.Djefferson va boshqalar turgan edilar. Liberalizmning shakllanishiga marifatparvarlik harakatining
namoyondalari, nemis klassik falsafasi vakillari ham muxim xissa qo`shdilar. Yuqorida ko`rganimizdek, ular o`z qarashlari bilan bir biridan farq qilsalarda, ularning barchasi o`z davrining muxim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarini hal qilishda eskirib qolgan qadriyat va yondashuvlarni, o`z samaradorligini yo`qotgan ijtimoiy-siyosiy va davlat institutlarini yangidan qurish zarurligini anglaganlar.
Mana shunday yondashuv asosida klassik liberalizm merosiy hokimiyat shakllarini, tabaqaviy imtiyozlarni inkor qildi. Uning vakilalari yakka individning erki va tabiiy kobiliyatlarini birinchi o`ringa qo`ydilar. Har bir odamning yashash, erkinlik va xususiy mulkka ega bo`lish huquqlari g`oyasi zamirida mana shu individualizm yotadi. Siyosiy va grajdanlik erkinliklar iqtisodiy erkinlikdan chiqarildi. Individual erkinlik g`oyasining shakllanishi va qaror topishi davlat va shaxs munosabatlari, davlatning individ ishlariga aralashish chegaralari muammosi aniq ajralib chiqa boshladi. Shu qoidalar asosida huquqiy va siyosiy kontseptsiyalar vujudga keldi. Bu kontseptsiyalar huquq har bir individning qadr-qimmati va ekrkinligini himoya qilish vositasi sifatida talqin qilindi.
Bu individualistik ideal tadbirkorlik,
mehnatsevarlik, yangilikka intilish kabi fazilatlarni shakllanishiga turtki buldi. Kapitalizmning o`zgaruvchan tizim sifatida rivojlanishida mana shu qadriyatlar katta rol o`ynadi. Liberalizmning vakillari insonning iqtisodiy, jismoniy va intelektual erkinligi, maqsad va manfaatlarini amalga oshirish yo`lida teng imkoniyat va huquklarga ega bo`lishi uchun kurashdilar. Liberalizm inson hayotining yangi harakatchan kuchlarini ochdi. U Evropaga tadbirkorlik va biznes yo`lidan har qanday to`sqinlarni uloqtirib tashlashni o`rgatdi. erkinlik bo`lmagan erda tadbirkorlik rivojlanmasligini ko`rsatdi.
Liberalmzm ijtimoiy hayotning barcha sohalarida plyuralizm printsipi joriy qilinishini talab qildi. Ijtmmoiy soxada turli sinf, qatlam va toifalar, manfaatdor guruhlar erkinligi; madaniy sohada turli xil milliy madaniyatlar, smyosiy sohada-siyosiy harakatlar, partiya va jamoat tashkilotlari erkinligi.
Liberalizmning shaxs erkinligi talabalaridan har kim xoxlaganinm qilishi mumkmn degan xulosa chiqmaydm Shaxs erkinlmgi g`oyasining ajralmas ikkinchi tomoni shaxsning jamiyat oldida ma`sulligi g`oyasidir. Liberalmzm vakmllari umumiy baxt-saodatning ta`minlashda davlat ijobiy rol o`ynashi mumkinligini ham inkor qilmaydi.
Konstitutsiyaviylik, parlamentarizm va huquqiy davlat qadriyati va printsiplarini ishlab chiqishda liberalizmning roli katta bo`ldi.
Umuman olganda lmberalizm dogmatizm, sxematizmga zid tafakkur tarzidir. Unda o`zgarmas, bir xil me`yor va qoidalar yo`q. Lmberalizm sharoitning o`zgarishi bilan o`zgarib bordi, unga moslashdi. U o`z vazifasini o`tab bo`lgan ijtimoiy-siyosiy institut, me`yor va qadriyatlarni qayta ko`rib chiqish, xatto ularni o`zgartirishdan ham qo`rqmadi. Liberalizm vakillarining ko`pchiligi klassik merosni o`zgaruvchan sharoitga moslashtirish bilan band bo`lganlar.



Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish