O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi Namangan Davlat Universiteti


XX asr liberalizmining xususiyatlari



Download 0,61 Mb.
bet31/49
Sana12.06.2022
Hajmi0,61 Mb.
#659582
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49
Bog'liq
SIYOSIY VA XUQUQIY TA`LIMOTLAR TARIXI

XX asr liberalizmining xususiyatlari
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida liberalizm yangi bosqichga ko`tarildi. Bu kapitalizmning yangi bosqichga o`tishi bilan bog`liq edi. Shu davrda liberalizmning kuchli tomonlari bilan bir qatorda bo`sh tomonlari ham namoyon bo`la boshladi. Xususan, klassik liberalizmning erkin bozor munosabatlari va erkin raqobat kabi muhim qoidalari aholining imtiyozli qatlamlari manfaatlarini himoya qilishga bo`ysundirildi. Shuning uchun ham Evropa va AqSh da bu urinishlarga qarama-qarshi g`oyalar bilan bir qancha atoqli siyosatshunoslar, iqtisodchilar guruxi klassik liberalizmning muxim qoidalarini qayta ko`rib chiqish, korporatsiyalarning o`zboshimchaliklarini cheklash va aholining muxtoj qatlamlarini axvolini engillashtirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish takliflari bilan maydonga chiqadilar. Bular orasida Germaniyada J.Gobson, T.Grin, L.Xobxauz, F.Nauman, Italiyada B.Kroche, AqSh L. Uord, J.Krouli, U.Bird, J.D`yui va boshqalarni eslatish mumkin.
Ular yangi liberalizmni nomini organ bir qancha yangi g`oya va printsiplarni ishlab chiqdilar. eng avval ular erkin bozor va erkin raqobat g`oyalarini qayta qarab chiqish zarurligini asoslashga urindilar. Birinchi galda ular liberalizmga xos individualizmning ma`lum darajada yangicha talqin qildilar. Ular davlatning jamiyat iqtisodiy hayotida ijobiy rol o`ynashini tan oldilar. XX asrning 30 yillarida yuz bergan iqtisodiy krizis va bu krizisdan chiqish yo`lida AqShning islohotchi prezidenti F.D.Ruzvel’tning iqtisod sohasida tutgan "yangi yo`li" iqtisodiy dasturlarni amalga oshirishda davlat ijobiy rol o`ynashini yaqqol namoyon qilgan edi. Bu xodisalar liberalizmning shakllanishida burilish yasadi.
Ikkinchi jaxon urishidan keyin liberalizmda muhim o`zgarishlar yuz berdi. Shuni ta`kidlash kerakki XIX asr davomida va XX asrning birinchi un yilliklarida libsralizmning asosiy g`oyalari siyosiy amalyotda tekshirildi va yaxshi natijalar berdi. Ko`pchilik rivojlangan mamlakatlarda demokratik me`yor va printsiplar siyosiy amaliyotga joriy qilindi. Bu xol liberalizmda yutuqlarni saqlab qolish asosiy vazifadir degan tasavvurlarni tutdirdi. Xatto liberalizm o`z vazifasmni o`tab bo`ldi, unga urin qolmadi, u o`ldi ham deyishdi. Lekin liberalizm o`lgan emas edi. Aksincha, XX asrning 70-80 yillariga kelib libiralizm qaytadan tiklanishi haqida gapirila
boshladi
.Liberalizm tarafdorlarining ko`pchiligi jamiyat davlat va individ munosabatlari, kapitalizm va demokratik, erkinlik va ijtimomy tenglik, adolat masalalariga doir qarashlarni qaytadan ko`rib chiqishga urindilar
Bu urinishlar ijtimoiy-siyosiy fikrda turli xil oqimlirniig yuzaga kslishiga sabab bo`ldi. Bu oqmmlar ichida ikki yunalishni ajratish mumkmn. Ularning har biri jamiyat oldida turgan muhim muammolarni xal qilishda uziga xos umumiy goya,printsip va yondashuvlarga egadir. Baranchi yunalish vakillarini iktisodiy konservatorlar deb baxolasa buladi.
Ular klassik liberalizmning asosiy koidalarini,ayniksa erkin bozor tamoyillarini muayyan uzgarishlar bilan takrorladilar. Ikkinchi oqim namoyondaliri ijtimoiy-iqtisodiy soxada muhim isloxatlar utkazish davlatning iqtisodiy-ijtimoiy hayotdagi rolini qayta kurib chiqish, kam ta’minlangan axoli qatlamlariga yordam ko`rsagish kabi masalalarni ko`rib chiqdilar. XX asr oxrida liberaliamning xususiyati mana shundan iborat buldi
Shu bilan birga liberallar davlatning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga aralashib borishining kuchayishidan xavfsiradilar. Shuning uchun ham ular bozor mexanizmlarini rag`batlantirish va shu bilan birga davlatni tartibga solish vazifalarini cheklash talablarini xam qo`ydilar. Davlatning aralashuvmning mukarrarligi va zarurligini tan olish bilan birga,
liberallar bu aralashuvni chegaralarini belgilash zarurligi haqida xavotirlanib gapiradilar. Ular iqtisodiy krizis va uning oqibatlarini yumshatishda davlatning aralashuvi imkon berganligini xotirasidan chiqarmagan bo`lsada, davlatning aralashuv chegaralari qancha bo`lishini anglardilar.
Liberalizm o`zining ikki yuz yillik tarixidan har doim sharoitga moslashib o`zgarib bordi. Inson erkinligi, uning hayotiga davlatning aralashmasligi g`oyasidan muayyan darajada davlat aralashuvi kerak, degan g`oyaga keldi. Har bir odam erkin, xoxlagan ishini qilishi mumkin, lekin qoidaga rioya qilgan holda qilsin. Davlat mana shunm ta`minlashi zarur.
Davlatning idora qilish shakli masalasiga kelganda liberalizm adolat printsiplariga asoslangan qonuniy va samarador idora qilish shakli tarafdoridir. Liberalizm umumiy qonun va printsiplarni, fuqarolar erkinligi va huquqlarini ta`minlovchi adolat bu "siyosiy adolat" yoki "rasmiy adolat"dir, deb biladilar. Ijtimoiy huquqlar va ularning amalga oshirish masalasida ular har bmr fuqaroga muayyan darajada farovon hayot ta`minlanmshini talab qiladilar. Bu ta`lim olish, mehnat qilish, qarilik nafaqasi bilan ta`mmnlanish kabi huquqlardir.
Ko`pchilik liberallar ijtimoiy tenglikka nisbatan imkoniyatlar tengligini ustun qo`yadilar. Ularning fikricha, davlat qonun ustivorligini, barcha fuqarolarning siyosiy hayotda ishtirok etishda teng xuquqqa egaligini ijtimoiy-iqtisodiy soxdda teng imkoniyatlarga egaligini ta`minlash garovidir. Adolat printsiplarini amalda ta`minlovchi omil shundan iboratdir, Liberallarning eng zaif tomoni ham shu erda. Ularning birontasi ham insoniyat oldida qadimdan turgan tenglik, erkinlik va adolat o`rtasidagi jumboqni xal kila olmadilar.



Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish