Ob'ektga orienirlangan modellash. Ob'ektga orientirlangan modellash (feature-based modeling) konstruktorga shakllarning odatdagi elementlaridan (feature) foydalanib hajmiy jismlar yaratish imkonini beradi. Yaratilgan jism o‘zida bu elementlar haqidagi axborotlarga qo‘shimcha ravishda odatdagi geometrik elementlar (uch, qavurg‘a, qirra va h.k.) haqidagi axborotlarni ham o‘zida aks ettiradi. Masalan, konstruktor “shunday joyda ko‘rsatilgan o‘lchamdagi teshik qilinsin” yoki “shunday joyda shunday o‘lchamdagi faska qilinsin” turidagi komandalarni berishi mumkin, va olingan figura konkret joyda konkret o‘lchamdagi teshik (yoki faska) mavjudligi haqidagi ma'lumotni ham o‘z ichiga oladi. Shakllar elementlarning konkret dasturidagi mavjud to‘plami bu dasturning qo‘llanish spektridan bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘gina ob'ektga orientirlangan modellash tizimlarida detallarni tayyorlashda foydalaniladigan elementlar: faska, teshik, aylanalik, pazlar, chuqurliklar va h.k. mavjud bo‘ladi. Bunday elementlar ishlab chiqariladigan deb ataladi, chunki ularning har biri konkret ishlab chiqarish jarayoni natijasida olinishi mumkin. Masalan, teshik parmalash, chuqurliklar frezalash bilan yaratiladi. Natijada, ishlab chiqarish elementlarining mavjudligi, o‘lchami va joylashishi haqidagi ma'lumotlar asosida texnolog jarayon rejasini avtomatik shakllantirishga o‘rinib ko‘rish mumkin bo‘ladi. Texnologik jarayonni avtomatik rejalashtirish amaliy darajada ishlab chiqiladigan bo‘lsa hozirgi vaqtda bir-biridan alohida mavjud bo‘lgan CAD va CAM ni o‘zaro bog‘lash imkoniyati mavjud bo‘ladi. Shunday qilib hozirgi vaqtda 20-rasmda ko‘rsatilgani kabi ob'ektlarni oddiy bulev operasiyalari bilan emas balki ob'ektga orientirlangan modellash komandalari “uyiq” (viemka) va “teshik” (otverstie) dan foydalanib modellash yaxshiroq. Bunday komandalar yordamida yaratilgan modellar texnologik jarayonlarni rejalashtirishni agar to‘liq avtomatlashtirilmasa, osonlashtiradi. Ishlab chiqarish elementlarini modellashda foydalanish 21-rasmda illyustratsiyalangan.
9.12 rasm. “uyiq” va ”teshik” komandalari bilan yaratilgan model
9.13 rasm. Ishlab chiqarish elemetlari:
a- faska; b-teshik; v-uyiq; g-aylanalik.
Ob'ektga orientirlangan modellashning kamchiliklaridan biri shundaki, zarur bo‘ladigan barcha ilovalar uchun hamma elementlarni taklif qila olmaydi. Har bir masala uchun o‘zining elemenlar to‘plami talab etilishi mumkin. Bunday kamchiliklarga barham berish uchun ko‘pgina ob'ektga orientirlangan modellash tizimlari ma'lum tillar taklif qiladi. Bu tillarda foydalanuvchi zarur holatlarda o‘zining xususiy elementlarini aniqlash mumkin bo‘ladi. Elementni aniqlagandan so‘ng uni o‘lchamlarini ko‘rsatuvchi parametrlarini berish kerak bo‘ladi. Elementlar primitivlar kabi har xil o‘lchamda bo‘lishi mumkin. O‘lchamlar elementni yaratish vaqtida parametrlar bilan beriladi. Har xil o‘lchamdagi elementlarni mos parametrlariga har xil qiymatlar berish bilan yaratish parametrik modellashning bir ko‘rinishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |