O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi nammti akademik litsey



Download 12,09 Mb.
bet28/50
Sana31.05.2022
Hajmi12,09 Mb.
#622764
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50
Bog'liq
1-kurslarga murabbiylik soati konspekti 2021

Imzo:________________
Sana:_________________________
17-Mavzu:Jamiyat taraqqiyotiga to’siq bo’luvchi illatlarga qarshi kurash.
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)
Kun shiori:Har bir bola mustaqil fikrlash huquqiga ega
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o`z huquqlarini bilishi, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hurmat ruhida tarbiyalash .
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Bugun olam ahlini tashvishga solayotgan globallashuv zamonida yoshlarning ongi va shu­urini egallashga qaratilgan tahdidlar turli sohalarda misli ko‘rilmagan darajada ortib bormoqda. Bu ayniqsa, axborot sohasida ko‘proq kuzatilmoqda. Aytaylik, dunyoda zamonaviy axborot vositalari kirib bormagan biron bir manzilni topish amrimahol.
Har bir fuqaro o‘zi istagan har qanday ma’lumotni internet saytlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali bemalol qabul qilish imkoniga ega. Ayni paytda tele-radiokanallar murvatini burasak, matbuot nashrlarini varaqlasak yoki internet olamida sayohat qilsak, hech shubhasiz, foydali axborotdan ko‘ra zararlilariga ko‘proq duch kelamiz. Ayniqsa, hali hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan yigit-qizlar ularni real haqiqat sifatida qabul qilib, yolg‘on va uydirma gaplarga aldanib qolishi hech gap emas. 
Bular “ommaviy madaniyat” niqobi ostida tarqatilayotgan, yosh avlod ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan axloqsizlik, zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalari hisoblanadi. Ularning zamirida umuminsoniy qadriyatlardan mutlaqo yiroq bo‘lgan behayolik, zo‘ravonlik, ur-yiqit, firibgarlik, giyohvandlik, mayxo‘rlik kabi illatlar targ‘ib qilinadi. Bular barchasi insonni hayotdan yiroqlashtirib, ruhan qash­shoq va mute jonzotga aylantirib qo‘yishi shubhasiz. Shu kunlarda ko‘p­lab mamlakatlarda dunyoning qonli jangohlarida bemaqsad daydib yurgan yoshlar odatiy turmush tarzidan, ijtimoiy muhitdan, shaxslararo munosabatlar tizimidan yiroqlashib, “o‘z qobig‘iga” o‘ralib qolayotir. Endilikda insoniyat butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday ko‘rinishlarga qarshi kurashishning naqadar muhim ekanini anglab yetmoqda.
Yer yuzidagi bir qator nodavlat va jamoat tashkilotlari hamda xususiy kompa­niyalar mazkur muammoning, ya’ni internetning yoshlar ongiga ta’siri va u keltiradigan zararning oldini olish maqsadida ma’lum ishlarni amalga oshirmoqdalar. Masalan, mustaqil xalqaro tashkilot – Internet mazmunini baholash assotsiatsiyasi (ICRA) ota-onalarni ularning farzandlarini tarmoqda kutilayotgan ko‘ngilsizlik va xavf haqida ogohlantirish, kibermakonda bolalarni noto‘g‘ri axborotlardan himoyalash va so‘z erkinligini ta’minlash yuzasidan tahsinga sazovor ishlarni bajarib kelmoqda. Ota-onalarga mavjud muammolar haqida maslahat va ko‘mak beradigan kiberfarishtalar (Cyberangels) – Internetda bolalar huquqini himoya qilishga yo‘naltirilgan Yevropadagi ilk tashkilotga (unga Kanada va AQSH davlatlari ham a’zo bo‘lgan) 1995 yili asos solingan. Mazkur tashkilot muammolar yechimini topish yuzasidan keng ko‘lamda tadqiqotlar o‘tkazish bilan birga mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda “Bolalarni asraylik” (Save the Children) Xalqaro huquqiy tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijasida, AQSH­dagi 15-17 yoshdagi o‘smirlarning 85 foizi, Kanada yoshlarining 93 foizi, muntazam ravishda Internetdan foydalanishi ma’lum bo‘ldi. Kommunikatsiya vositalari tad­qiqoti Assotsiatsiyasi (Associ­ation for the Research of Communikation Media)­dan olingan ma’lumotga ko‘ra internetdan foydalanish bo‘yicha o‘smirlar katta yoshdagilarni 2004 yildayoq ortda qoldirgan.
Mamlakatimizda yuksak ma’naviyatli, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan, ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar yutuqlarini puxta egallagan, har tomonlama barkamol yoshlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada hukumatimiz olib borayotgan yoshlar siyosatida ular faolligini oshirish va dunyoqarashlarini yanada yuksaltirish, shu jumladan, voyaga yetmaganlar orasida huquq­buzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida talay ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kungacha ayni shu masalaga oid 40 dan ortiq qaror va farmonlar e’lon qilingan bo‘lib, ular mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan ezgu sa’y- harakatlarning yorqin ifodasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mazkur qaror va farmonlarning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga yetmaganlar bo‘yicha komissiyasi, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviyat tar­g‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Fanlar akademiya­si, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda viloyat hokimliklari hamkorligida turli-tuman tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Bundan maqsad yoshlarning huqu­qiy madaniyatini yuksaltirish, ular qalbida islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirishdir.
Qayerda yoshlar bekor qolsa, ular ongida bo‘shliq paydo bo‘ladi. Diniy ekstremizm, aqidaparastlik, “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi illatlarning maqsad-muddaosi ham xuddi shunday bo‘shliq holatlarida namoyon bo‘ladi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’kidlab o‘tganidek “…yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umumilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur”. Bunda oila, mahalla va maktab muhim o‘rin tutishi lozim. Mazkur institutlar ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari darajasida tashkil qilishi, yosh avlod nima foydali-yu, nima zararli, yolg‘on nima-yu, haqiqat nima ekanini anglab olishlari uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi darkor.



Download 12,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish