O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi valeologiya asoslari


Kasallikning rivojlanishi va klinik belgilari



Download 3,62 Mb.
bet80/109
Sana27.05.2022
Hajmi3,62 Mb.
#610713
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   109
Bog'liq
Valeologiya yangi 2019

Kasallikning rivojlanishi va klinik belgilari.
«Tireotoksikoz» va «Bazedov kasalligi»
Kasallik asta-sekin rivojlanib, bemorlarda bo’shashish, uyquchanlik, xotiraning susayishi, beparvolik, ayniqsa tez ozishlik va boshqa klinik belgilar bilan namoyon bo’ladi.
Qalqonsimon bezning follikularida triyodtironin va tetrayodtironin (tiroksin) hosil bo’ladi va saqlanadi. Ikkala gormon tirozin amnokislota asosida unga yod
elementi birikishi natijasida hosil bo’ladi. Triyodtironin – 3 ta, tetrayodtironin – 4 ta yod atomi tutadi. Yod organizmga suv va ovqat moddalari bilan kirib, asosan lqonsimon bezda to’planadi. Qalqonsimon bez hujayralarida yodning miqdori qondagiga nisbatan 300 marta ko’p.
Qalqonsimon bez gormonlari asosiy moddalar almashinuvi, oqsillar, yog’lar, korbonsuvlar, organizmning o’sishi, issiqlik ishlab chiqarish va xatto markaziy nerv tizimi faoliyatining – ruhiyatning idora etilishida qatnashadi. Bezning funktsiyasi pasayishi yoki oshib ketishi mumkin.
Gipofunktsiyasida (kamayishida) – agarda bolalarda bo’lsa, kretinizm (pakanalik) kuzatiladi. Bunda aqlizaiflik yuzaga keladi. Kattalarda esa miksidema kasalligi paydo bo’ladi.
Giperfunktsiyasida – «gipertireoz» yuz beradi – buqoq kasalligi paydo bo’ladi.
Diffuz (tarqalgan) toksik buqoq «Tireotoksikoz» yoki «Bazedov kasalligi» deb ataladi. Bunda organizmda moddalar almashinuvi jarayoni bez faoliyatining kuchayishi hamda qonga ko’p miqdorda gormonlar chiqishi kuzatiladi. Bez kattalashadi. Ushbu kasalllik ko’proq ayollarda uchraydi.
Kasallik ruhiy azob-uqubatlar, nerv-asab faoliyatining buzilishi, yuqumli kasalliklar, ayollar ichki sekretsiya bezlari faoliyatining yoshga qarab o’zgarishi, irsiy kasalliklar, shuningdek, suv, oziqa moddalarda yod etishmasligi natijasida paydo bo’ladi. Natijada mushaklar zaiflashib, serzarda, jizzaki, yig’loqi bo’lib, ozib ketadi, ko’zi chaqchayadi, ko’p terlaydi, oyoq, qo’li ba’zan butun tanasi titraydi, yuragi tez uradi, (taxikardiya), uyqusi buziladi, kuchsiz isitma chiqadi, tez charchaydi va ishga yaroqsiz bo’lib qolishi mumkin.
Kasalllikning og’ir xili ba’zi sabablarga ko’ra «tireotoksik kriz» va «koma»ga olib kelishi mumkin. Kasallik uzoq davom etsa, yurak, jigar, jinsiy bezlar zararlanadi. Buqoq xastaligi xotin-qizlarda ko’proq uchrashi, odatda kasallik o’g’il-qizlarning balog’atga etish davrida, ayniqsa, maktab yoshidagi bolalarda ko’p uchrashi va homiladorlikda avj olishi aniqlangan.
Hozirgi vaqtda Vatanimiz aholisi o’rtasida yod etishmasligining oldini olish bo’yicha ko’p ishlar qilinmoqda (yodlashtiriligan tuz, non va yog’lar ishlab chiqarilmoqda).
O’zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Yo.X.To’raqulov asos solgan Endokrinologiya institutida ushbu kasallikka zamonaviy tashxis qo’yish va samarali davolash uchun barcha shart-sharoitlar, olim va etuk shifokorlar-mutaxassislar mavjud.
Qalqonsimon bez faoliyati pasayganda (yod etishmaslik kasalligi va b.) «gipotireoz» deb ataluvchi kasallik paydo bo’ladi. Bunda barcha moddalar almashinuvi jarayonlarining sekinlashuvi kuzatiladi. Natijada ko’pgina organ va to’qimalarda buzilishlar ro’y beradi. Bu kasallik sekin-asta rivojlanganligi tufayli bemorlar uzoq vaqt shifokorga murojaat etmaydilar. Bunda bo’shashishlik, kamharakatlilik, uyquchanlik, xotiraning susayishi, beparvolik paydo bo’ladi. Keyinchalik ko’z atrofi shishib, xatto jazirama issiq havoda ham et uvishadi. Og’ir hollarda shish butun tanaga tarqaladi. Ayollarda xom semizlik “Oybarchin ko’rinishi” yuz beradi. Ba’zan ushbu yod etishmasligi kasalligi tug’ma bo’lishi mumkin. Bunda bolada bir qancha kamchiliklar – bo’yi pastlik (kretinizm) kuzatiladi. Buqoq kasalligining bunday turi «Miksedema» deb ataladi. Kretinizmga chalingan bemorlarning tashqi ko’rinishi o’ziga xos, past bo’yli, terisi sarg’imtir tusda, qup-quruq, sochi va tirnog’i mo’rt, sinuvchan, turqi sovuq, og’zi yarim ochiq, tili og’ziga sig’maydigan darajada shishgan, kamgap, yaxshi gapiraolmaydigan bo’ladi. Ko’pincha bunday bolalarda kar-soqovlik qayd etiladi.
Buqoq kasalligini davolashda 1960 yillarda O’zb.FA O’lka meditsinasi ilmiy-tekshirish institutida, akademik Yo.X.To’raqulov va professor R.Q.Islombekovlar tomonidan kattagina yututqlarga erishildi. Ular ushbu kasallikni ayrim xollarda jarroxlik usuli bilan davolashning o’rniga (bunday hollarda ba’zan noxush asoratlar bo’lishi mumkin edi) radiologik metodni qo’llab yaxshi samaraga erishishdi. Buning uchun ular “Davlat mukofoti” ga sazovor bo’lishdi.

Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish