Toksikomaniya haqida tushuncha. Toksikomaniya unning turlari va oqibatlari haqida .
Toksikomaniya — bu ayrim preparatlarga, dori vositalariga, kimyoviy moddalarga yoki ma’lum guruhga kiruvchi dori vositalariga o’rganib qolishlikdir. Masalan: a) barbiturat kislota unumlari (uyqudorilar) — lyuminal, veronal, medinal, geksobarbital, nembutal, tsiklobarbitallarga; piridin unumlari — noksiron, tetridin, ortonallarga; alifatik qator preparatlarga — xloralgidrat, xlor eton, bromural, adalin.
b) psixoleptiklarga — seduksen, elenium, tazepam, meprabomat, oksazin.
v) psixoanaleptiklarga — sidnofen, atsefen.
g) stimulyatorlarga — fenamin, benzedrin, kofe, choy va boshqalarga o’rganib qolishlikdir.
Politoksikomaniya — bu ikki yoki undan ortiq narkotik moddalarga o’rganib qolishlik bo’lib, juda og’ir dard hisoblanadi. «Abstsinent sindrom»lar ham ancha murakkab bo’ladi. Bunda alkogolizm chekish, morfinizm — alkogolizm, toksikomaniya + alkogolizm nashavandlik 4 - tabainizm, morfinizm + nashavandlik + tamaki, nasha chekishlik va shu kabilar bo’lishi mumkin.
Klinik jihatdan organizmning zaharlanishi natijasida tegishli o’ziga xos belgilar, abstsinent sindromlardan tashqari og’ir hayot uchun havfli belgilar — ko’rinishida xunuklik, harakatida gangishlik, psixozlar, gallyutsinatsiyalar, komatoz holat, axiri o’zini-o’zi o’ldirishlikka intilishliklar paydo bo’ladi va bundaylar tezda juvonmarg-yoshgina umri hazon bo’ladi.
Narkomaniya — bu giyohvandlik, bangilik, karaxtlilik bo’lib, jiddiyligi xalqni va uning jamoatchilik salomatligi darajasini hamda chegarasidan kelib chiqib, quyidagicha ifodalanishi kerak, ya’ni:
Narkomaniya—«narkoz» va «maniya—odam» so’zlaridai kelib» chikqan.
Giyohvandlik – narkomaniya, avvalo bu ijtimoiy masaladir. U o’z ichiga tibbiy, yuridik, biofiziologik, psixologik, iqtisodiy, tarixiy, demografik va boshqa masalalarni o’z ichiga olgani holda ular bilan bog’lanib ketadi. Shuningdek, komil shaxs masalasi va ijtimoiy muhit masalasiga nisbatan jamoatchilik va ayrim oila a’zolarining tipologik xastalik jarayoni — reaktsiyasi hisoblanadi.
Giyohvandlik – u tasodifiy yoki biror holat emas. Uni yo’qotish uchun, avvalo nimaligini tushunish, tushuntirish, sabablarini bilish kerak. Uning keltirib chiqaradigan oqibatlarini ob’ektiv – xolisona xal qilgandagina oldini olish va unga qarshi kurashishlarni olib borish mumkin.
To’laroq tushunchaga ega bo’lish kerak bo’lsa, — butun ma’nosi bilan «og’ir xastalik»dir, ya’ni u yoki bu narkotik moddalarga (yoki kayf keltirib chiqaruvchi moddalarga) ishqibozlik va moyillik bilan «o’z ixtiyori ila miyasini gangitishdir.
Natijada ushbu o’ta noto’ri yo’lga qadam qo’ygan shaxs o’zining odamlik qiyofasini yo’qotadi, o’zining olijanob insoniylik obro’-e’tiboridan maxrum bo’ladi, ruhan psixologik hamda jismonan nosog’lom bo’lib qoladi. Kasbidan ayriladi. Nima ish qilishiga xatto aqli ham etmay qoladi va oxir oqibat ishsizlikka duchor bo’lib, jinoiy ishlarga qo’l uradi, o’g’rilik qiladi, o’ziga ham, boshqalarga ham baxtsizlik keltirib chiqaradi va eng og’iri ham ruhan, ham jismonan, odamlik qiyofasini yo’qotib, tansixatligi qaytib o’z joyiga tushmaydi. Eng achinarlisi, narkomanlik holati har qancha davolangandan keyin (og’ir holatlarda) ham qaytalanishi ko’proq aniq hisoblanadi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, eng havflisi narkoman va uning oilasidagilar ushbu holatga tushishiga qarshi kurashda ko’pincha kechikadilar. Shuning uchun narkotik moddani eksperiment uchun, uning kayfini sinab ko’rish uchun, bir-ikki marta, hech narsa bo’lmaydi deb xavas qilib, o’ta havfli va o’ta aqlsizlik belgisi deb mutaxasis sifatida aytsak mubolag’a bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |