Giyohvandlar kimlar
So‘zlashuv tilida ―giyohvand‖ so‘zi ostida giyohvand moddalarni qabul qiluvchi kishi tushuniladi, xususan, narkologiyada ruscha ―narkoman‖ so‘zi qo‘llanilmaydi. Tibbiyot xuquqshunoslik emas shifokorlar esa qoralovchi emas. Shuning uchun kishi qanday kasallik bilan og‘rimasin, shifokor uchun u yordamga, e‘tiborga, o‘z muammolarini tushunishlariga muhtoj bo‘lgan bemordir. Kasallik tufayli bo‘lgan muammolarini shifokorbemorlarga tashxis qo‘yadi lekin hukm chiqarmaydi, bu turli sabablarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmaydi. Alkogolga bog‘lanib qolgan bo‘lsa-alkogolizm bilan kasallangan. Giyohvand moddaga bog‘lanib qolgan bo‘lsa-giyohvandlik bilan kasallangan. Giyohvandning hayoti juda og‘ir har qanday xursandchilikdan mahrum. U o‘zini hayotdagi o‘z o‘rnini topa olmagan omadsizlar muhitiga tushib qolgan. Bunday muhitda insoniy qadr-qimmat, bir-birini tushunish, do‘stlik, hurmat, o‘zaro yordam hech qanday ahamiyatga ega emas.
Agar kishining qo‘lida giyohvand moddalar yoki ularni sotib olish uchun puli bo‘lsagina, bularga haqqi bor. Shuning uchun u doimo tavakkal qilishga, firibgarlik qilishga, qarindosh-urug‘laridan pul so‘rash yohud o‘g‘irlashga majbur, maqsadgiyohvand modda bo‘lmaganda yuzaga keladigan azob-o‘qubatlarga yo‘l qo‘ymaslik. Shu tufayli u qonunga qarshi boradi va hatto jinoyatlar sodir etadi. Shaxsiy hayot uchun vaqt qolmaydi. Giyohvand moddalarni iste‘mol qilish oqibatida uning salomatligi tobora yomonlashib boradi vaqt o‘tgan sayin u buni kuchliroq seza boradi. Ayni vaqtda uning oilasi (agar bo‘lsa) va do‘stlari (agar ular giyohvand bo‘lmasalar), odatda, uni bu halokatli odati iskanjasidan qutqarib olish barcha choralarni ko‘radilar, giyohvand moddalarni qabul qilishni to‘xtashi uchun unga ta‘sir o‘tkazmoqchi bo‘ladilar. Giyohvand ikki o‘t orasida qoladi-bu tomondan kasallik o‘z talablarini qo‘yadi, ikkinchi tomondan esa birin-ketin do‘stlaridan ayriladi, oilasi bilan munosabati yomonlashadi.
Agar giyohvand shunday moddalarni tomir ichiga yuborsa, u 5-10 yil yashashi mumkin. Shu vaqtning 90% i mobaynida u kasalliklarga chalinadi, davolanadi, yor do‘stlaridan ayriladi, insoniylik qiyofasini yo‘qotadi. Lekin har doim giyohvand moddalar uchun puli bo‘lgan, ularni oz-ozdan qabul qilib yuradigan, o‘z salomatligini halokat yoqasiga borguncha davolanib turadigan giyohvandlar uchungina ko‘rsatilgan muddat to‘g‘ri keladi. Keyingi paytlarda paydo bo‘lgan sintetik giyohvand preparatlar-krek, ekstazm va boshqa ko‘pgina turlar yoki ilgaridan ma‘lum bo‘lgan LSD giyohvandning hayotiga u bilan tanishganidan 7-8 oy o‘tgandayoq chek qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |