Valeologiyaning markaziy muammosi- individual salomatlikka munosabat va shaxsni individual rivojlantirish jarayonida salomatlik madaniyatini tarbiyalashdir.
Ushbu fan oliy ta`limning ekstensiv axbarot tizimidan intensiv- fundamental tizimiga o`tishiga asoslangan yangi kontsepsiyasining tadbiq etishga yo`naltirilgan Valeologiya kursining mazmuni-uning quyidagi maqsad va vazifalarini bajarilishida namoyon bo`ladi:
1. Jismoniy mashg’ulotlarga extiyojni faollashtirish:
2. YOshlar JT ning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash maqsadida
3. JR,JT, va JAX diagnostikani o`tkazish:
4. Boshlangich kurs talabalarini oliy o`quv yurtida o`qishga ko`nikishini tezlatish:
5. Kasalliklar profilaktikasi, tananing tashki muxit salbiy ta`siriga qarshiligini oshirish, zararli odatlarini bartaraf etish:
6. JR ni, gavda tuzilishini Jax, ni yaxshilash:
7. Jax, ni boshqarish va baxolash, JT ko`rsatkichlari, dam olishni tashkillashtirish, faol xordiq chiqarish, to`g’ri ovqatlanish, salomatlikni mustaxkamlash printsiplariga ongli rioya qilish asoslari bo`yicha talabalarga bilim berish:
8. Asab tizimining asosiy xususiyatlarini baxolash talaba shaxsiyatining tipologik xarakteristikasini, o`quv sog’lomlashtirish jarayonining individuallashtirish maqsadida aniqlash usullari bilan tanishtirish:
9. O`z-o`zini baxolash, nazorat qilish va salomatlikni yaxshilash vositalari va samarali usullari bilan talabalarni tanishtirish:
10. Talabalarda jismoniy mashqlarga muntazam, mustaqil mashg’ulotlarga ongli turg’un va pozitiv munosabatini shakllantirish.
Ko`p bosqichli tadqiqotlar natijasida ushbu ish muallifi tomonidan valeologiyaning usul va vositalari, amaliy mashg’ulotlarning samarali shakllari, umuman olganda, talabalar sog’lomlashtirish jismoniy tarbiyasining eksperimental tasdiqlangan tizimi aniqlandi.
Ishlab chiqilgan ilmiy kontsepsiya va talabalarni sog’lomlashtirishning eksperimental tasdiqlangan tizimi salomatlikni yaxshilashning ilmiy pedagogik asosi xisoblanadi. Bunda ma`ruza, amaliy seminar va mustaqil ishlar olib boriladi.Jamiyatda sog’lom hayot tarzini shakllantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, jismonan sog’lom, ma`nan boy yosh avlodni tarbiyalash, fuqarolarni jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug’ullanishga keng jalb etishni ta`minlashga yo`naltirilgan.
Hozir esa bu muammoning ayrim umumiy masalalariga to`xtalib o`tish joiz.
SHu munosabat bilan insonning jismoniy rivojlanishi haqidagi pedagogik qonunlarni tadqiq etish, shu asosda har tomonlama etuk insonni shakllantirish bo`yicha maxsus pedagogik tarbiya jarayoni nazariyasi va metodikasini aniqlash valeologiya fanining predmeti hisoblanadi.
Talabalarda sog’lom hayot tarzi ko`nikmalarni shakllantirish, ularni salomatlik va jismoniy etuklikni asrash va yaxshilash bo`yicha bilim va ko`nikmalar bilan qurollantirishga yo`naltirilgan pedagogik faoliyati valeologiya fanining ob`ekti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |