2. Valeologiyaning predmeti, maqsadi va vazifalari Predmeti – valeologiya organizm tuzilishi va vazifalari, uning harakat
imkoniyatlari, jismoniy holatini takomillashtirish, salomatlikni saqlash va yaxshilash, sog‘lom hayot tarzi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari tizimini o‘rganish, muntazam jismoniy mashqlarni bajarishga ehtiyojini mustahkamlashga yo‘naltirilgan faoliyat sifatida ko‘rib chiqiladi.
―Valeologiya asoslari‖ kursining predmeti alohida isnon salomatligini oliy
hayotiy qadriyat sifatida bildiruvchi kategoriya tarzida o‘rganib, boshqa fanlardan
farqli ravishda, u inson sog‘lig‘iga mohiyati, darajasi va sifatini aniqlash mumkin
bo‘lgan, fiziologik, psixologik va ijtimoiy bashorat qilinadigan mustaqil kategoriya
sifatida qaraydi.Shu munosabat bilan insonning jismoniy rivojlanishi haqidagi pedagogic qonunlarni tadqiq etish, shu asosda har tomonlama etuk insonni shakllantirish bo‘yicha maxsus pedagogik tarbiya jarayoni nazariyasi va metodikasini aniqlash valeologiya fanining predmeti hisoblanadi.
Maqsadi – valeologiya asoslari fani odam organizmining har xil yosh davirlarida asosan yosh organizmda salomatlikni saqlash, mustahkamlash, organizmni har taraflama rivojlantirishga bog‘lik bo‘lgan hozirgi zamon ilmining tuplagan ma‘lumotlari asosida organizmda sog‘lam turmush tarizi kunlikmalarin paydo etish qonunlari bilan har bir pedagog – tarbiyalavchini qurallantirish fandi o‘qitishning bosh maqsadi bo‘lib hisoblanadi. İnson hayotiy faoliyati irsiy mexanizmlari va zahiralarining oqilona tatbiqi va muhit ichki va tashqi sharoitlariga uning moslashuvchanlik imkoniyatlari hamda salomatlikni shakllantirish qonuniyatlarini o‘rgatish, salomatlikni shakllantirish, saqlash, mustahkamlash yo‘llari va chora – tadbirlari haqida bilimlar berish orqali
salomatlikni saqlashga mas‘uliyat bilan yondashish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Bularga:
Talabalarda salomatlik darajasi hamda sifatini baholash metodlariga oid
amaliy, tadqiqotchilik bilim va malakalarini shakllantirish;
Salomatlik va sog‘lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
Salomatlikni saqlashga qaratilgan muhit yaratish;
Talabalarda tibbiy – gigienik madaniyatga oid bilim va malakalarni tarkib
toptirish;
Yoshlarni sog‘lom oila qurishga tayyorlash masalalari o‘rganiladi.
Vazifalari – 1. İnson salomatligi va sog‘liq rezervlarini tadqiq etish va son
jihatdan baholash. 2. Sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirish. 3. İnson salomatligi
va sog‘liq rezervlarini sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirish orqali saqlash va
mustahkamlash.
Jismoniy etuklikka erishish-salomatlikni asrash va mustahkamlashdir,
Shunday ekan sog‘lomlashtirish ta‘lim va tarbiyaviy masalalarni hal etadi.
İnsonlarda yuksak axloqiy-siyosiy sifatlarni shakllantirish, mustahkam intizom ko‘nikma va odatlarini hosil qilish valeologiyaning tarbiyaviy vazifalariga kiradi.
Jismoniy tarbiya pedagogik jarayon sifatida har tomonlama ta‘lim-tarbiyaviy ta‘sir
kuchiga ega. Kursni o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida o’quvchilar quyidagi ko’nikma va malakalarini egallaydi.
Fanning xarakterli belgilari, jamiyatda tutgan o‘rni;
Ta‘limiy – tarbiyaviy jarayonning sog‘lomlashtiruvchi yo‘nalishi;
Biologik ijtimoiy omillarning salomatlik holatiga ta‘siri;
Ekologik valeologiya muammolari;
Sog‘lom turmush tarzining asosiy tarkibiy qismlari;
Zararli odatlarning inson salomatligiga ta‘siri;
OİV/OİTS kasalligining belgilari haqida bilimga ega bo‘lishi kerak.
Aholi salomatligini saqlashga to‘g‘ri va mas‘uliyatli munosabatda bo‘lish va
sog‘lom turmush tarzi hamda jismoniy madaniyatni oshirishga yo‘naltirilgan
hayotiy falsafani shakllantirish;
Sog‘lomlashtirish faoliyatida valeologiyaning asosiy qonuniyatlaridan
foydalanish;
Sog‘liqni saqlash muhitini yaratish;
Salomatlikni tashhislash shakl va uslublarini qo‘llay bilish;
Aqliy va jismoniy ishchanlik holatini aniqlash;
Tabiatni asrab – avaylash, uni muhofaza qilish;
O‘z sog‘lig‘i va yon – atrofidagilar salomatligini saqlash;
Turli kasalliklar va zararli odatlarning oldini olish;
Sog‘lom turmush tarzining tarkibiy qismlarini shakllantirish;
OİTSni tashxislash va oldini olish;
Aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash;
Mikroelementlar va vitaminlar tanqisligi holatining oldini olish;
Sog‘lom avlodni shakllantirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza
qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish kerak.
Kurs bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish natijasida talaba
sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini egallashi orqali shaxsiy salomatligini saqlash va mustahkamlash kuchayadi, bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatida o‘zi va atrofdagilarning
salomatligini saqlash va mustahkamlashga mas‘uliyatli munosabat ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.