Kun tartibi va dam olish vaqti. Uyqu va uning ahamiyati
Kun tartibi - bir kunlik barcha turdagi faoliyat va dam olishga ketadigan vaqtini taqsimlashdir. To‘g‘ri kun. tartibi asosida shartli - reflektor faoliyat yotadi. Organizmning ovqat yeyish, uxlash, ishga kirishish vaqtiga nisbatan ishlab chiqargan va mustahkamlangan murakkab shartli refiekslari dinamik qolip (stereotip) tusini oladi. Kun tartibiga qat’iy rioya qilish bolalarda barqaror shartli reflekslaming hosil bo‘lishiga olib keladi. To‘g‘ri tashkil qilingan kun tartibi bir maromdagi ko'tarinki kayfiyat, o‘quv va ijodiy faoliyatga qiziqishni yuzaga keltiradi, bolaning normal rivojlanishiga yordam beradi. Kun tartibida faoliyatning turli shakllari, ularning eng muvofiq davomiyligi, toza havoda maksimal vaqt dam olish, to‘g‘ri ovqatlanish, toTaqonli uyqu hisobga olinadi. Bolaning kun tartibini tashkil qilishda uning yosh xususiyatlaridan kelib chiqiladi.
0‘quv jarayoni bolalar va o‘smirlaming ish qobiliyati o‘zgarishining fiziologik tamoyillarini hisobga olgan holda tashkillashtirilishi lozim. Gap shundaki, organizmning ish qobiliyati o‘quv faoliyati vaqtida tabiiy ravishda o'zgaradi. Shundan kelib chiqib, yil, chorak, o‘quv haftasi, darsning boshlanishi yengillashtirilgan bo‘lishi lozim, chunki bu davrda o‘quvchining mehnat unumdorligi pasayadi. Ish qobiliyati eng yuqori darajaga yetganda, o‘quvchilarga qattiq talabchanlik ko‘rsatilishi mumkin va lozim. Bu vaqtda yangi va murakkab mavzuni bayon qilish, nazorat ishlari olish tavsiya qilinadi. 0‘quv haftasi, choragi yoki yilning o‘rtasida eng katta hajmdagi o‘quv yuklamalari, fakultativ mashg‘ulotlar, to‘garak ishlarini bajarish rejalashtiriladi. Toliqishning dastlabki alomatlari paydo boTishi yuqori darajadagi va barqaror ish qobiliyati davri tugaganligidan dalolat beradi.
Ish qobiliyatining jadal pasayishi davrida bosim o‘tirib ishlanadi- gan vazifalami bajarishni talab qilish mumkin emas: bu organizmning energetik salohiyatini zaiflashtiradi, oqibatda esa o'quvchining salo- matligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tashqi muhit omillarini o‘rganish asosida gigiyenistlar kishining yashashi va mehnat qilishi uchun qulay shart-sharoit yaratish va aholini sogTomlashtirish maqsadiga yo‘naltirilgan me’yor va amaliy tadbirlar ishlab chiqmoqdalar. Ushbu tadbirlar kasalliklar va oTimning kamayishiga, kishi umrining uzayishi, ish qobiliyatining ortishi va boshqa shu kabilarga yordam beradi.
Inson salomatligi o‘zaro bogTiq tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillar: havo, suv, tuproq, iqlim omillari, shuningdek, mehnat sharoiti, ovqatlanish, uy-joy sharoitlari va boshqalar ta’sirida shakllanadi. Tabiiy va ijtimoiy omillaming ta’siri o‘zaro bogTiq.
Kishi salomatligini belgilovchi muhim omil uning turmush tarzidir. Bu tushunchaga mehnat va dam olish tartibi, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikni zarur darajasida saqlash, organizmni chiniqtirish,
shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, kundalik hayotdagi zararli odatlardan voz kechish, ziddiyatli vaziyatlarda hissiy muvozanatni saqlay bilish kabilar kiradi.
Sog‘lom turmush tarzini tashkil qiluvchi tarkibiy qismlaridan biri - kun tartibiga amal qilishdir. Mehnat va dam olishning to‘g‘ri tartibiga beparvo munosabatda bo‘!ishning boia salomatligiga salbxy ta’sirini ko‘rib ehiqamiz.
Bola mehnati faoliyatning har xil turlarini o‘z ichiga oladi. Biror ishni bajarish jarayonida organizmning fiziologik holatida o'zgarish yuz beradi.
Maktab o‘quvchilari jadal yoki uzoq vaqt davom etadigan aqliy faoiiyat bilan shug'ullanganlarida toliqish vujudga keiadi. Toliqishning ikki tomonlama biologik ahamiyati bor: bir tomondan, organizmning o‘ta holdan toyishining oldini oluvchi himoya javobi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, tiklash jarayonlarini rag‘batlantiruvchi va ushbu jarayonning funksional imkoniyatlarini oshiruvchi ahamiyatidir.
Toliqish - organizmning tabiiy fiziologik holati bo‘iib, ish qobiliyatining pasayishi tarzida namoyon boTadigan har qanday ishning oqibati hisoblanadi. Toliqish qaytariiishi mumkin boTgan jarayondir, faoliyatning to‘xtatilishi toliqishning bartaraf etilishiga va organizm fiziologik fimksiyalarining boshlang‘ich darajasi tiklanishiga olib keiadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |