Tadqiqotning ijtimoiy usullari. (anketalash, reyting). Anketalash- bu standartlashtirilgan savollar tizimiga yozma javob berish yo`li bilan ma`lumotlar olish usulidir. Reyting- insonning har tomonlama tayyorligini kompleks baholashdir.
Tadqiqotning matematik usullari. Pedagogik ko`rinishlarni son jihatdan tahlil qilish uchun matematik statistikadan foydalaniladi.
Pedagogik g’oyalarni nazariy tahlil qilish usuli. U Ta`lim va tarbiyaning muhim masalalari bo`yicha chuqur ilmiy xulosalarni umumlashtiribgina qolmasdan, uning yangi qonuniyatlarini topish imkonini beradi.
Tayyorlikni kompleks baholash yordamida talaba shaxsiyatini har tomonlama o`rganish jismoniy kamolotga erishish va yoshlarni tarbiya qilish, salomatlik darajasini aniqlash jarayonini boshqarishning asosi va valeologiya fanining bazisidir.
Tibbiyot tarixchisi S.K.Tomson o‘zining «Bizning zomonizda tibbiyot tarixini o’rganishga ehtiyoj» nomli kitobida «Tibbiyot tarixi, tarixning o’zidan ham keng tibbiyot tarixi –tibbiyotning o’zidir. Bu zamonamizning muammolariga ilmiy
yondashishning eng mukamal usuli. Chunki, fanning barcha sohalariga xos bo’lgan
asosiy tamoyillarini ularga faqat tarixiy yondashish orqaligina o’rganish mumkin»
deb yozgan edi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish mexanizmlarini ishlab
chiqishda, turli zamonlarda turli xalqlar tomonidan orttirilgan boy tarixiy tajribani
hisobga olmasdan bo‘lmaydi.
«Tibbiyot tarixi har bir tarixiy davrning madaniyati, san’ati, dini va falsafasi,
iqtisodi, texnologiyasi va sotsiologiyasini bir-biri bilan bog’lab turadi» deb yozgan
edi Shveytsariyalik olim-tibbiyot tarixchisi G.Sigerist. Sog‘lom turmush tarzi
bo‘yicha sharq xalqlari tomonidan to‘plangan boy tarixiy tajriba ayniqsa qimmatlidir. Sharq donishmandlari tomonidan yaratilgan va ko‘hna tarixning suronli yillari sinovidan o‘tib, bizga etip kelgan noyob asarlar: hind donishmanligining - «Ayurveda», tibet xalqining - «Jud Shi», vatandoshimiz İbn Sinoning – «Tib qonunlari» bizning yo‘limizni ming yilliklar qa‘ridan yoritib turibdi. Sharqning buyuk tabiblaridan biri hisoblangan Ar-Roziy yozganidek: «Tibbiyat ilmini takomillashtirish ustida minglab vrachlar ming yillar davomida tinimsiz ishlagan bo’lishlari mumkin. Shu sababli kimda-kim ularning ijodlarini
o’zlashtirsalar, ma’nosiga etsalar o’zining qisqa umir davomida, minglab bemorlarni davolash uchun chopishga qaraganda ko’proq narsalarni kashf qilgan
bo’lar edi. Zero, bitta odam, ming yil yashaganda ham, o’zidan oldin yashab o’tgan
vrachlar tajribalaridan foydalanmasa, birinshi o’z kuzatuvlariga asoslangan holda
hayotni o’rganib uning tagiga etolmoydi. Vrachni faqat o’qish emas, balki o’qigan
mushohada qila bilish va uni amalga tadbiq qila bilish etuklikka eltadi».
Do'stlaringiz bilan baham: |