Savol: Antiavirus preparatlar bormi?
Javob: Ha, viruslarga qarshi preparatlar bor, masalan:
Suramin. Ushbu preparat virusning xujayraga yopishishini (absorbtsiyasini) va hujayra ichiga kirishini izdan chiqaradi. Ammo immun tizimga ta’sir etmaydi.
Lekin organizmga salbiy tomonlari katta. Bemor ahvolini NRA-23 biroz yaxshilaydi. Kasallikning rivojlanishini susaytiradi. U ham immun tizimga ta’sir etmaydi.
Ribovirin. Yuqoridagilardan farqi virusdagi oqsillar sintezini buzib, moddalar almashinuvi jarayoniga aralashib, antimetobolit ta’sir etadi.
Azidotimidin. Ta’siri ribovaringa o’xshash. Og’izdan ko’llanadi. Zaharliligi kamroq, bemor umrini uzaytiradi. Ammo qonga salbiy ta’sir etib gemoglabin miqdorini kamaytiradi. Narxi qimmat — bir yilda 10000 dollar kerak bo’ladi.
D-penitsillamin, Tsistein va valin aminakislotalarning analogi hisoblanadi. Tajribada va klinikada ta’siri bor.
Boshqa preparatlar. Virusga qarshi boshqa yangi preparatlarning soni hozirgi kunda anchagina, izlanish beto’xtov davom etmoqda. Ammo hozircha barcha urinishlar oxirgi natijani berganicha yo’q.
Bulardan tashqari, Immunomodulyatorlar — immun tizimni rag’batlantiruvchilar mavjud: Buning uchun immunnokomponent xujayralardan foydalaniladi, sintetik (farmakologik) preparatlardan hamda tabiiy (gormonal va boshqa) vositalardan qo’llaniladi. Masalan, levamizol, izoprinozin, inozipleks, timozin (timus gormoni), interleykin-2, interferonlar, imper, tsiklos-porin-A, T-aktivin, mislopid va boshqalardan foydalaniladi.
Shuningdek, adabiyotlardan ma’lumki, SPID kasalligini davolash uchun butun jahon bo’ylab ko’pgina urinishlar davom etmoqda. Har xil kimyoviy tuzilishlarga ega bo’lgan, SPID virusiga qarshi samarali ta’sirga ega bo’lgan, sintetik vositalar bunyod etilmoqda. Ammo biologik sharoitda - organizmda ularning ta’siri chippakka chiqmoqda.
Immun tizim faoliyatini yaxshilash, qayta tiklash maqsadida turli xil interferonlar, interleykin-2, timus omillari, hatto tsikloserin A-lar ham kutilgan natijalarni bermadi. Suyak ko’migi xujayralaridan nariga o’tmadi. Ehtimol kelgusida kasallikka, virusga qarshi davo choralari topilib qolar.
Davolash ishlarida eng muhim narsalardan biri boshqa infektsiyani organizmga yaqinlashtirmaslik (profilaktika) va agarda infektsiya tushgan yoki boshqa kasallik paydo bo’lgan taqdirda, zudlik bilan bunday kasallikdan qutilish, iloji boricha batamom undan holi bo’lishlik bo’lib qolmokda. Chunki, immun tizimi izdan chiqqan, kurashish hobiliyati pasayib ketgan organizm oddiy, uncha muhim bo’lmagan sabablarga ko’ra engilishga mahkumdir.
Xulosa qilib aytganda SPID kasalligini davolash masalasi eng og’ir muammolardan bo’lib qolmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |