TARIXDAN BIR ShINGIL
OITS (SPID) xastaligi va OIV (VICh) — infektsiyaning kelib chiqish tarixi haqida etarli darajada ilmiy asoslangan dalillar va bir nechta nazariy taxminlar to’g’risida anchagina gapirish mumkin. Qisqa qilib aytganda, ulardan biri - ushbu xastalikning kelib chiqishi, 1950 yillarda Afrika qit’asida, kasallik keltirib chiqaruvchi virus odamlarga maymunlardan o’tgan degan nazariy taxminlar bor. Shuningdek, o’sha davrlarda odamlarda klinik belgilari va oqibati bo’yicha hozirgi OITS kasalligiga o’xshash ayrim xastaliklar mavjud bo’lgan. Ammo ular ichida ayrim klinik belgilariga ko’ra boshqacharoq, davolash qiyin bo’lgan va natijada doim o’lim bilan tugallanayotgani to’g’risida ma’lumotlar paydo bo’lgan. Keyinchalik bunday muammolar 1981 yilda AQShda (Atlanta shahrida) kasalliklarni nazorat qiluvchi Markazda yangi xastalik ro’yxatga olingan va unga orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS-SPID) deb nom berildi.
1987 yilning o’rtalariga kelib SPID sindromi bilan kasallanganlarning soni 930 taga, u bilan zararlangan (yuqqan) kishilarning soni esa 60000 ga yaqinlashgan. Olim G.Danilin ma’lumotlariga ko’ra 1991 yildayoq SPID epidemiyasi 150 ta mamlakatni zabt etgan edi. U o’zining xavfliligiga ko’ra atom bombasidan kam emas, deb ta’kidlanadi.
1991 yildayoq 60 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan SSSRda (23 apr.1990 y) "SPID kasalligini oldini olish uchun qonun" chiqarilgan va o’sha dastur (programmasi) uchun 10 mln rubl ajratilgan bo’lsa, AQShda 1,6 mld dollar ajratilgan.
Jahon Sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko’ra, hozirgi kunda dunyoning 197 mamlakatida 1999 yil oxirigacha 35 mln. odam OITS bilan xastalangan va ulardan 13,5 mln. vafot etgan. Hozirgi kunda esa 60 mln. atrofida hisoblanmoqda. O’zbekistonda ham OITS bilan kasallanganlarning soni ortib bormokda.
SPID - BU INSONIYAT UCHUN BALOI-OFAT
Ma’lumki, ushbu savol eng og’ir, murakkab ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ahloqiy masalalardan hisoblanadi.
Chunki u o’z ichiga eng muhim quyidagi masalalarni oladi:
1. Kasallarni va u bilan zararlanganlarni (virus tashuvchilarni) davolash hamda boqish.
2. Diagnostik va davolash uchun lozim bo’lgan dorilarni - preparatlarni, vaktsinalarni bunyod etish.
3. Fundamental (chuqur) ilmiy-izlanish ishlarini olib borish va boshqalar, qaysiki hozirgi kunda bir necha milliard bo’lsa, ertaga bir necha o’nlab-yuzlab milliard dollarni talab qilinishi.
4. SPID masalasi nafaqat vrachlar va Sog’liqni saqlash xodimlarining, boshqa bir qancha mutaxassisliklardagi olimlarning ishi bo’libgina qolmay, davlat arboblari, iqtisodchilar, yuristlar, sotsiologlar hamda ko’pchilikning ham zimmasidagi yuk bo’lib qolmoqda.
5. Olim B.V. Boboevning hisob-kitoblari bo’yicha SPIDga qarshi kurashish uchun, agarda epidemiya-pandemiya bo’lsa XXI asrga kelib, dunyodagi eng yirik mamlakatlarning harbiy byudjeti miqdoridagi mablag’ni talab qiladi va bu o’rinda eng muhimi SPID bilan kasallangan hamda VICh virusi tashuvchilarning bolalari, tug’ishgan kishilari va boshqa yaqin odamlarning xuquqlarini ximoya etishlik masalalarini aytmaysizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |