Xotira(arabcha soʻz boʻlib, maʼnosi 1)xotir;2)biror bir kimsa yoki narsa haqida yodda,esda saqlangan taassurot;3)ism) ham hujjatli janrdir.U krgan-kechirganlar ini shunchaki aytib (yozib) berishdan iborat emas, balki u muhim bir voqeaning yaxlit va taʼsirchan tasviridan iborat boʻlishi shart.Koʻpincha,xotirada muayyan bir sanʼatkorning hayoti va ijodiga oid yodnoma naql qilinadi,bu naqllar fakt-dalillarga suyanadi,chuqur tahlil va tadqiqni talab etadi.Jumladan,Habibulla Qodiriyning"Otam haqida",
Olmosning "Taʼzim", Said Ahmadning"Yoʻqotganlarim va topganlarim",Zarifa Saidnosirovaning "Oybegim mening",Kibriyo Qahhorovaning"Chorak asr hamnafas", Shukrulloning "Javohirlar sandigʻi" kabi yodnomalari Abdulla Qodiriy, Gʻafur Gʻulom,Oybek, Abdulla Qahhor kabi sanʼatkorlarning ijodiy va insoniy qiyofalarini toʻliqroq, teranroq anglashimizga yetaklaydi, ularni hayajonlantirgan qahramonlarni asosliroq tushunishga, ijodiy laboratoriyalariga, mashhur asarlarining yaratilish jarayoniga koʻproq kirib borishga, ijodiy tajribalaridan saboqlar va ibratli xulosalar chiqarishga imkoniyat yaratadi."Sen elimning yuragimda yashaysan","Abdulla Qahhor zamondoshlari xotirasida","Oybek zamondoshlari xotirasida","Mirtemir zamondoshlari xotirasida","Ustozlar davrasida"(Nosir Fozilov) kabi oʻnlab toʻplamlarning vujudga kelishi - sanʼatkorlar haqidagi qimmatbaho tarixiy hujjatlardir,qalb soʻzlaridir,baholaridir.Ularning barchasi muayyan sanʼatkor qiyofasini tasavvurda jonlantirishda mutaxassislar va ixlosmandlar uchun bebaho hisoblanadi.
3.Eposning asosiy janrlari.
Hikoya (arabcha so’;z bo’lib, ma’nosi: 1.Biror narsaning og’zaki bayoni, tafsiloti;
2.Nasriy yo’l bilan yozilgan kichikroq badiiy asar ) – Izzat Sultonning asosli ta’kidlashicha , latifa mazmuniga kirgan voqeadan kattaroq, ammo povestga mazmun beruvchi voqeadan kichikroq sarguzashtni, ko’pincha kishi hayotida bo’lgan bir epizodni tasvirlaydi.
Darvoqe, “u minglab bo’laklarga bo’lingan romandir…kishilik taqdirining payonsiz poemasidan bir epizod… shunday voqea va hodisani tanlab oladi va o’zining tor ramkasida ifoda etadi” (V.Belenskiy). Hikoyaning eng ixcham ko’rinishi novella (ital.“novella” – yangilik ) deb yuritiladi. “Haraktening muayyan vaziyatdagi holatini voqeaning keskin burulish nuqtasida, dinamik sujet, kuchli dramatizm, kutilmagan yechim asosida ko’rsatish – hikoya(novella) uchun eng xarakterli xususiyatdir”(T.Boboyev). Abdulla Qahhorning “Anor”, “Bemor”, “O’g’ri” kabi asarlari hikoya janri talablariga toʻliq javob berishi bois ular mumtoz hikoya sanaladi.
Qissa (arabcha so’z bo’lib, “voqeiy hodisa yoki afsonalar bayon qilingan epik asar;sujetning murakkabligi jihatidan romandan ko’ra soddaroq badiiy asar”) – eng qadimgi janrlaridan biri bo’lib, unda, asosan, ishqiy mazmun yetakchilik qiladi. Ayniqsa,“muayyan payg’ambar yoki avliyo, dono shaxs yoki tengsiz pahlavonlar obrazlarining ibratomuz xatti- harakatlari misolida butun xalqning tarixini idiallashtirib ko’rsatish”
qissalarning mohiyatini tashkil qiladi. Bularga “Ibrohim Adham qissasi”, “Amiri Axtam qissasi”, “Bobo Ravshan qissasi”, “Qissasi Rabg’uziy”, “Hazrati Ali haqida o’n to’rt qissa” kabi qissalar misol bo’la oladi.
Roman (frans. roman) — nasriy asar janri; muayyan shaxs yoki bir necha shaxsning shakllanish va kamol topish jarayoni badiiy makon va zamonda tasvirlangan asar. Roman oʻrta asrlarda roman tillarida yozilgan har qanday asarni anglatgan. Romanda shaxs va jamiyat hayoti bir-birini inkor etmaydigan maʼlum maʼnoda mustaqil olam sifatida tahlil va talqin etiladi. Xuddi shu narsa Roman janri mundarijasining oʻziga xosligini belgilab beradi. Muayyan shaxs taqdirining oilaviy-maishiy, milliy, ijtimoiy, madaniy va tarixiy muhit bilan oʻzaro uzviy aloqada tasvirlanishi roman janrining koʻlami va gʻoyaviy-badiiy qimmatini namoyish etadi. R. janri markazida bosh qahramon obrazi turadi. Bu bosh qahramon taqdiri uning jamiyatda tutgan mavqei bilan har doim ham mushtarak boʻlavermaydi. Aksincha, inson oʻz taqdiriga nisbatan katta yoki insoniy fazilatlariga koʻra kichik boʻlishi mumkin. Binobarin, u bilan uning taqdiri yoki jamiyatdagi mavqei oʻrtasida muayyan ziddiyat boʻladi va xuddi shu ziddiyat Roman janrining mundarijasini — syujet chiziqlarini harakatlantirib turadi. Bosh qahramonning shaxs sifatidagi fazilatlari ana shu jarayonda, boshqa qahramonlar bilan munosabatida, kurashida ochiladi. Bu munosabatlarning keskinligi va bosh qahramon uchun fojiali xotima bilan tugashi yoki ularning yengil va hajviy oqimda kechishi romanning epik janr sifatidagi oʻziga xos xususiyatlarini belgilab beradi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, adabiyotshunoslikda 3 ta katta tur mavjud. Bular epik(epos), lirik va dramatik turlar. Har uchchala tur ham oʻziga xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi.Adabiy asarlarning yirik guruhlari-adabiy tur, adabiy turning ichki guruhlari-tur shakllari, adabiy shaklning ichki guruhlari-adabiy janrlar va adabiy janrlarning ichki boʻlinishi-janr xillari.
Epik turning katta,oʻrta va kichik janrlarga boʻlinadi.Ularning orasida asosiy janrlarni ham ajratib koʻrsatish mumkin.Bularga hikoya, qissa va romanlar kiradi.Shuningdek,epik turning maxsus janrlari ham mavjud boʻlib, ularga xotira,ocherk,felyeton kabilar kiradi.
Epos odamlarni, ularning turli sharoitdagi xulq-atvori va kechinmalarini, ishtirok etgan voqealarni, turli hodisa va kishilarga boʻlgan munosabatini tasvirlaydi. Demak, epos voqelikning oʻzini aks ettiradi. Adabiyot harakterlar va tiplar yaratish sanʼati boʻlgani uchun adabiy turlar ham harakteriga yaratish jihatidan bir-biridan farq qiladi. Eposning xarakteriga yaratish jihatidan xususiyati shundaki,u voqelikni rivojlanish jarayonida koʻrsatish orqali xarakterlarni tasvirlab beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. T.Boboyev.Adabiyotshunoslik asoslari - Toshkent: Oʻzbekiston,2002-yil.
2. H.Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi - Toshkent:A.Qodiriy,2004-yil.
3. Adabiy turlar va janrlar.I jild - Toshkent: Fan,1991-yil.
4. OʻZME. I jild.Toshkent,2000-yil.
5. D.Quronov.Adabiyotshunoslik asoslari.-T.: «Xalq merosi» nashriyoti, 2004.
6. A.Hojiahmedov.Mumtoz badiiyat malohati.-T.: «Sharq», 1999.
Internet saytlari.
1. http://forum.ziyouz.com
2. http://old.ziyonet.uz
3. http://aqlmaskani.uz
4. http://kitob.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |