Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi namangan davlat universiteti Filologiya fakulteti



Download 192,5 Kb.
bet1/3
Sana18.04.2020
Hajmi192,5 Kb.
#45636
  1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI

Namangan davlat universiteti

Filologiya fakulteti

Oʻzbek tili yo‘nalishi 4-kurs 403-guruh talabasi

Abdulazizov Faxriddinning

Adabiyotshunoslik nazariyasi” fanidan tayyorlagan



KURS ISHI

Mavzu: Epik tur janrlari

Topshirdi: F.Abdulazizov

Ilmiy rahbar: dotsent O.Karimov

Namangan 2020 - yil

Reja:

  1. Kirish.

Epik turning oʻziga xos spetsifik xususiyatlari.

II. Asosiy qism:

1. Epik turni janrlarga ajratish prinsiplari.

2. Epik tur janrlari.

3. Epik turning asosiy janrlari.

III. Xulosa.

IV. Adabiyotlar roʻyxati.




  1. Kirish.

Adabiy janr ( fransuzcha “Genre” – tur, jins) adabiyot rivoji jarayonida yuzaga kelgan asarlarning tasvirlash yo’llari, kompozitsion qurilishi, bayon usullari, badiiy vositalar, hayotiy hodisalarni qamrash ko’lami va miqyosiga ko’ra ko’rinishidir. Adabiy janr muammosi shunchalik dolzarbki, “janr masalasini hisobga olmaslik, san’at nazariyasining haqiqiy falsafiy va sotsiologik munosabatdan mahrum qilib, stilistik mayday- chuydalar bilan ovora bo’lishiga olib keladi.

Janrlar adabiy jarayon taraqqiyoti davomida turli- tuman o’zgarishlarga (jumladan, qadimgi epos ko’lamini ummonga qiyoslasak, hozirgi zamon eposi minituradagi olamdir)uchragan, ixchamlashgan, boyib borgan. Ijtimoiy, ma’naviy taraqqiyotga mos holda ba’zilar (masalan, mumtoz adabiyotimiz tarixida g’azal) yetakchilik qilgan, ba’zisi iste’moldan (masalan, XX asr o’zbek adabiyotida muammo) chiqib ketgan, ba’zilari (masalan,XX asr adabiyotimizda sonet, roman, tragediya kabi) paydo bo’lgan. Ayniqsa,epik turda ixchamlashish hamon davom etmoqda. Bu xususiyat epopeya, doston, roman, qissa janrlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. “Janrlarning hajmi jihatidan bu tarzda ixchamlashishning muhim asoslari bor. Avvalo, bu hodisa kishilarning turmush tarzidagi o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Kishilarning vaqti yillar o’tgan sayin tig’izlashib boraveradi. Chunki ular o’z yashash sharoitlarini yaxshilash, qulaylashtirish uchun muttasil izlanishadi.Ularning ishi ko’payganidan ko’payib boraveradi. Kishilarning ehtiyoji ortgan sayin ularning vaqti qadrli bo’laveradi. Vaqt tanqis borayotgan davrlarda esa odamlarga besh yuz, ming sahifali romanni o’qish malol keladi. Bunday hajmli asarni mutolaa qilishga odamlar ulgura olmaydilar. Kishining tabiati esa shundaki, u agar biror- bir ishga ulgurishiga ko’zi yetsagina, o’shanga qo’l uradi. Bo’lmasa hafsala qilmaydi. Umuman, romanning hajmi jihatdan ixchamlashishiga kishilar hayotida vaqt qadrining oshgani sabab bo’ldi. Mashhur adib Onore de Balzak (1799-1850) o’z romanlarida qahramonlarning kiyim- kechaklari- yu, qaysi tikuvchi tikkani, uning uyiga qanday borilishi, u joyning ko’rinishi manzarasini batafsil tasvirlagan bo’lsa, XX asrning ikkinchi yarmida yaratilgan e’tiborli asarlarda bunday mayda chuyda detallar, sahifa- sahifa tabiat manzaralari yo’q. Endilikda Stendal (1783- 1842), Zolya (1840- 1902) kabi adiblarning romanlari ham xuddi Balzak asarlari singari o’zining ko’p so’zligi bilan eskirdi. Roman janri o’zining an’anaviy ko’p so’zligidan voz kechish evaziga ixchamlashdi. Bu o’zgarishi bilan u zamona kishilarning hayot tarzi ehtiyojiga moslashdi”.Lekin baribir bu o’zgarishlarga qaramay, janrlarning o’zgarmas qonunlari ham (masalan, g’azal aruzda yozilgan, a-a, b-a, d-a… tarzda qofiyalangan) saqlanib qolgan va ular hamon amaliyotda qo’llaniladi. Ammo janrlarning o’zgarmas qoidalarini birgina janr misolida o’rganish kutilgan natijani bermaydi, uni muayyan janrlar birligida o’rganish ma’quldir, ana shundagina badiiy tafakkurning tarixiy va aniq davriy xususiyatlari ham hisobga olingan bo’ladi. Darvoqe, yuqorida ta’kidlaganimizdek, sof adabiy tur bo’lmaganidek, sof adabiy janr ham bo’lmaydi. Bir janrning xususiyati ikkinchisida ham yashashi mumkin, faqat u yetakchilik, belgilovchilik xususiyatiga da’vogar bo’lmaydi.Shu asoslarga ko’ra janrlarning o’xshash va farqli tomonlarini hisobga olgan holda, ularni turlarga ajratish va tur ichida o’ziga xos o’zgarmas qonuniyatlarini ochish asosliroqdir, zaruratdir.

Adabiy asarlar shakl jihatdan rang-barang boʻladi.Shuning uchun ularni alohida-alohida guruhlarga ajratib oʻrganish lozim.Adabiy asarlar shaklan quyidagicha tasnif qilinib oʻrganilishi maqsadga muvofiq:adabiy asarlarning yirik guruhlari-adabiy tur, adabiy turning ichki guruhlari-tur shakllari, adabiy shaklning ichki guruhlari-adabiy janrlar va adabiy janrlarning ichki boʻlinishi-janr xillari.Masalan,roman-adabiy janr.U epik turning katta shakliga mansub.Ayni chogʻda, romanning oʻzi ham har xil boʻladi: tarixiy roman,harbiy roman kabi.Bular roman janri xillari.3ta asosiy turlardan biri bu- epik tur yoki epos1.

Epik turning spetsifik xususiyatlari haqida gap ketganda,avvalo,voqeabandlik tilga olinadi.Darhaqiqiqat,epik asarda makon va zamonda kechuvchi voqea-hodisalar tasvirlanadi,soʻz vositasida oʻquvchi tasavvurida reallik kartinalariga monand jonlana oladigan toʻlaqonli badiiy voqelik yaratiladi.Tasvvurda reallikdagiga monand ,oʻzining tashqi shakli bilan jonlangani uchun ham epik asardagi badiiy voqelikni "plastik" tasvirlangan deb aytiladi.

Epik asarda plastik elementlar bilan bir qatorda noplastik elementlar ham mavjud boʻlib,bu elementlar muallif obrazini tasavvur qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.Epik asarning noplastik elementlari deyilganda, muallifning mushohadalari,fikrlari, tasvir predmetiga hissiy munosabati kabilar tabiiyki, noplastik unsurlar plastik unsurlardan farqli oʻlaroq,asarni oʻqish davomida oʻquvchi tasavvurida jonlanmaydi.Epik asarlarda obyektiv va subyektiv ibtidolarning uygʻun birikishi kuzatiladi: asardagi badiiy voqelikni biz shartli ravishda obyektiv ibtido deb olsak, asar toʻqimasining har bir nuqtasiga singdirib yuborilgan muallif shaxsini biz subyektiv ibtido deb ataymiz.Badiiy voqelikni shartli ravishdagina "obyektiv" ibtido deyishimizga sabab ,u reallikdan olingan oddiygina nusxa emas, balki voqelikning ijodkor koʻzi bilan koʻrilgan, ideal asosida idrok etilgan,baholangan va ijodiy qayta ishlangan aksi ekanligidir.Shunday ekan, muallif obrazini hatto "obyektiv tasvir" yoʻlidan borilib, muallif imkon qadar oʻzini chetga olgan asarlarda ham mavjud boʻlishi tabiiydir.Demak, epik asarlarda badiiy voqelik bilan bir qatorda noplastik muallif obrazi ham har vaqt mavjuddir.Epik asarlarda voqea-hodisalarni hikoya qilib beradigan shaxs roviy yoki hikoyachi deb ataladi.Epik asarda hikoya,koʻpincha, muallif tilidan, baʼzan esa personajlardan biri tilidan olib boriladi.Masalan, Gʻafur Gʻulomning "Shum bola","Yodgor", Xudoyberdi Toʻxtaboyevning"Sariq devni minib", Abdulla Qodiriyning "Uloqda", Erkin Aʼzamovning "Otoyining tugʻilgan kuni"kabi asarlarda hikoya personaj tilidan olib boriladi.

Epos odamlarni, ularning turli sharoitdagi xulq-atvori va kechinmalarini, ishtirok etgan voqealarni,turli hodisa va kishilarga boʻlgan munosabatini tasvirlaydi.Demak,epos voqelikning oʻzini aks ettiradi.Adabiyot harakterlar va tiplar yaratish sanʼati boʻlgani uchun adabiy turlar ham harakteriga yaratish jihatidan bir-biridan farq qiladi.Eposning xarakteriga yaratish jihatidan xususiyati shundaki,u voqelikni rivojlanish jarayonida koʻrsatish orqali xarakterlarni tasvirlab beradi.

II.1.Epik asarlarni janrlarga ajratish prinsiplari masalasida turlichalik mavjud.Bunda bir qator xususiyatlarni hisobga olish zarur boʻladi. Avvalo, epik asarlardagi hayotni badiiy qamrov koʻlami turlicha boʻlishidan kelib chiqiladi. Masalan, epik asar qahramon hayotidan birgina epizod(hikoya)ni, butun bir etap(qissa)ni yoxud qahramon hayotining katta bir davrini(roman) qamrab olad.Shunga koʻra, adabiyotshunoslikda katta,oʻrta va kichik epik janrlar ajratiladi. Biroq badiiy adabiyot taraqqiyotining keyingi davrlarida,eposga dramaning kirib kelishi va sujet vaqtining qisqara borishi barobari bu xil tamoyilning ojizligi sezilib qolyapti.Negaki, zamonaviy nasrchilikd, masalan, qahramon hayotidan

katta bir davrni emas,atigi bir etapnigina qalamga olingan romanlar ham yaratilmoqda.Masalan, Choʻlponning "Kech va kunduz",Odil Yoqubovning "Ulugʻbek xazinasi". Tabiiyki, bunday holatda epik asarlarni janrlarga ajratishda ularning boshqa jihatlariga ham eʼtibor berish zarur boʻladi.Jumladan,asarda qoʻyilgan muammolar koʻlami janr xususiyatlarini belgilovchi unsur sifatida olish mumkin.

Bu jihatdan katta epikshakl boʻlmish roman dunyo-yu davrni bilish maqsadiga qaratilgan boʻlsa,qissa markazida qahramon harakteri,hikoyada aniq hayotiy voqea turadi.Koʻramizki,roman,qissa, hikoya janrlariga mansub asar qahramonlari asarda tutgan mavqeyi, ahamiyati, vazifasi jihatidan farqlanadi.Roman muallifi uchun qahramon vosota - dunyoni anglash vositas,qissanavis uchun qahramonning oʻzi maqsad (voqea-hodisalar vosita), hikoyanavis uchun voqeaning oʻzi maqsad boʻlib qoladi.

Epik asarlarni janrlarga ajratishda, tabiiyki,hajm mezon boʻlolmaydi.Zero,ayrim hikoya va romanlar hajman qissalarga yaqin boʻlishi va aksincha, holatlar kuzatilishi mumkin.Biroq, odatda,qissa, hikoya va romanlar hajmi sanoqdagi tartibga mos tarzda kattalashib borishi ham inkor qilib boʻlmaydigan haqiqatdir.

Epik janrlar bir-biri bilan badiiy shakl xususiyatlari bilan ham farqlanadi.Masalan, syujet nuqtayi nazaridan olinsa,roman koʻp rejali murakkab syujetga egaligi,qissa syujeti,asosan,bosh qahramon tevaragida uyushishi, hikoya syujeti,odatda, bitta yoki bir-biriga uzviy bogʻliq bir necha voqea asosiga qurilishi kuzatiladi.

Voqealarni hikoya qilishdek ustuvorlik asosiga qurilgan barcha asarlarning jami- epik turni vujudga keltirgan. Shu sababli, epos, doston, ballada, masal, ertak, hikoya, qissa, povest, roman, novella, poema . ocherk feleton, pamphlet, esse , mif, rivoyat, afsona, sayohatnoma, muhabbatnoma, safarnoma, “xamsa”, hikmatli so’z, cho’pchak , marsiya, madhiya,aforizm kabi janrlar eposning mulki sanaladi. Ularni bir necha guruhlarga ajratish mumkin:



2. Eposning katta janrlari.

Epos ( yunoncha “epos”- so’z, nutq, hikoya ) ning eng yirik janri epopeya ( yunoncha. "epopia" – rivoyatlar, qo’shiqlar majmui)dir. “Epopeya xalqning faqat go’daklik davrlarida uning hayoti hali ikki qarshi tomonga poeziya va prozaga ajratilmagan chog’da, xalqning tarixi faqat afsona bo’lgan zamonda, dunyo haqida uning tushunchalari faqat diniy tasavvurlardan iborat bo’lganda, uning kuch- qudrati va toza faoliyati faqat qahromonlik g’alabalarida ko’ringan zamonlardagina paydo bo’lishi mumkin”

Eposda xalq, millat, qabila taqdirini hal qiladigan buyuk tarixiy voqealar tasvirini topgani sababli, uning bosh qahramoni tarix sanaladi. Eposda voqea hukmron bo’ladi va u “tabiatning o’zginasi” tarzida, “taqdirning irodasi” bo’lib namoyon bo’ladi. Uni insonno’zgartira olmaydi, balki u insonni o’zining irodasiga bo’ysundiradi. Homerning “Iliada” va “Odessiyasi”si, hindlarning “Mahobhorat” va “Ramayana”si, qirg’izlarning “Manas”i,o’zbeklarning “Alpomish”i yuqoridigi mulohazalarga isbotdir.Folklorshunos Bahodir Sarimsoqov ta’kidlaganidek, tarixiy shaxsning bahodirliklari bilan bog’liq voqealar haqida yaratilgan turkum liro- epik qo’shiqlar asoslik vazifasini o’taydi.Keyinchalik shu qo’shiqlar o’zaro birikib, epik jihatdan to’lishib yagona epopeya shakliga ega bo’ladi, ya’ni qo’shiqdagi memorat (xotira) xiralashib, fabulist (epika)ga aylanadi.



Biz bilgan “Alpomish” kalassik epos shaklidadir. U bu shaklga kirgunicha tarixiy qo’shiq arxaik epos xalqaro ideal (sujet) klassik epos jarayoni bosqichlarini o’tishi lozim bo’lganligini B.Sarimsoqov isbotlaydi: “Birinchi bosqich sujetning qadimgi shaklidan iborat bo’lib, biz uni shartli ravishda arxaik (eski) epos deb yuritamiz. Bu bosqichda qahramon urug’ yoki qabila boshlig’I bo’lib, o’z xatti- harakatida urug’ yoki qabila manfaatlarini himoya qiladi, uni dushmanlardan muhofaza qiladi. Parchalanib ketishdan saqlaydi. U o’zga yurtlarda bahodirliklar ko’rsatib, o’z yorini olib keladi va oila qurish orqali ijtimoiy tuzumni izchillashtirishga intiladi. Shu bois , arxaik epos sujeti ixcham- bir qismdan iborat bo’ladi. Qadimgi eposni okean (ummon)ga qiyoslasak (uning to’lqinlari shiddatini bir tasavvur qiling- a), hozirgi epos daroga tangdir. Hozirgi eposning eng katta janri “roman kichraytirilgan olam” deya ta’riflanadi. “Zamonamizning epopeyasi romandir. Eposning hamma asosi, muhim xususiyatlari romanda border, faqat ayirmasi shundaki, romanda boshqa elementlar, boshqa manzara hukm suradi. Epos tadqiqotchisi E.A. Karimov Gi de Mopassan (“Roman olamining falsafiy konsepsiyasi asosida yuzaga keladi”) ta’rifiga asoslanib,“Olamning yaxlit falsafiy konsepsiyasi yo’q asar roman bo’lolmaydi”, - deydi.O’zbek romanchiligi 1922- yil A.Qodiriy ning “O’tkan kunlar” romanidan boshlangan.

Olamning yaxlit falsafiy konsepsiyasi” “O’tkan kunlar” (A.Qodiriy), “Sarob” (A.Qahor) Qutlug’ qon”, “Navoiy” (Oybek), “Yulduzli tunlar” (P.Qodirov), “Ulug’bek xazinasi” (O.Yoqubov), “Girdob” (O’Usmonov), “Lolazor” (Murod Muhammad Do’st), “Otamdan qolgan dalalar” (Tog’ay Murod) kabi sanoqli romanlardagina o’z aksini topgan.

Romandagi epik xarakterlar tasviri ikki kitobdan nihoya topsa dialogiya (“Tutash olamlar”, Hojiakbar Islom Shayx), uch kitobda tugallansa – trilogiya (“Ufq”- “Qirq besh kun”, “Hijron kunlarida”, “Ufq bo’sag’asida”, Said Ahmad), to’rt kitobga sig’sa tetralogiya ( “Qora dengiz to’lqinlari” – “Oqarib ko’rinur yolg’iz bir yelkan”, “Cho’ldagi xutor”

Qishki shamol”, “Sovetlar hokimiyati uchun”, V. Katayev), besh kitobga yetsa pentalogiya deb ataladi.


Download 192,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish