O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/173
Sana23.04.2022
Hajmi3,22 Mb.
#576823
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   173
Bog'liq
oziq-ovqat texnologiyasi asoslari (2)

Tekshirish uchun savollar. 


26 
1.
Yog’larni gidrogenlash usullari. 
2.
Moylarni gidrogenlash jarayonining parametrlari. 
3.
Moylarni avtoklavlarda gidrogenlash. 
4.
Gidrogenlangan yog’larning ko’rsatgichlari. 
5.
Uzluksiz gidrogenlashning prinstipial sxemasi. 
6.
Moylarni gidrogenlash uchun ishlatiladigan katalizatorlar. 
7.
Katalizator harakatining moxiyati. 
8.
Aktiv markazlar to’g’risida tushuncha.
9.
Sanoat katalizatorlari. 
10.
Katalizatorlarni sinflanishi 
11.
Katalizatorlarni tayyorlash. 
12.
Vodorod ishlab chiqarishning zarurligi. 
13.
Suvni elektroliz qilish usuli bilan vodorod olish. 
14.
Vodorodni saqlash. 
15.
Elektroliz usulida vodorod olishning afzalligi. 
 
«Tayanch» so’z va iboralar.
Gidrogenlash, avtoklav, gidrogenlash rejimi, ozuqa salomas, texnik salomas, davriy usul, 
uzluksiz usul, regenerastiya, yog’sizlantirish, qaynatish, tozalash, cho’ktirish. 
6 – MA’RUZA 
MARGARIN MAXSULOTLARI ASSORTIMENTI. 
Reja: Margarin restepturalari va komponentlarni tayyorlash. Emulsiya tushunchasi. 
Margarin ishlab chiqarishning prinstipial sxemasi. Mayonezlar restepturalari va ishlab 
chiqarishning prinstipial sxemasi. 
Margarin sariyog’ga o’xshash yog’ sifatida 1869 yilda franstuz kimyog’ari Mej-Mure 
tomonidan ishlab chiqarilgan. U eritilgan mol yog’ining tez eriydigan qismini sigir 
oshqozanidagi zardob yordamida emulsiyalashni taklif etdi. Xosil bo’lgan aralashmani yax suvda 
sovutilganda yarim qattiq och sariq rangli yaltiroq maxsulot xosil bo’ldi. Mej-Mure uni margarin 
deb atadi. (Margjaret – franstuzcha – marvarid). Ya’ni marvarid ma’nosini bildiradi. Margarin – 
bu mayda zarrachali emulsiya bo’lib, uning tarkibiga: yog’lar, sut, tuz, shakar vitaminlar 
fosfatidlar, emulgatorlar va boshqalar kiradi. Birinchi margarin zavodlari 1930 yilda Moskva va 
Sankt-Peterburgda ishga tushirilgan. Respublikamizda Toshkent yog’-moy kombinatida qattiq va 
yumshoq margarin ishlab chiqarilmoqda. Moylarning ozuqa qiymati ularning energetik qiymati 
va fiziologik ta’siri Bilan belgilanadi. Margarin kishi organizmiga singishi jixatidan sut yog’idan 
past emas va energetik qiymati jixatidan esa undan yuqori turadi.
Ma’lumki mayda zarrachali emulsiya holatidagi yog’lar kishi organizmiga yaxshi 
singadi. Bunga yog’larning erish xarorati ham ta’sir etadi. Shu sababli, margarin uchun 
ishlatiladigan yog’larning xususiyatlari asos qilib olinib, masulotning erish arorati 31-34
0
S dan 
yuqori bo’lmasligi kerak. Margarinda mavjud bo’lgan essenstial (to’yinmagan) yog’ kislotalar 
uning fiziologik qiymatini oshiradi.
Margarin masulotlarining assortimenti. Margarin masulotlari quyidagilarga bo’linadi: 
1.Margarinlar tarkibidagi yog’ning miqdori 82% dan kam bo’lmasligi kerak. (sutli margarinlar). 
2. Kulinar yog’larda yog’ning miqdori 99,7% gacha (kandolat, non masulotlari uchun va 
oshpazlik). 


27 
Ishlatilishiga va restepturasiga qarab margarinlar quyidagilarga bo’linadi: 
A) Oshxona va markali (buterbrod) margarinlar 
B) Sanoatda qayta ishlash va umum ovqatlanish tizimi uchun 
V) maza kirituvchi qo’shimchali margarinlar (yog’liligi 62% dan kam bo’lmasligi 
kerak). 
Margarinlar qattiq, yumshoq va suyuq xolatda bo’lishi mumkin. 
Yumshoq margarinlar buterbrod yog’i sifatida ishlatiladi. Suyuq margarinlar non 
masulotlari, unli kandolat masulotlari ishlab chiqarish uchun foydalaniladi.
Maza kirituvchi moddalari bo’lgan margarinlar (shokoladli) tarkibida kakao-poroshok, ko’p 
miqdorda shakar bo’ladi va ular qandolat masulotlar tayyorlash uchun ishlatiladi. 
Kulinar yog’lari quyidagi assortimentda ishlab chiqariladi: pechene, shokolad va vafli 
masulotlari uchun. Bu yog’lar turli tarkibga ega bo’lib, quyidagi komponentlardan iborat: 
salomas, pereeterifikastiyalangan yog’, o’simlik moyi. Ba’zi kulinar yog’lar tarkibiga: mol 
yog’lari ham qo’shiladi. 
Non masulotlari uchun ishlatiladigan yog’lar fosfatid qo’shilib suyuq xolatda 
tayyorlanadi. 
Margarin ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyolar. Margarin ishlab chiqarishning 
asosiy xomashyosi yog’ va sut hisoblanadi. 
Yog’li xomashyo. Asosiy xomashyo suyuq va gidrogenlangan (salomas) xoldagi o’simlik 
moyidir. Kungaboqar, paxta va soya moylari keng qo’llaniladi. Gidrogenlangan moy margarin 
masuloti restepturasidagi asosiy komponentdir. Undan tashqari hayvon yog’laridan mol, qo’y 
yog’lari va sariyog’ ishlatiladi. 
Sut. Margarin ishlab chiqarish uchun pasterizastiyalangan yoki ivitilgan sut ishlatiladi. 
Ivitilgan sut margaringa o’ziga xos maza, xushbo’y hid berib, margarinni saqlanish muddatini 
oshiradi. Sutdagi quruq qoldiq miqdori 8,0 foizdan ko’p va kislotaliligi 21
0
T dan kam bo’lishi 
kerak (Sutning Ternerdagi kislotaliligi deb 100ml sutni neytrallash uchun kerak bo’lgan 0.1N 
ishqor eritmasining millilitrlar miqdoriga aytiladi). 
Agar kislotaliligi 23
0
T dan ortib ketsa, pasterizastiya vaqtida sut ivib qolishi mumkin. 
Yangi sog’ilgan sutning kislotaliligi 15-16
0
T bo’ladi. 
Emulsiyalar haqida. Margarin suv va moy aralashmasidan xosil qilingan quyuq emulsiyadir. 
Emulsiya oddiy sharoitda tashqi o’rinishidan bir xil bo’lib, bir-birida aralashmaydigan va bir 
birida erimaydigan ikki suyuqlik aralashmasidir. Suyuqliklardan biri mayda zarrachalar 
(tomchilar) shaklida ikkinchisida taqsimlangan bo’ladi. Ikki turdagi emulsiya mavjud: suvning 
ichida yog’ (Yo-S) va yog’ning ichida suv (S-Yo). Tabiiy emulsiyalarga sut yoki sariyog’ misol 
bo’lishi mumkin. Emulsiya barqaror bo’lishi uchun emulgatorlar ishlatiladi. 
Emulgator. Margarin tayyorlashda – turg’un va mayda zarrachali emulsiya xosil qilish 
uchun emulgatordan foydalaniladi. Yaxshi emulgator margarinni juda turg’un qilib, yog’larning 
suv bilan biriktirish va kompleks birikmalar xosil qilish, emulsiyalanish xususiyatlarini 
yaxshilaydi, organizmga singishini tezlashtiradi, sirt aktivligini oshiradi. Margarin ishlab 
chiqarishda emulgator sifatida monoglisterid, distearat monoglisterin (T-2), quritilgan sut va 
monoglisterin bilan fosfatid konstentrati aralashmasi (T-F), MG, MGD, T-1 markali 
emulgatorlar ishlatiladi.
Margarin restepturasi. Margarinning yog’li asosi turli yog’larning aralashmasidan 
iborat. Bu aralashmaning erish xarorati, qattiqligi va qattiq faza miqdori margarinni asosiy 
ko’rsatkichlaridir. Erish xarorati yog’li asosning tarkibiga bog’liq. Mo’tadil struktura xosil 
bo’lishi uchun margarinning yog’li asosi tarkibiga erish xaroratlari xar xil bo’lgan salomasning 


28 
bir necha turlari, pereeterifikastiyalangan moylar va suyuq o’simlik moylari qo’shiladi. 
Qandolat, non masulotlari uchun va kulinar yog’larning yog’li asos restepturalari ularni 
ishlatilishga qarab tuziladi. Kuyidagi jadvallarda sutli margarinlar va kulinar yoglar restepturasi 
keltirilgan. 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish