O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti "marketing" kafedrasi



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/23
Sana06.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#532085
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA 
INSTITUTI 
 
 
"MARKETING" kafedrasi 
5230400 –marketing (tarmoqlar va sohalar) 
ta’lim 
yo‘nalishi talabalari uchun
 
«Brendni boshqarish»
 
fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun
Namangan-2020 



Ushbu uslubiy ko‘rsatma «Marketing» ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun «Brendni boshqarish» 
fanidan amaliy mashg‘ulotlar bajarish uchun mo‘ljallangan. 
Tuzuvchi: 
G.A.Solieva-“Marketing” 
kafedrasi 
katta 
o‘qituvchisi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori 
(PhD)
Taqrizchi: 
G‘.A.Madiyarov-“Marketing” kafedrasi
dotsenti, i.f.n.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma "Marketing" kafedrasining 2020 yil 25 avgustdagi 1-sonli yig‘ilishida 
muhokama qilingan. 
Ushbu uslubiy ko‘rsatma NamMTI O‘quv-uslubiy kengashining 2020 yil 28 avgustdagi 1-sonli 
yig‘ilishida muhokama qilingan va o‘quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan. 



1.“Brendni boshqarish” fanining maqsadi va vazifalari 
 
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalardalarda brend siyosatini amalga oshirish, tovarlar 
bozorida tadqiqotlar olib borish, iste’molchilarning tovarlarga bo‘lgan munosabatini o‘rganish, 
brend tovralar baholarini shakllanishi va iste’molchilarga servis xizmat ko‘rsatish 
strategiyalarini, milliy brendlarni xalqaro va global brendlarga aylantirish strategiyalari bo‘yicha 
yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir. 
Fanning vazifalari - brend va brend siyosatini amalga oshirish, brendni boshqarish, brend 
tovarlarni yaratish va ularni bozordagi o‘rnini ta’minlash chora tadbirlarini ko‘rish, 
iste’molchilar xulq-atvorini o‘rganish tamoyillari bilan yaqindan va har tomonlama 
tanishishtirish, nazariy materiallarni o‘zlashtirish, brending bo‘yicha to‘plangan yirik korxonalar 
tajribasini o‘rganish natijasida milliy brendlar ishlab chiqishning istiqbol rejalarini yaratish 
hamda ularni qo‘llashni o‘rgatishdan iboratdir. 
“Brendni boshqarish” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan 
masalalar doirasida bakalavr:
1.brend bo‘yicha asosiy tushunchalar, brendni boshqarishning mohiyati va axamiyati
zamonaviy marketingdagi brend texnologiyalar, brendning vujudga kelishi va rivojlanishining 
tarixiy asoslari, savdo belgisi, tovar markasi va brendning iqtisodiy mohiyati, brend tizimi va 
uning asosiy elementlari, marketingga yo‘naltirilgan brend siyosati, brendlarni bozordagi 
nufuzini tadqiq kilish, O‘zbekistonda brendingni boshqarishning hozirgi holati, milliy brend 
siyosatining yutuq va kamchiliklari, brend-menejmentning ahamiyati va tahlil qilish uslublari va 
tamoyillari, brend texnologiyalarni amalga oshirish strategiyalari haqida tasavvurga ega bo‘lishi; 
2.brendni yaratish modellari va ularni korxona faoliyatida boshqarish xususiyatlarini, 
brendlarni yaratish va boshqarishning kreativ va ruxiy texnologik jihatlarini, haqiqiy va soxta 
brendlar, ularni aniqlashning xususiyatlarini, brend arxitekturasini, keng iste’mol tovarlarini 
ishlab chiqarishda brendingning tutgan o‘rninini, global brendlar va bozorning globallashuvida 
ularning tutgan o‘rnini, brend madaniyati, tovar va xizmatlar sotilishini kengaytirish 
imkoniyatlarini, brend texnologiyalarni qo‘llash va ularni tahlil qilish usullarini bilishi va 
ulardan foydalana olishi; 
3.brending va brend siyosati orqali yangi tovarlar ishlab chiqarish strategiyalarini 
qo‘llash, tovarlar dizayni va sifat menejmenti usullaridan foydalanish, brend qiymatining 
mohiyati va asosiy xususiyatlarini qo‘llash, brendning bozor qiymatini aniqlash usullaridan 
foydalanish, tovar belgilarini qayd kilish tartibini amlada qo‘llash, brendingni boshqarish 
siyosatini yurgizish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; 
4.tovar markasi hayotiylik davrini aniqlash, rebrending o‘tkazishning usullari va 
tamoyillarini aniqlash, brendlarning raqobat ustunliklarini aniqlash malakalariga ega bo‘lishi 
kerak.

SHuningdek, “Brendni boshqarish” fani ixtisoslik fanlardan biri bo‘lib, boshqa 


mutaxassislik fanlarni chuqur o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish