O'lchash
shkalalari.
Yuqoridagi
shkala
gamma-nurlanishning
doza
quvvatini x1000, x100, x10, xl, x0,1 poddiapozonlarda o'lchash uchun
mo'ljallangan
(l8-jadval).
Bunda
zond
ekrani
«G»
holatda
bo'lishi
kerak. Zond oynasi ochiq holda (<1-1,5 sm masofada beta-nurlanish mavjudligi aniqlanadi. Bunda beta va gamma
nurlanishlarning umumiy dozasi o'lchanadi. Tepadagi shkalada qoraga bo'yalgan
uchburchak va yoy bo'lib, ulardan asbobni sozlashda foydalaniladi. Doza quvvati 5
R/s bo'lganda, tepadagi shkala bo'yicha o'lchanadi. Rejimni yo'lga solib turuvchi
potensiometr asbobga uzatilayotgan elektroquvvatini moslab turadi va ulaydi.
Ko'rsatkichlarni olib tashlovchi knopka qayta o'lchash talab etilganda asbob
strelkasini
tezda
nol
holatiga
keltirish
uchun
xizmat
qiladi.
Shkalani
yorituvchi
tumbler
qorong'ida
ishlaganda
shkalani
yoritadigan
lampochkani ulaydi. O'lchov asbobi strelkasi nolga qaytmasa, ko'rsatkich olib
tashlaganda nolga keltiruvchi vintdan foydalaniladi. Moslash uchun saqlovchi vint
yechib olinib, uning tagida turgan ikkinchi vintni burash bilan strelkani nol holatiga
qo'yiladi. So'ng yechib olingan saqlovchi vint joyiga qayta burab qo'yiladi.
TG-7M
tipidagi
telefon kichik o'lchamli va
boshchalari
yumshoq
materialdan bo'lgan ikkita telefondan tashkil topgan. Bular radioaktivlikning borligini
tovush orqali aniqlashda qo'llaniladi. Radiatsiya darajasi yuqori bo'lsa, shuncha ko'p
tovush belgilari eshitiladi.
Asbobni ishlashga tayyorlash.
Asbob joylab qo'yilgan qutidan chiqarib olinadi,
qutilarning qopqog'i ochilib hamma yog'i tekshiriladi. Qutilarga bel va yelka
qayishlari o’rnatiladi. Mikroampermetming strelkasini to'g'rilovchi vint yordamida
161
"0" ga qo'yiladi. "Rejim" ruchkasini soat strelkasiga qarshi yo'nalishda taqalguncha
buraladi. Poddiapozonlarni o'zgartiruvchining "выкл" holatiga qo'yilgandan keyin
quvvat olish manbalari joylashtiriladi. Buning uchun DP-5A rentgenometrdan 4 ta
tushib
ketmaydigan vint bo'shatiladi. DP-5B va DP-5V asboblaridan quvvatlanish bo'limi
bitta tushib ketmaydlgan vinti bo'shatilib, qopqog'i olinadi va 1,6 PMTs-X-l,05
chizmaga 3 ta element muvofiq qo'yiladi. Asbob akkumullatordan quvvatlanganda
taqsimlagichdagi ulagichlar kerakli kuchlanishga qo'yiladi, so'ng u vintlar yordamida
quvvatlanish bo'limiga birlashtiriladi. Undan keyin poddiapozonlar o'zgartiruvchi
"rejim" holatiga keltiriladi. "Rejim" ruchkasini soat strelkasi yo'nalishida ohista
burab, strelka tepa shkaladagi qora uchburchakka qo'yiladi. Strelka buralganda
tepadagi qora chiziqqacha yetmasa kuchlanish ozligini ko'rsatadi, demak yangi
elementlarni qo'yish kerak. Shundan keyin asbob strontsiy-90 bo'yicha tekshiriladi.
Poddiapozonlarnii o'zgartiruvchi x1000 holatiga qo'yiladi. Radioaktiv manba
qopqog'i o'z o'qi atrofida burab ochiladi. Zond ekrani "B" holatiga buraladi va zond
futlar qopqog'iga tayanch o'simtalar bilan shunday mahkamlanadiki. Strontsiyli
manba zond teshigi qarshisida turib qolsin. 200 dan tashqari hamma
poddiapozonlarda (strelka va telefon bo'yicha) asbob ishlashini tekshirish kerak.
Asbob strelkasi poddiapozonlar o'zgartiruvchining x1000, x100 holatlarida
siljimasligi mumkin. xl, x0, holatlarida shkaladan chetga chiqib ketishi, x10 holatida
formularda
ko'rsatilgan
raqamda
turishi
kerak
(2,2
-10=22).
Gamma-nurlanishlarni o'lchash. 200 poddiapozondan 5 dan 200 R/s gacha radiatsiya
darajasi o'lchanadi. Buning uchun asbob yuqorida ko'rsatilgandek moslanadi.
Poddiapozonlarni o'zgartiruvchi "200" holatiga qo'yiladi. Zond teshigi ekran bilan
berkitiladi va zond futlarga joylashtiriladi. Radiatsiya darajasi 1 m balandlikda
o'lchanadi va har 10 soniyada quyi shkala bo'yicha ko'rsatkichlar olinadi.
Doza quvvati 5 R/s gacha bo'lganda tepadagi shkala bo'yicha x1000
poddiapozonda o'lchanadi. Har 10-45 soniyada ko'rsatishlar olinib, bu raqamlar
poddiapozonlar o'zgartiruvchida turgan koeffitslentiga ko'paytiriladi. Obyektlarning
mp/s
bilan ifodalangan radioaktiv ifloslanishni obyekt yuzasi yopiq holda zondga
162
yaqin 1-1,5 sm uzoqlikda ushlanib yuqori shkala bo'yicha olingan ko'rsatkichlarni
poddiapozon koeffitsientiga ko'paytirilib aniqlanadi. Olingan ma'lumotlar ruxsat
etilganlari bilan taqqoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |