Miqdor va sifat o’zgarishlari birligi.
Bizni qurshab turgan narsa va hodisalarni
o’rganar ekanmiz, ularni bir-biridan farq qildiruvchi narsalar:
sifat, miqdor
va
me
‘yor
ekanini ko’ramiz.
Sifat deb,
narsa va hodisalarga nisbiy barqarorlik bag’ishlaydigan, ularning
ichki muayyanligini ta’minlaydigan, bir narsa va hodisani ikkinchi narsa va
hodisadan farq qildiradigan barcha muhim belgi va xususiyatlar birligiga aytiladi.
Ma’lumki, tabiat va jamiyat juda ko’p xilma-xil narsalar, voqea va hodisalarning
birligidan tashkil topgan. Ularning bunday xilma-xilligi narsa va hodisalar o’rtasidagi
sifatiy tafovutlarning ifodasidir. Masalan, noorganik tabiat bilan organik tabiat sifat
jihatdan bir-biridan farq qiladi. Organik tabiat o’z atrofidagi muhit bilan uzluksiz
modda almashinib turadi. Noorganik tabiatda bunday modda almashinish bo’lmaydi.
Sifat bir narsani ikkinchi bir narsadan ajratibgina qolmasdan, balki uning boshqa
narsalar bilan bog’liqligini ham ko’rsatadi. Shuning uchun muayyan sifatga ega
bo’lgan narsa va hodisalarni bir-biridan ajratib, bir tomonlama o’rganish bilan
chegaralanmay, balki ularni bir-biri bilan bog’laydigan umumiy xususiyatlari asosida
154
ham o’rganish zarur. Agar organik tabiatdagi tirik organizmning atrof-muhit bilan
modda almashinishi to’xtab qolsa, bu organizm halok bo’ladi, o’zining tiriklik sifatini
yo’qotadi, chunki tirik organizmning tirikligi, undagi-hayotning mohiyati — modda
almashinuvidan iborat.
Narsa va hodisalarning sifati, ularning xususiyatlari orqali namoyon bo’ladi. Har
bir narsa yoki hodisa ko’pgina xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlardan bir qanchasi
birikib, shu narsa yoki hodisaning muayyan sifatini tashkil qiladi. Narsa va
hodisalarda xususiyatlar ko’p bo’lib, ularning muhim, nisbiy turg’unlarigina sifatni
tashkil etadi. Sifat narsa va hodisaning mohiyati bilan bog’liq bo’ladi.
Narsa va hodisalar no muhim xususiyatlarini yo’qotishlari yoki yangidan hosil
qilishlari natijasida muayyan sifatlarini o’zgartirmaydilar. Agar bu narsa va hodisalar
o’zlarining muhim xususiyatlarini yo’qotsa yoki o’zgartirsalar, ular yangi sifatga
o’tadilar. Masalan, benzin uchun rang muhim xususiyat emas. Benzin rangini
yo’qotgani yoki boshqa rangga kirgani bilan u boshqa suyuqlikka aylanmaydi. Tez
yonuvchanlik esa, benzinning muhim xususiyatidir. Benzin o’zining bu xususiyatini
biror sabab bilan yo’qotsa, u dvigatel uchun boshqa kimyoviy moddaga aylangan
bo’ladi.
Borliqdagi narsa va hodisalar bir-biridan nafaqat sifatlari bilan, balki miqdorlari
bilan ham farqlanadilar. Ularning sifatlari doimo miqdorlari bilan birga mavjuddir.
Narsa va hodisalardagi son, hajm, daraja kabi tomonlarning muayyanligi miqdor
deb ataladi.
Narsa va hodisalarda miqdor turlicha ifodalanadi. Ularda miqdor bir holatda son
tariqasida, ikkinchi holatda o’lchov darajasi tariqasida, uchinchi holatda esa narsa va
hodisalarning makondagi o’zaro munosabati (uzunligi, kengligi, balandligi) tariqasida
ifodalanadi.
Ijtimoiy hodisalarda ham sifat va miqdor birlikda bo’ladi. Masalan, bir ijtimoiy
tuzum ikkinchi ijtimoiy tuzumdan ishlab chiqaruvchi kuchlarining taraqqiyoti, ishlab
chiqarish munosabatlarining xarakteri sifat jihatidan farq qilishi bilan birga, ishlab
chiqarishning o’sish sur’ati, unumli mehnatda band odamlaming soni, milliy
155
daromadning miqdori, uning jamiyat a’zolariga taqsimlanishi (miqdor) va shu
kabilar bilan farq qiladi.
Har bir narsa va hodisa muayyan miqdor va sifat birligidan iborat meyorga ham
ega bo
!
ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |