212
Antik davr mutafakkirlari nazarida chinakam shaxs deb shunday odamni aytish
mumkinki,
birinchidan, u axloqli, ikkinchidan, aql-idrok egasi, uchinchidan,
boshqalar bilan muloqotga kirishadigan, to’rtinchidan siyosiy va davlat mavjudotidir.
O’rta asrlar bizga shaxsning boshqacha tipini ko’rsatadi.
Mazkur davr uchun
jamiyatning tabaqalanganligi, kastalarga bo’linishi va qat'iy korporativlik xosdir. Shu
sabali muayyan tabaqaga, kastaga, sexga, gildiyaga mansublik, uning qonunlariga,
odatlariga, an'analariga boysunish shaxsning individual sifatlarining namoyon
bo’lishidan ko’ra muhimroq va kuchliroq edi.
Faqat yangi davrga kelib ayrim olingan inson shaxsining qimmati, avtonomligi,
o’ziga xosligi qaror topadi. Bu ayniqsa, ijtimoiy-siyosiy fikr uchun xosdir.
Ijtimoiy
faollik, tadbirkorlik, ongli va foydali faoliyat, mustaqillik, individualizm, shaxsiy
mas'uliyat, o’z qadrqimmatini bilish tuyg’usi
mana bular shaxsning
g’arb, yevropa-
amerika konsepsiyalari
yuksak qadrlanadigan sifatlari hisoblanadi.
Shaxsning sharq modeli esa boshqachadir. Shaxsning
sharqqa xos modelining
bir nechta modifikatsiyalarini ajratib ko’rsatish mumkin (islom, budda, konfutsiy va
hokazo). Shunday bo’lsa-da, ular o’rtasida ularni shaxsning g’arb modelidan ajratib
turuvchi muayyan mushtarakliklar mavjud.
Shaxsning sharq tipiga xos asosiy xususiyatlar quyidagilardir: mas'uliyat va
majburiyatlarning inson huquqlari oldida ustuvorligi, xulq-atvordagi traditsionalizm,
hulqatvorning, jamoaviy modellarining individual me'yorlardan
ustunligi, sotsiumga
ko’proq qaramlik, ijtimoiy muhit bilan aloqaning ko’pligi.
Shuni esda tutish lozimki, shaxs tipi ijtimoiy munosabatlarning real tizimining
in'ikosidir. Shaxsning shakllanishi va rivojlanishining muhim omili sifatida uning
ijtimoiy faoliyati, sotsium hayotida muayyan rolni bajarishi namoyon bo’ladi. Individ
shaxs sifatida faqat turli tuman ijtimoiy munosabatlardagina o’z-o’zini namoyon
etishi mumkin. O’z vaqtida Arastu «insonning vazifasi
uning ongli faoliyatidan
iborat» deb hisoblagan edi. A.Jomiy «Qo’llaring baquvvat ekan, mavjud ekan
kundalik mehnatga ko’ngil qoy» deya da'vat etgan bo’lsa, Ibn Sino «Bekorchilik va
ishyoqmaslik faqat nodonlikka sabab bo’libgina qolmay, ayni paytda kasalliklarga
ham sabab bo’ladi» deb ogohlantirgan edi.
213
Shaxs bu muayyan ijtimoiylashuv jarayonining natijasigina emas, bu uzluksiz
o’sib boruvchi jarayon.
Agar doimiy rivojlanish, kamolotga intilish, olg’a harakat
bo’lmasa, u holda shaxs buzilishi, degradatsiyaga duchor bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: