O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov


Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

 
Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish
tushunchalar ustida olib 
boriladigan amallar hisoblanadi. Ular tushunchaning mazmuni va hajmi о‘rtasidagi 
teskari nisbat qonuniga muvofiq holda amalga oshiriladi. 
Tushunchani chegaralash
hajmi keng tushunchadan hajmi tor tushunchaga 
(“jins” tushunchasidan “tur” tushunchasiga) fikran о‘tishdan iborat. Masalan, 
«mexanik harakat» tushunchasidan «aylanma harakat» tushunchasiga о‘tsak, uning 
hajmini chegaralagan bо‘lamiz. Chegaralashda berilgan tushuncha – «mexanik 
harakat» jins tushuncha, deb qabul qilinib, uning mazmuniga tur tushuncha hosil 
qiluvchi belgilar qо‘shiladi. Natijada unga nisbatan tur hisoblangan yangi tushuncha 
– «aylanma harakat» tushunchasi hosil bо‘ladi. 
Chegaralash amalini davom ettirib, «Yerning о‘z о‘qi atrofida aylanishi» 
tushunchasiga о‘tish mumkin. Demak, chegaralash davomida hosil bо‘lgan har bir 
yangi tushuncha avvalgisiga nisbatan tur tushuncha bо‘ladi. Chegaralash amali yakka 
tushuncha hosil bо‘lguncha davom ettirilishi mumkin. Chunki yakka tushunchaga 
nisbatan tur bо‘lgan tushuncha yо‘q. 
Tushunchani chegaralash amalining tuzilmasi quyidagicha: 
A – harakat. 
B – mexanik harakat. 
C – aylanma harakat. 
D – yerning о‘z о‘qi atrofida aylanishi. 
Tushunchani umumlashtirish
hajmi tor tushunchadan hajmi keng tushunchaga 
(tur tushunchadan jins tushunchaga) fikran о‘tishdan iborat. Bunda berilgan 
tushuncha tur tushuncha deb qabul qilinib, uning mazmunidan tur hosil qiluvchi 
belgilar chiqarib tashlanadi. Natijada, mazmun jihatidan unga nisbatan torroq, lekin 
hajmiga kо‘ra kengroq bо‘lgan jins tushuncha hosil bо‘ladi. Masalan, «aylanma 
harakat» tushunchasi mazmunidan faqat ungagina xos bо‘lgan tur belgilarni chiqarib 

С 
В 
А 


269 
tashlasak, «mexanik harakat» tushunchasini hosil qilamiz. Umumlashtirish amalining 
chegarasi eng umumiy tushuncha, ya’ni kategoriyadir. Chunki kategoriyalar uchun 
jins bо‘lgan tushuncha yо‘q. 
Tushunchani umumlashtirish amalining tuzilmasi quyidagicha: 
A – Yerning о‘z о‘qi atrofida aylanishi.
B – aylanma harakat. 
C – mexanik harakat. 
D – harakat. 
Tushunchani chegaralash va umumlashtirish amallari kundalik hayotimiz va 
ilmiy bilishda keng qо‘llanadi. Xususan, barcha kategoriyalar, ular yordamida 
ifodalanadigan nazariy qonunlar, g‘oyalar, nazariyalar mavjud empirik tushunchalar 
va empirik qonunlarni umumlashtirish natijasida hosil bо‘ladi. 
Umumlashtirish muhokama yuritish jarayonida induktiv xulosa chiqarish 
usulida yaqqol ifodalangan bо‘ladi. Tushunchalarni umumlashtirishsiz fanning 
fundamental tushunchalarini yaratib bо‘lmaydi; mavjud bilimlarni tizimga solish 
qiyin va umuman, fan taraqqiy eta olmaydi. 
Tushunchalarni chegaralash amali esa, yaratilgan umumiy bilimlarni (nazariy 
tushuncha, g‘oya, nazariya va shu kabilarni) talqin etishda ishlatiladi. Masalan, 
Nyuton mexanikasidagi «inersiya» tushunchasi Galiley nazariyasidagi «erkin 
tushish» tushunchasi yordamida tushuntirilishi mumkin. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish